Saidqodirova Dilfuzaxon Saidqodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiyma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz va o‘zbek tilarida internet terminlarining lingvistik tadqiqi», 10.00.06– Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil82.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Siddiqova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Kadirbekova Durdona Xikmatullaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz va o‘zbek tillaridagi internet terminlarining chog‘ishtirma tadqiqini amalga oshirish, o‘zbek tiliga internet terminlarining o‘zlashtirilishi xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi internet terminlarining strukturaviy tuzilishi, leksik-semantik, derivatsion xususiyatlari, o‘zbek tilidagi internet terminologiyasining shakllanishida o‘zlashma qatlamning (morfologik, leksik, sintaktik, transliteratsiya, frazeologik) o‘rni asoslangan;
abbreviaturalarning guruhlari, tarmoq nomlari, internet tizimlari nomlari, tashkilotlari, uyushmalari, markazlari, xizmat turlari, domenlar, dasturlar, bayonnomalar, serverlar, qurilmalar, bog‘lanma va elementlar nomlari tasniflangan, terminlarning strukturaviy tahliliga ko‘ra olti xil turdagi, ya’ni bosh harflardan tuzilgan qisqartmalar, qisman qisqartmalar, klipping, son va belgili qisqartmalar, elipsis, blending usulida yasalgan terminlar aniqlangan;
virtual muhitda anonimlik, gipermatnlilik kabi virtual belgilar terminlarni yasalishida asosiy manba bo‘lib xizmat qilishi, internet terminlarining qayta nominatsiyalash yangi tushunchalarni paydo bo‘lishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi asoslangan;
internet terminlarining yasalishida metafora global tarmoq doirasida salbiy va ijobiy hodisani anglatuvchi termin metaforalar mavjudligi va metonimik ko‘chishning modellari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz va o‘zbek tillarida internet terminlarining shakllanishi, derivatsion va leksikografik xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
tilshunoslik va internet sohasining integratsiyalashuvi natijasida ishlab chiqilgan amaliy takliflardan OT-F8-062 «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» nomli fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 2 apreldagi 89-03-1215-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi lug‘atshunoslik faoliyatida, darsliklar va elektron resurslar tayyorlashda manba bo‘lib xizmat qilgan;
leksikografiya sohasi bo‘yicha olingan tadqiqot ishining ilmiy-amaliy xulosalari internet tarmog‘i sohasida terminshunoslik tizimini takomillashtirish bo‘yicha tatbiq etilgan va korxona bo‘limlari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2018 yilning 13 iyuldagi 25-8/5167-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjimonlikka ixtisoslashtirilgan korxonalarni jalb qilishga sarflanadigan xarajatlarni keskin qisqartirishga va internet tarmog‘i mutaxassislarining chet tilini bevosita bilish orqali ishlab chiqarish faoliyatini yuqori darajada oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
tadqiqot natijasida yaratilgan «Inglizcha-o‘zbekcha internet terminlari lug‘ati»dan Respublika teleradiomarkazida sohaga oid normativ hujjatlarni o‘rganish hamda texnik yo‘riqnomalarni tuzishda foydalanilgan (O‘zMTRKning 2018 yil 16 martdagi 01-153/567-son dalolatnomasi). Natijada muomalaga kiritilgan internet terminlari lug‘ati amaliyotda qo‘llanilgan, internet tarmog‘iga oid normativ hujjatlarni o‘rganish, texnik yo‘riqnomalarni tuzish, xorijiy hamkor tashkilotlar bilan turli memorandum, bitim, shartnomalar, dalolatnomalar, bayonnoma va boshqa rasmiy hujjatlarni rasmiylashtirishda asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan.