Donaev Sheroli Burhanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarida xarajatlarni qisqartirish asosida samaradorlikni oshirish (“G‘alla Alteg” AJ misolida) ” 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt3182
Ilmiy maslahatchi: Muxitdinova Kamola Alisherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar:. Tillaxodjaev Muzaffarxodja Abdupattaxovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Yuldasheva Saodat Arislanovna iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi «G‘ALLA ALTEG» AJ misolida don mahsulotlari korxonalarida xarajatlarni qisqartirish asosida samaradorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“G‘alla Alteg” aksiyadorlik jamiyati samaradorligini oshirishda barcha bo‘g‘inlar natijaviyligini ta’minlashda, jumladan mablag‘larni mustaqil tasarruf etishda ta’minot zanjirini diversifikatsiya qilish orqali raqobatbardosh xom ashyo xarid qilish va balansga kelib tushadigan va tejaladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanish kabilarga ko‘ra Rivojlantirish Strategiyasi asoslangan;
don mahsulotlarini ishlab chiqarish subektini barqaror rivojlantirish modeli “G‘alla Alteg” AJ faoliyatigni sinergetik samaradorlikka ko‘ra resurslarni tejash, qayta ishlab chiqarish, texnik-texnologik modernizatsiyalashni tashkil qilish hamda me’yoriy standart va jamoatchilik nazorati amaliyoti asosida takomillashtirilgan;
“G‘alla Alteg” AJ ishlab chiqarish jarayonini klaster talablariga ko‘ra takshkil qilish va barcha bo‘g‘inlarining iqtisodiy integratsiyasini yo‘lga qo‘yishga ko‘ra korxona harajatlarini optimallashtirish va sinergetik samaradorlikni ta’minlash asoslangan;
“G‘alla Alteg” AJ sof foyda hajmiga ta’sir qiluvchi omillar korrelyasiyaga ko‘ra don mahsulotlari korxonasining samarali rivojlanishining 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Don mahsulotlari korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning istiqbolli yo’nalishlarini ishlab chiqish bo’yicha ilmiy natijalar asosida:
"G‘alla Alteg" AJ samaradorligini oshirishda barcha bo‘g‘inlar natijaviyligini ta’minlashda, jumladan mablag‘larni mustaqil tasarruf etishda ta’minot zanjirini diversifikatsiya qilish orqali raqobatbardosh xomashyo xarid qilish va balanga kelib tushadigan va tejaladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanish kabilarga ko‘ra Rivojlantirish Strategiyasini "G‘alla Alteg" AJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazininig 2024-yil 11-dekabrdagi “05/07-04-654”-sonli hamda "G‘alla Alteg" AJning 2024-yil 16-yanvardagi "01/27-1"-sonli ma’lumotnomalari). Taklifning amaliyotga joriy qilinishi aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
don mahsulotlarini ishlab chiqarish subektini barqaror rivojlantirish modeli "G‘alla Alteg" AJ faoliyatigni sinergetik samaradorlikka ko‘ra resurslarni tejash, qayta ishlab chiqarish, texnik-texnologik modernizatsiyalashni tashkil qilish hamda me'yoriy standart va jamoatchilik nazorati amaliyoti asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif "G‘alla Alteg" AJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazininig 2024-yil 11-dekabrdagi “05/07-04-654”-sonli hamda "G‘alla Alteg" AJning 2024-yil 16-yanvardagi "01/27-1"-sonli ma’lumotnomalari). Taklif resurslardan optimal foydalanish hisobiga ishlab chiqarish xarajatlarini tejash imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
"G‘alla Alteg" AJ ishlab chiqarish jarayonini klaster talablariga ko‘ra tashkil qilish va barcha bo‘g‘inlarining iqtisodiy integratsiyasini yo'lga qo‘yishga ko‘ra korxona harajatlarini optimallashtirish va sinergetik samaradorlikni ta’minlash taklif "G‘alla Alteg" AJ amaliyotiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazininig 2024-yil 11-dekabrdagi “05/07-04-654”-sonli hamda "G‘alla Alteg" AJning 2024-yil 16-yanvardagi "01/27-1"-sonli ma’lumotnomalari). Taklif aksiyadorlik jamiyatida 10% darajasida iqtisodiy tejamga erishishga muayyan darajada xizmat qilgan;
"G‘alla Alteg" AJ sof foyda hajmiga ta’sir qiluvchi omillar korrelyasiyaga ko‘ra don mahsulotlari korxonasining samarali rivojlanishining 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari "G‘alla Alteg" AJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazininig 2024-yil 11-dekabrdagi “05/07-04-654”-sonli hamda "G‘alla Alteg" AJning 2024-yil 16-yanvardagi "01/27-1"-sonli ma’lumotnomalari). Prognoz ko‘rsatkichlari AJ faoliyatida ichki imkoniyatlardag samarali foydalanish va ishlab chiqarish xarajatlari tarkibini optimallashtishga ko‘ra sof foyda hajmini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.