Turaev Nurbek Muxmmadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlik sub’ektlari tashqi savdo faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish”, 08.00.15 - Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.(iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt 2686.
Ilmiy rahbari Kucharov Abrorjon Sobirjonovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Bobir Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Abdullaev Axror Jaxbarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tadbirkorlik sub’ektlari tashqi savdo faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tashqi savdo faoliyatini tartibga solish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni davlat tomonidan eksport va import jarayonlarini tartibga solish, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, milliy iqtisodiyot manfaatlarini himoya qilish, xalqaro savdo faoliyati ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini belgilashda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatidan olinadigan iqtisodiy nafni maksimallashtirishni ta’minlash jihatidan takomillashtirilgan;
tashqi savdoni iqtisodiy usullar bilan tartibga solish borasida muayyan tovar (xizmat) yoki tovarlar (xizmatlar) guruhi yuzasidan bozor talab va taklifidan kelib chiqqan holda advalor boj stavkasini o‘rnatishda import hajmini kamaytirish yoki ko‘paytirish orqali boj tarifi optimal stavkasini belgilash taklifi asoslangan;
tadbirkorlik sub’ektlarining transport tashuvlari va boshqa logistika xarajatlarini maqsadli kompensatsiyalash, subsidiyalar joriy etish, milliy brend ostida ishlab chiqarilgan tovarlarning tashqi bozorlardagi o‘rnini topish, tovarlarni rasmiylashtirish tartibini yanada soddalashtirish, tadbirkorlik sub’ektlarining tranzaksion xarajatlarini kamaytirish orqali tashqi savdodagi faoliyat faolligini ta’minlashda samaradorligini oshirish asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasining uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishi holati va tashqi savdo aylanmasi o‘rtasidagi bog‘liqlikka asoslangan ekonometrik model asosida tadbirkorlik sub’ektlari tashqi savdo faoliyatining 2034 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlik sub’ektlari tashqi savdo faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tashqi savdo faoliyatini tartibga solish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini davlat tomonidan eksport va import jarayonlarini tartibga solish, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, milliy iqtisodiyot manfaatlarini himoya qilish, xalqaro savdo faoliyati ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini belgilashda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatidan olinadigan iqtisodiy nafni maksimallashtirishni ta’minlash jihatidan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan, “Tashqi iqtisodiy faoliyatda davlat tomonidan tartibga solish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 04 oktyabrdagi 892-sonli buyrug‘i 892-049 sonli nashr ruxsatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatidan olinadigan iqtisodiy nafni maksimallashtirishni ta’minlash jihatidan takomillashtirilgan “tashqi savdo faoliyatini tartibga solish” tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
tashqi savdoni iqtisodiy usullar bilan tartibga solish borasida muayyan tovar yoki tovarlar  guruhi yuzasidan bozor talab va taklifidan kelib chiqqan holda advalor boj stavkasini o‘rnatishda import hajmini kamaytirish yoki ko‘paytirish orqali boj tarifi optimal stavkasini belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasining 9/02-25-10445-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tovarlar pozisiyalari tahlilida tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga davlat tomonidan ahamiyatli mablag‘lar tejab berilishi va tadbirkorlik sub’ektlari tashqi savdo faoliyatini rag‘batlantirish imkoni yaratilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarining transport tashuvlari va boshqa logistika xarajatlarini maqsadli kompensatsiyalash, subsidiyalar joriy etish, milliy brend ostida ishlab chiqarilgan tovarlarning tashqi bozorlardagi o‘rnini topish, tovarlarni rasmiylashtirish tartibini yanada soddalashtirish, tadbirkorlik sub’ektlarining tranzaksion xarajatlarini kamaytirish orqali tashqi savdodagi faoliyat faolligini ta’minlashda samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasining 9/02-25-10445-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ishlab chiqarish va savdo korxonalari tashqi savdo faoliyatida xarajatlarni sezilarli kamaytirishga erishish, eksport salohiyatini oshirish borasida yangi yo‘nalishlarni ochish hamda rasmiylashtirish davri qisqartirilishi natijasida korxonalar umumiqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasining uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishi holati va tashqi savdo aylanmasi o‘rtasidagi bog‘liqlikka asoslangan ekonometrik model asosida tadbirkorlik sub’ektlari tashqi savdo faoliyatining 2034 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasining 9/02-25-10445-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi savdo faoliyatida yuzaga kelgan muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari ustidan shaffof nazoratni raqamlashtirish orqali amalga oshirish, tashqi savdo operatsiyalarini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirishi bilan bir qatorda tadbirkorlar uchun tashqi savdo shartnomalari ichki nazoratini amalga oshirish imkoni berilishi, tashqi savdo operatsiyalarining turlari ko‘payib borishi bilan ularni tartibga solishda yagona davlat raqamlashgan platformasini takomillashtirib borish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish