Raxmatova Odina Kadirjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy nutq diskursini o‘rganishning lingvopragmatik jihatlari (rus va o‘zbek tili materiallari asosida)”, 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2021.1.PhD/Fil1653.
Ilmiy rahbar: Davlyatova Gulchexra Nasirovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Dilora Abduxamidovna, filologiya fanlari doktori, professor; Rasulova Matluba Xamzaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nutq diskursining ko‘p qirrali lingvopragmatik konsepsiyasini asoslash va uni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish (til vositalari, strategiyalar, turli manbalar asosida diskurs ishtirokchilarining nutqiy harakat turlari va modellari)dan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus va o‘zbek tillarining nutqiy diskursi mazkur tillarning ifodalash imkoniyatlarida o‘ziga xos o‘rin va mavqega egaligi, shuningdek, so‘zlovchilarning his-tuyg‘ulari, ma’naviy dunyosini aks ettiruvchi milliy an’analarga mos so‘z birliklari yordamida shakllanishi hamda ushbu jarayonning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi, kengayishi va rivojlanishi mumkinligi asoslangan;
rus va o‘zbek tillarining nutqiy diskursini qiyosiy tahlil qilish jarayonida, rivoyat, mulohaza, tavsif kabi matn shakllarining fonetik, leksik, morfologik hamda sintaktik sathlarda namoyon bo‘lishi har bir lingvomadaniyatga mos keladigan o‘xshash va farqli xususiyatlarni aniqlashga imkon berishi, mazkur nutqiy diskursning milliy hamda madaniy-ijtimoiy jihatlarga ega bo‘lgan o‘ziga xos etnik model sifatida shakllanishi isbotlangan;
nutq diskursini lingvopragmatik tahlil qilish jarayonida, variativ shakllarning mavjudligi, fonetik, grammatik hamda leksik tizimlar rivojlanishiga ekstralingvistik omillarning ta’siri, morfologik hamda sintaktik usullar nutq diskursi modellarining keng doirasini shakllantirib, tillarning yashirin imkoniyatlarini ochib berishi aniqlangan;
rus va o‘zbek tilshunosliklarida tilning grammatik, morfologik, semantik, stilistik diskurs xususiyatlarini tahlil qiluvchi tadqiqotlarning mavjudligi, nutq diskursining vosita va mexanizmlarini aniqlashda hamda lingvopragmatik maqsadlar uchun muhim ilmiy manba sifatida xizmat qilishi, shu bilan birga rus va o‘zbek tillarida nutq diskursining lingvomadaniy o‘ziga xosligini belgilashga asos bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus va oʻzbek nutq diskursini qiyosiy tahlil qilish jarayonida ishlab chiqilgan metodik va amaliy tavsiyalar asosida quyidagilar ishlab chiqilgan:
rus va o‘zbek tillarining nutqiy diskursi mazkur tillarning ifodalash imkoniyatlarida o‘ziga xos o‘rin va mavqega egaligi, shuningdek, so‘zlovchilarning his-tuyg‘ulari, ma’naviy dunyosini aks ettiruvchi milliy an’analarga mos so‘z birliklari yordamida shakllanishi hamda ushbu jarayonning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi, kengayishi va rivojlanishi mumkinligi haqidagi ilmiy xulosalar Farg‘ona davlat universitetining 2019-2021-yillarda bajarilgan “EMI (English as a Medium of Instruction)” nomli xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 24-apreldagi 04-2283-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha davomida tayyorlangan o‘quv materiallari va qo‘llanmalar ingliz tilida dars berish jarayoniga adaptatsiya qilinib. xorijiy adabiyotlar, akademik manbalar va ilmiy-nazariy tadqiqotlardan samarali foydalanish imkoniyati kengaygan;
rus va o‘zbek tillarining nutqiy diskursini qiyosiy tahlil qilish jarayonida, rivoyat, mulohaza, tavsif kabi matn shakllarining fonetik, leksik, morfologik hamda sintaktik sathlarda namoyon bo‘lishi har bir lingvomadaniyatga mos keladigan o‘xshash va farqli xususiyatlarni aniqlashga imkon berishi, mazkur nutqiy diskursning milliy hamda madaniy-ijtimoiy jihatlarga ega bo‘lgan o‘ziga xos etnik model sifatida shakllanishi haqidagi xulosalardan Farg‘ona davlat universitetining 2019-2021-yillarda bajarilgan “EMI (English as a Medium of Instruction)” nomli xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 24-apreldagi 04-2283-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, zamonaviy pedagogik platformalar hamda interfaol mashg‘ulotlar yordamida dars berish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi, talabalar uchun qulay va boy akademik muhit yaratildi.
nutq diskursini lingvopragmatik tahlil qilish jarayonida, variativ shakllarning mavjudligi, fonetik, grammatik hamda leksik tizimlar rivojlanishiga ekstralingvistik omillarning ta’siri, morfologik hamda sintaktik usullar nutq diskursi modellarining keng doirasini shakllantirib, tillarning yashirin imkoniyatlarini ochib berishiga asoslangan natijalardan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 16-apreldagi 87-son ma’lumotnomasi). Natijada teleradiokompaniyaning ko‘rsatuv ssenariylari yangi ma’lumot va materiallar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish