Mo‘minova Maftuna Alijonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.     Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ o‘qitish asosida talabalarning ingliz tilidagi o‘quv materiallarini o‘zlashtirish metodikasini takomillashtirish (badiiy adabiyot matnlari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4515.
Ilmiy rahbar: Ikromxonova Feruza Ikromovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umidjon Umrzoqovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Ruzmetova Dildora Adilbekovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.            
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ o‘qitish asosida talabalarning ingliz tilidagi o‘quv materiallarini o‘zlashtirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilida o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning didaktik imkoniyatlari mavzu ichidagi obʼektlararo motivatsion analitik, sintetik, ijro bosqichlarini umumlashtiruvchi turlarga ajratish, boshqa fanlardan bilim bloklarini kiritish hamda ikki yoki uchta fan doirasida sinxronizatsiyalash asosida faollashtirilgan;
ingliz tilida o‘quv materiallarini integrativ o‘qitish modeli nazariy, konseptual, vositachilik, refleksiv motivlashgan xarakatlarning, kognitiv, psixomotorik affektiv o‘quv maqsadlari birligini saqlashga qaratilgan ijodiy pedagogik muhitni bosqichma-bosqich yaratish hamda strimimg internetda uzatilgan axborotlar yordamida gaplarni tuzish va badiiy matnni sharhlashga integrativ texnologiyalarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
ingliz tilidagi o‘quv materialini o‘zlashtirish metodikasi madaniy muloqotga muvofiqlik, ijodkorlik, o‘zgaruvchanlik, madaniyatlararo munosabatlar, tolerantlik tamoyillaridan ehtiyojlar, motivlar va maqsadni mukammallashtirishda hamda badiiy mantnni yaxlit manzarasini tasavvur etish, nostandart vaziyatlarda muammoli vaziyatlarni yaratish va echim topish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ingliz tilida badiiy matnlarini o‘zlashtirish samaradorligi badiiy matnni vaziyatlar nutq qoidalariga hamohangligini bosqichma-bosqich murakkablashishini e’tiborga olish, bilimlarni birlashtirish hamda «Til portfellari» va «Tezkor til o‘zlashtirish» integrativ texnologiyalaridan ta’lim jarayonini modellashtirishda leksik va grammatik nutq qobiliyatlari turini raqamli texnologiyalarga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning badiiy adabiyot matnlari orqali o‘quv materialini samarali o‘zlashtirishlarida ingliz tilini integrativ o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
ingliz tilida o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning didaktik imkoniyatlari mavzu ichidagi obʼektlar aro analitik, sintetik umumlashtiruvchi ulanishlarni turlarga ajratish, boshqa fanlardan bilim bloklarini kiritish hamda ikki yoki uchta fan doirasida sinxronizatsiyalash asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Teaching language aspecs” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 30-noyabrdagi “4/3.1” sonli qarori). Natijada, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalar orasida ingliz tili o‘quv dasturining mazmuni boyitilgan, mashgʼulotni integrativ o‘qitish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan;
ingliz tilida o‘quv materiallarini integrativ o‘qitish modeli nazariy, konsentual, vositachilik, refleksiv motivlashgan xarakatlarning, kognitiv, psixomotorik affektiv o‘quv maqsadlari birligini saqlashga qaratilgan ijodiy pedagogik muhitni bosqichma-bosqich yaratish hamda strimimg internetda uzatilgan axborotlar yordamida gaplarni tuzish va badiiy matnni sharxlashga integrativ texnologiyalarni kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalardan “Teaching language aspecs” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 30-noyabrdagi “4/3.1” sonli qaroriga asosan). Natijada, oliy ta’lim tashkilotlarida ingliz tilini integrativ o‘qitish jarayonining mazmunini boyitish imkoniyatlari kengaytirilgan va bo‘lajak mutaxassislarda ingliz tilidagi nutq kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
integrativ o‘qitish asosida ingliz tilidagi badiiy matnlarni o‘qitish metodikasi madaniy muloqotga muvofiqlik, ijodkorlik, o‘zgaruvchanlik, madaniyatlar aro munosabatlar, tolerantlik tamoyillaridan extiyojlar, motivlar va maqsadni mukammallashtirishda badiiy mantnni yaxlit manzarasini tasavvur etish, nostandart vaziyatlarda muammoli vaziyatlarni yaratish va echim topishni takomillashtirishga oid tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida FZ-2016-0909111822 raqamli «Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali talabalarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashuvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirishi mexanizmlari» mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 12 yanvardagi 89-03-150-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilini o‘qitishda talabalar tomonidan badiiy adabiyot matnlari orqali o‘quv materialini samarali o‘zlashtirish metodikasi mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
talabalarning ingliz tilida badiiy matnlarini o‘zlashtirish samaradorligi badiiy matnni vaziyatlar nutq qoidalariga xamoxangligini bosqichma-bosqich murakkablashishini etiborga olish, bilimlarni birlashtirish xamda «Til portfellari» va «Tezkor til o‘zlashtirish» integrativ texnologiyalaridan ta’lim jarayonini modellashtirishda leksik va grammatik nutq qobiliyatlari turini raqamli texnologiyalarga integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan tavsiyalardan FZ-2016-0909111822 raqamli «Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali talabalarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashuvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirishi mexanizmlari» mavzusidagi innovatsion loyihaning amaliy topshiriqlarini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 12 yanvardagi 89-03-150-son ma’lumotnomasi). Natijada, integrativ o‘qitish modeli indikativlikka ustuvorlik berish asosida takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish