Murodova Shahlo Ibragimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari ustida ishlash metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4516.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Ilmiy rahbar: Hamroev G‘ofir Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurullaeva Shahlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari ustida ishlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matn mazmunini ochib beruvchi, muallif maqsadini anglashga xizmat qiluvchi, fikrlashga undaydigan kreativ o‘quv topshiriqlardan foydalanilganda o‘quvchilarning matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasi, mantiqiy fikrlash malakasi oshgani aniqlangan;  
o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantirishda o‘qish tezligini oshirish, mantiqiy fikrlash, anglash, mushohada qilish hamda umumlashtirish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish muhim omil ekanligi asoslangan;
nutq vaziyatiga doir matnlardan foydalanilganda fikrlashga yo‘naltiruvchi savol va topshiriqlar o‘quvchilarda matn va matndan tashqari ma’lumotlarni mavzuga bog‘lay olish, matnosti ma’nolarni kalit so‘zlar yordamida aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi dalillangan;
o‘qish savodxonligini rivojlantirishga doir badiiy, ilmiy va publisistik matnlar, shuningdek, savol va topshiriqlar tizimi ona tili ta’limida o‘qish savodxonligini rivojlantirish vositasi ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvshilarda o‘qish savodxonligini rivojlantiruvshi o‘quv topshiriqlari ustida ishlash metodikasini takomillashtirish mavzusidagi tadqiqotlar asosida:
matn mazmunini ochib beruvchi, muallif maqsadini anglashga xizmat qiluvchi, fikrlashga undaydigan kreativ o‘quv topshiriqlardan foydalanilganda o‘quvchilarning matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasi, mantiqiy fikrlash malakasi oshgani bo‘yicha ishlab chiqqan taklif va tavsiyalaridan 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 4-dekabrdagi 01/4-2586-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy qismi yangi ilmiy fikrlar, g‘oyalar bilan boyitilishiga erishilgan;
o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantirishda o‘qish tezligini oshirish, mantiqiy fikrlash, anglash, mushohada qilish hamda umumlashtirish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish muhim omil ekanligi to‘g‘risidagi xulosalardan PZ-202004165 “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 15-dekabrdagi 01/4-2689-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning amaliy qismi yangi manbalar bilan boyitilishiga erishilgan;
nutq vaziyatiga doir matnlardan foydalanilganda fikrlashga yo‘naltiruvchi savol va topshiriqlar o‘quvchilarda matn va matndan tashqari ma’lumotlarni mavzuga bog‘lay olish, matnosti ma’nolarni kalit so‘zlar yordamida aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi o‘qish savodxonligini rivojlantirishi aniq misollar orqali dalillanganligiga doir tavsiya va xulosalaridan 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 4-dekabrdagi 01/4-2586-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratishda tadqiqot materiallaridan foydalanib, yangi manbalar bilan boyitilishiga erishilgan;
  o‘qish savodxonligini rivojlantirishga doir badiiy, ilmiy va publisistik matnlar, shuningdek, savol va topshiriqlar tizimi ona tili ta’limida o‘qish savodxonligini rivojlantirish vositasi ekanligini ochib beruvchi taklif va tavsiyalaridan PZ-202004165 “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 15-dekabrdagi 01/4-2689-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha asosida yaratilgan platformaning yangi o‘quv metodik ta’minot bilan boyitilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish