Qodirova Gulnoza Solixudjaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li “Zevarxon” dostonining lisoniy xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil4944.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Jumanazarova Guljahon Umrzoqovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor, Iskandarova Sharifaxon Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Zevarxon” dostonining leksikografik manbalarini yaratishdagi statistik tahlilni amalga oshirish, grammatik, semantik-stilistik, genetik, tarkibiy-mazmuniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
doston tilidagi leksemalar juvon, yigit, kelinchak, ena, momo singari ot, qantarmoq, moytormoq, jilonmoq, chenkamoq kabi fe’l, sohibjamol, zabun, behush kabi sifat, qo‘sha, ikki, bir, uch, qirq, ming kabi son, shul, ne, nechuk kabi olmosh, bog‘onag‘i, erta-mertan, bir palla singari ravishlar shaklida turkumlar, ularning semantik, morfologik, sintaktik belgilari aniqlangan;          
“Zevarxon” dostonida qo‘llanilgan so‘zlarning miqdori 15701 ta va chastotasi 5053 ta so‘zshakl ekanligi aniqlanib, matnning leksikografik manbalari: so‘zlik, alfavitli, chastotali va ters lug‘atlari yaratilgan;
 “Zevarxon” dostoni tilidagi bermoq, bo‘lmoq, o‘tmoq, solmoq, tortmoq kabi leksemalarning turkiy qatlamga, amaldor, asl, aziz, ulug‘ singari  leksemalarning arabiy ekanligi, avval, gap, bekor kabilarning fors-tojikcha ekanligi aniqlanib, matndagi ko‘p ma’nolilik xususiyatlari ochib berilgan;
 doston so‘z boyligi lavozim, mansab, martaba, harbiy, uy-joy, taom va oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlari va jihozlari, kiyim-kechak va liboslar, o‘lchov birliklari, diniy tasavvur va aqidalar bilan bog‘liq tarkibiy-mazmuniy xususiyatlar asoslab aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Zevarxon” dostonining lisoniy xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
doston tilidagi leksemalar juvon, yigit, kelinchak, ena, momo singari ot, qantarmoq, moytormoq, jilonmoq, chenkamoq kabi fe’l, sohibjamol, zabun, behush kabi sifat, qo‘sha, ikki, bir, uch, qirq, ming kabi son, shul, ne, nechuk kabi olmosh, bog‘onag‘i, erta-mertan, bir palla singari ravishlar shaklida turkumlarga ajratilib, grammatik-semantik belgilari yuzasidan chiqarilgan xulosalardan FA-A1-G007-sonli “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik obekti sifatida” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 8-avgustdagi 302/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-amaliy loyihaning nazariy qismining yangi ilmiy fikrlar, g‘oyalar bilan boyitilishiga erishilgan;
“Zevarxon” dostonida qo‘llanilgan so‘zlarning miqdori 15701 ta va chastotasi 5053 ta so‘zshakl ekanligi aniqlanib, matnning leksikografik manbalari: so‘zlik, alfavitli, chastotali va ters lug‘atlariga doir tavsiya va ilmiy yangiliklaridan F1-FA-0-43429 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” nomli fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 8-avgustdagi 303/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy qismining boyitilishiga, berilgan tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarning mazmuniy to‘ldirilishiga xizmat qilgan;
 “Zevarxon” dostoni tilidagi bermoq, bo‘lmoq, o‘tmoq, solmoq, tortmoq kabi leksemalarning turkiy qatlamga, amaldor, asl, aziz, ulug‘ singari  leksemalarning arabiy ekanligi, avval, gap, bekor kabilarning fors-tojikcha ekanligi, ya’ni genezisi aniqlanib, matndagi ko‘p ma’nolilik xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalardan F1-FA-0-43429 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” nomli fundamental loyihasi doirasida vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 8-avgustdagi 303/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy xulosalar, dalillar bilan boyitilishiga erishilgan;
doston so‘z boyligining lavozim, mansab, martaba, harbiy, uy-joy, taom va oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlari va jihozlari, kiyim-kechak va liboslar, o‘lchov birliklari, diniy tasavvur va aqidalar bilan bog‘liq tarkibiy-mazmuniy xususiyatlariga oid xulosalardan Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining efirga uzatilgan “Sayqal” hamda “Subhidam” ko‘rsatuvi dasturi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 2-avgustdagi 13-10/367-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar orqali viloyat aholisining dostondagi til birliklarining ma’nolari haqidagi bilimlarining kengayishiga, shuningdek, yoshlarda xalq dostonlarini o‘rganish orqali tariximiz, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat ruhini uyg‘otishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish