Jo‘raev Shukrullo Alishboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Erkin Vohidov badiiy publisistkasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2067.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Qosimov Usmon, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Umurova Go‘zal Xotamovna, filologiya fanlari doktori, professor; Alimbekov Atxambek Kamolovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Erkin Vohidov publisistikasining adabiy-estetik, ilmiy-falsafiy, janriy-uslubiy jihatlarini poetik ijodi bilan yaxlitlikda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Erkin Vohidovning badiiy ijod, ijodkor shaxs, poetik mahorat, til va uslub, so‘z san’ati haqidagi publisistik asarlari adibga zamondosh shoirlar G‘afur G‘ulom, Shayxzoda, Mirtemir kabi shoirlarni ustoz o‘rnida bilib “Shoir” va “Shoir qalbi” she’rlarini bitganligi, Said Ahmad, Abdulla Oripov kabi adiblar qatori ijodiy tazyiqqa uchraganligi aniqlangan;
Erkin Vohidovning “Iztirob”, “Shoir-u she’r-u shuur”, “So‘z latofati” kabi badiiy publisistik asarlarining adabiy-estetik tafakkur rivojida muhim o‘ringa ega, “Iztirob” to‘plamida “Shoirlar armoni”, “Ota yurting omon bo‘lsa” kabi maqolalarida ijtimoiy-axloqiy, “So‘z latofati” asaridan “Barkamol soddalik”, “Shoir qalbining fig‘oni” maqolalarida ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati davr muammolari bilan bog‘liq tarzda ochib berilgan;
Erkin Vohidov badiiy publisistikasida yetakchi o‘rin egallagan esse, adabiy o‘ylar, adabiy suhbat kabi janrlarning asosiy mazmuni shoir she’rlari bilan g‘oyaviy-badiiy jihatdan mushtarak tarzda ochib berilgan;
shoirning “Iztirob” to‘plamidagi “O‘zbekchilik”, “Bizning odatlar” maqolalarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, “So‘z latofati” kitobidagi “So‘z – zabarjad, so‘z – gavhar, oltin”, “Uch daruodan suv ichgan dengiz”, “Ko‘mirga aylangan umr” kabi maqolalarida serqirra o‘zbek tili haqidagi qarashlari aks etganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erkin Vohidov badiiu publisistikasi tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Erkin Vohidovning badiiy ijod, ijodkor shaxs, poetik mahorat, til va uslub, so‘z san’ati haqidagi publisistik asarlari adibga zamondosh shoirlar G‘afur G‘ulom, Shayxzoda, Mirtemir kabi shoirlarni ustoz o‘rnida bilib “Shoir” va “Shoir qalbi” she’rlarini bitganligi, Said Ahmad, Abdulla Oripov kabi adiblar qatori ijodiy tazyiqqa uchraganligi to‘g‘risidagi xulosalaridan F3-2016-09081165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining uangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiuotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2024-uil 02-apreldagi 150/1-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental louiha doirasidagi maqolalar, monografiualar hamda adabiuotshunoslik tadqiqi uuzasidan tadqiqotlar ilmiu manbalar bilan boyitilishiga erishilgan;
Erkin Vohidovning “Iztirob”, “Shoir-u she’r-u shuur”, “So‘z latofati” kabi badiiy publisistik asarlarining adabiy-estetik tafakkur rivojida muhim o‘ringa ega, “Iztirob” to‘plamida “Shoirlar armoni”, “Ota yurting omon bo‘lsa” kabi maqolalarida ijtimoiy-axloqiy, “So‘z latofati” asaridan “Barkamol soddalik”, “Shoir qalbining fig‘oni” maqolalarida ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati davr muammolari bilan bog‘liq tarzdagi xulosalaridan A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniu, milliu va tarixiu qadriuatlar uug‘unligi asosida ma’naviu-axloqiu tarbiualashning muammolari” mavzusidagi amaliy louihaga foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiu-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-uil 2-apreldagi 150/1-son ma’lumotnomasi). Natijada louihaning yangi nazariy manbalar, ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan;
Erkin Vohidov badiiy publisistikasida yetakchi o‘rin egallagan esse, adabiy o‘ylar, adabiy suhbat kabi janrlarning asosiy mazmuni shoir she’rlari bilan g‘oyaviy-badiiy jihatdan mushtarakligi to‘g‘risidagi xulosalardan “Ma’rifat targ‘ibotchilari” jamiuati tomonidan tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlarida hamda adib ijodini uoshlarga targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan uchrashuvlarda foudalanilgan (Respublika Ma’naviuat va ma’rifat markazi Jizzax vilouat bo‘limining 2024-uil 22-apreldagi 01/52-son ma’lumotnomasi). Natijada targ‘ibot tadbirlari hamda adib ijodini uoshlarga targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan uchrashuvlarning saviuasi, mazmun-mohiuati oshishi ta’minlangan.
shoirning “Iztirob” to‘plamidagi “O‘zbekchilik”, “Bizning odatlar” maqolalarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, “So‘z latofati” kitobidagi “So‘z – zabarjad, so‘z – gavhar, oltin”, “Uch daruodan suv ichgan dengiz”, “Ko‘mirga aylangan umr” kabi maqolalarida serqirra o‘zbek tili haqidagi qarashlari aks etganligi aniqlangan o‘rinlardan Yoshlar ishlari agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 24-maydagi 2-13-21-2441-son ma’lumotnomasi). Natijada Erkin Vohidov publisistikasidagi ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy muammolar talqini hamda yosh avlod tarbiyasi uchun ibratli jihatlari haqidagi ilmiy xulosalar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida asos bo‘lib xizmat qilgan.