Norova Mavjuda Baxodurovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gips ishlab chiqarish korxonalari ishchilarida stomatologik kasalliklarning oldini olish va davolashni optimallashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Tib547.
Ilmiy maslahatchi: Xabibova Nazira Nasulloevna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Idiev G‘ayrat Elmurodovich tibbiyot fanlari doktori (DSc), G‘afforov Sunatullo Amrulloevich tibbiyot fanlari doktori, professor, Grigor`ev Sergey Sergeevich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Pavel Yozef Shafarik Universiteti (Slovakiya Respublikasi)
II. Tadqiqotning maqsadi: gips ishlab chiqarish korxonalari ishchilari o‘rtasida tish kasalliklarini davolash va oldini olish bo‘yicha samarali strategiyalarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gips zavodi ishchilarining fizik va kimyoviy ishlab chiqarish omillari ta’sirida tish kasalliklarining normal mehnat sharoitida ishlaydigan ishchilarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatlari asoslangan;
gips zavodi ishchilarida parodontal kasalliklar, tish qattiq to‘qimasi va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarining tarqalishi va intensivligining yuqori darajalari isbotlangan;
sanoat ishchilari uchun stomatologik parvarishning muhimligi va o‘ziga xosligi Buxoro viloyatidagi gips zavodi misolida isbotlangan;
stomatologiya xizmatini gips zavodi ishchilarida tatbiq qilish, uning zarurati, sifati va profilaktika yo‘nalishini takomillashtirish ayniqsa parodont kasalliklarini davolashda tahlil qilingan;
sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan aniqlangan zararli kimyoviy omillarning gips zavodi ishchilari og‘iz bo‘shlig‘i, parodont va tish qattiq to‘qimasi kasalliklari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 24 avgustdagi №05/31 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik:gips zavodi ishchilarining fizik va kimyoviy ishlab chiqarish omillari ta’sirida tish kasalliklarining normal mehnat sharoitida ishlaydigan ishchilarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatlari asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: olib borilgan tadqiqotlar natijasida gips zavodi ishchilarining ish davomiyligiga qarab guruhlarga bo‘lib ish faoliyati oshishi bilan barcha stomatologik kasalliklarning avj olishi aniqlangan. Stomatologik kasalliklar orasida ayniqsa parodontt kasaliklarining barcha turlari yuqori darajada bo‘lish va bunga zavod muhitidaga xafli omillarning ta’siri isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.07.2024 y. № 02/415.; 23.07.2024 y.; № 02/421), Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (20.07.2024 y.; № 50) hamda Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (22.07.2024 y.; №128/1), (22.07.2024 y.; № 128/3),(22.07.2024 y.; № 128/4) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: gips zavodi ishchilarining fizik va kimyoviy ishlab chiqarish omillari ta’sirida tish kasalliklarining normal mehnat sharoitida ishlaydigan ishchilarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatlari asoslab berilganini inobatga olinishi, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: gips zavodi ishchilarining fizik va kimyoviy ishlab chiqarish omillari ta’sirida tish kasalliklarining normal mehnat sharoitida ishlaydigan ishchilarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatlari asoslab berilganini inobatga olinishi davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarni sarflanadigan xarajatlarini 924000 so‘mga kamaytirishga erishilgan. Xulosa: gips zavodi ishchilarining fizik va kimyoviy ishlab chiqarish omillari ta’sirida tish kasalliklarining normal mehnat sharoitida ishlaydigan ishchilarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatlari asoslab berilganini inobatga olinishi byudjet mablag‘larni 924000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: gips zavodi ishchilarida parodontal kasalliklar, tish qattiq to‘qimasi va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarining tarqalishi va intensivligining yuqori darajalari isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: parodont kasalliklari, tish qattiq to‘qimalari va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining tarqalishi va intensivligining yuqori darajalari isbotlan bo‘lib, kuzatilishi mumkin asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: : olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.07.2024 y. № 02/415.; 23.07.2024 y.; № 02/421), Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (20.07.2024 y.; № 50) hamda Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (22.07.2024 y.; №128/1), (22.07.2024 y.; № 128/3),(22.07.2024 y.; № 128/4) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: parodont kasalliklar, tish qattiq to‘qimalari va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining tarqalishi va intensivligining yuqori darajalari isbotlanib tanlangan asosiy va qo‘shimcha gigienik vositalari va terapevtik davolashning tavsiya etilgan texnikasi bemorlarning tezroq tuzalishiga, poliklinikaga qatnash kunlarini qisqartirishga va shu bilan bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: parodont kasalliklar, qattiq tish to‘qimalari va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining tarqalishi va intensivligining yuqori darajalari isbotlanligi hisobiga 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 180000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: parodont kasalliklar, tish qattiq to‘qimalari va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining tarqalishi va intensivligining yuqori darajalari isbotlanligi hisobiga 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 180000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: sanoat ishchilari uchun stomatologik parvarishning muhimligi va o‘ziga xosligi Buxoro viloyatidagi gips zavodi misolida isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy yordam ko‘rsatilayotgan sanoat xodimlariga stomatologik yordam ko‘rsatish zarurati va darajasi Buxoro viloyatidagi gips zavodi misolida isbotlanib, stomatologiya xizmatini isloh qilish tamoyillari va shartlari, ayniqsa, stomatologik davolashning barcha shakllariga yuqori ehtiyojdan kelib chiqib, ishchilarga stomatologik yordam ko‘rsatishda ustuvorlik, sifatli va profilaktik e’tiborini oshirish maqsadga muvofiqliligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.07.2024 y. № 02/415.; 23.07.2024 y.; № 02/421), Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (20.07.2024 y.; № 50) hamda Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (22.07.2024 y.; №128/1), (22.07.2024 y.; № 128/3),(22.07.2024 y.; № 128/4) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tish nokarioz kasalliklari shakllarini erta aniqlab ularga malakali terapevtik davo va ortopedik konstruksiyalarni tanlashni davo algoritmiga kiritish, davolashning tavsiya etilgan texnikasi bemorlarning tezroq tuzalishiga, poliklinikaga qatnash kunlarini qisqartirishga va shu bilan bemorlar va ularning oila a’zolarining hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tish nokarioz kasalliklari shakllarini erta aniqlab ularga malakali terapevtik davo va ortopedik konstruksiyalarni tanlashni davo algoritmiga kiritish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 180000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 125000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: terapevtik davo va ortopedik konstruksiyalarni tanlashni davo algoritmiga kiritish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 180000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 125000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: stomatologiya xizmatini gips zavodi ishchilarida tatbiq qilish, uning zarurati, sifati va profilaktika yo‘nalishini takomillashtirish ayniqsa parodont kasalliklarini davolashda tahlil qilingan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: sifatli stomatologik xizmatlarni joriy qilish orqali kasalliklarni erta aniqlab va prafilaktik tadbirlar amalga oshirilib bemorlarda jismoniy va ruxiy holatning yaxshilanishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.07.2024 y. № 02/415.; 23.07.2024 y.; № 02/421), Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (20.07.2024 y.; № 50) hamda Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (22.07.2024 y.; №128/1), (22.07.2024 y.; № 128/3),(22.07.2024 y.; № 128/4) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olib brilgan sifatli stomatologik xizmatlar og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini, ayniqsa parodont kasalliklarini erta aniqlab va prafilaktika tadbirlarini amalga oshirish orqali bemorlarda jismoniy va ruxiy holatning yaxshilanishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: parodont kasalliklar, qattiq tish to‘qimalari va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining tarqalishi va intensivligining yuqori darajalari isbotlanligi hisobiga 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 180000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: parodont kasalliklar, tish qattiq to‘qimalari va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining tarqalishi va intensivligining yuqori darajalari isbotlanligi hisobiga 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 180000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan aniqlangan zararli kimyoviy omillarning gips zavodi ishchilari og‘iz bo‘shlig‘i, parodont va tish qattiq to‘qimasi kasalliklari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: zararli kimyoviy omillar ta`sirida og‘iz bo‘shlig‘i, parodontit va tishlarning qattiq to‘qimalari kasalliklari o‘rtasidagi bog‘liqlik birinchi marta isbotlanib barcha shakllarini konservativ endodontik davolash samaradorligini oshirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.07.2024 y. № 02/415.; 23.07.2024 y.; № 02/421), Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (20.07.2024 y.; № 50) hamda Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (22.07.2024 y.; №128/1), (22.07.2024 y.; № 128/3),(22.07.2024 y.; № 128/4) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bir vaqtning o‘zida zararli kimyoviy omillar ta`sirida og‘iz bo‘shlig‘i, parodontit va tishlarning qattiq to‘qimalari kasalliklari o‘rtasidagi bog‘liqlik birinchi marta isbotlanishi konservativ endodontik davolash samaradorligini oshirishga imkon bergan.Iqtisodiy samaradorligi: bir vaqtning o‘zida zararli kimyoviy omillar ta`sirida og‘iz bo‘shlig‘i, parodontit va tishlarning qattiq to‘qimalari kasalliklari o‘rtasidagi bog‘liqlik birinchi marta isbotlanishi hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 924000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 240000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: o‘zida zararli kimyoviy omillar ta`sirida og‘iz bo‘shlig‘i, parodontit va tishlarning qattiq to‘qimalari kasalliklari o‘rtasidagi bog‘liqlik birinchi marta isbotlanishi hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 924000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 240000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.