Sadinov Aziz Ziyadullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chiqindilarni qayta ishlash jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish”, 08.00.16 –“Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4282.
Ilmiy rahbar: Sindarov Sherzod Egamberdiuevish, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Maxamatov Nurilla Ergashevich texnika fanlari doktori, professor; Mamasoatov Dilshod Ravshanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chiqindilarni raqamli texnologiyalar asosida qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chiqindilarni qayta ishlash ularning turlari, to‘planish joylari va hajmiga ko‘ra hosil bo‘lish jarayonlarini “yirik”, “o‘rta” va “kichik” guruhlarga ajratish asosida chiqindilarni yigʻish va tashish jarayonlarini iqtisodiy jihatdan optimallashtirishning raqamli dasturiy platformasini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
yirik sanoat korxonalari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish siklini tahlil qilish asosida mikrohududda chiqindilarning hosil bo‘lish davri va manbasini aniqlash, ularning hajmi va tuzilmasi haqida ma’lumotlarni yigʻish va dasturiy tahlil qilish asosida ixtisoslashgan qayta ishlash punktlarini tashkil etish taklifi ishlab chiqilgan;
qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash jarayonlarini raqamli platformalar asosida boshqarishning iqtisodiy samaradorligini chiqindilarni saralashda sun'iy intellekt yordamida avtomatlashtirish hamda qayta ishlangan materiallardan yangi mahsulotlar yaratish orqali oshirish taklifi asoslangan;
Toshkent viloyatida chiqindilarni qayta ishlash jarayonlarining ekonometrik modeli asosida jami chiqindilar hajmi, chiqindilarni transportda tashish hajmi, aholidan chiqayotgan chiqindilarni qolib ketishi hajmining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chiqindilarni raqamli texnologiyalar asosida qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
chiqindilarni qayta ishlash ularning turlari, to‘planish joylari va hajmiga ko‘ra hosil bo‘lish jarayonlarini “yirik”, “o‘rta” va “kichik” guruhlarga ajratish asosida chiqindilarni yigʻish va tashish jarayonlarini iqtisodiy jihatdan optimallashtirishning raqamli dasturiy platformasini ishlab chiqish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 22-iyundagi № 03-01/21-2099-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida raqamli texnologiyalar asosida elektron platforma orqali qayta ishlangan mahsulotlarni qo‘llab-quvvatlash va sotuvni rejalashtirish asosida ma’lumotlarni boshqarish, ishlab chiqarish umumiy jadvalini tuzish uchun axborot modellari ishlab chiqish orqali iqtisodiy sarf-xarajatlarni 5-6 foizga, boshqa xarajatlarni 2-3 foizga kamaytirish va ish unumdorligini 1-2 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
yirik sanoat korxonalari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish siklini tahlil qilish asosida mikrohududda chiqindilarning hosil bo‘lish davri va manbasini aniqlash, ularning hajmi va tuzilmasi haqida ma’lumotlarni yigʻish va dasturiy tahlil qilish asosida ixtisoslashgan qayta ishlash punktlarini tashkil etish taklifi “ERGO ANALYTICS” kompaniyasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 22-iyundagi № 03-01/21-2099-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yanglikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida iqtisodiy sarf-xarajatlarni 5-6 foizga, boshqa xarajatlarni 2-3 foizga kamaytirish va ish unumdorligini 1-2 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash jarayonlarini raqamli platformalar asosida boshqarishning iqtisodiy samaradorligini chiqindilarni saralashda sun'iy intellekt yordamida avtomatlashtirish hamda qayta ishlangan materiallardan yangi mahsulotlar yaratish orqali oshirish taklifi O‘zbekiston Respublkasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublkasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 22-iyundagi № 03-01/21- 2099-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishda raqamli texnologiyalar asosida taklif etilayotgan iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
Toshkent viloyatida chiqindilarni qayta ishlash jarayonlarining ekonometrik modeli asosida jami chiqindilar hajmi, chiqindilarni transportda tashish hajmi, aholidan chiqayotgan chiqindilarni qolib ketishi hajmining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublkasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublkasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 22-iyundagi № 03-01/21- 2099-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida chiqindi mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirishning uzoq muddatli istiqboldagi mo‘ljallarini aniqlash imkonini bergan.