Qo‘ziev Umidjon Yandashalievichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilidagi izohli lug‘atlarda o‘zlashma so‘zlar tadqiqi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil191.

Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.05.02.

Rasmiy opponentlar: Jumanazarova Guljahon Umrzakovna filologiya fanlari doktori; Qobilova Zebo Murodovna filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqot maqsadi: ishning asosiy maqsadi o‘zbek tilining izohli lug‘atlaridagi o‘zlashma so‘zlarni semantik asosda tadqiq qilishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

mustaqillik davri o‘zbek lug‘atchiligidagi an’anaviylik va novatorlik xususiyatlari aniqlangan;

izohli lug‘atlardagi o‘zlashma so‘zlarning asliyat bilan semik muvofiqligi yoritilgan;

ikki jildli va besh jildli izohli lug‘atlardagi o‘zlashma so‘zlarga xos semantik o‘zgarishlar aniqlangan;

o‘zlashma so‘zlarning ikki va besh jildli izohli lug‘atlarda talqin qilinishidagi ilmiy xolislik, semantik to‘liqlik kabi farqli jihatlar va ularning sabablari yoritilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbek tili izohli lug‘atlaridagi o‘zlashma so‘zlarni tadqiq etish asosida:

o‘zbek tilining izohli lug‘atlarida fizika faniga oid o‘zlashma so‘zlar va terminlar, ularning semantik jihatdan to‘g‘ri tavsiflanishiga oid nazariy qarashlari, amaliy tavsiyalari va ilmiy xulosalaridan 2F-OT-0-15494 raqamli “Kvant nuqtali getero - va nanotuzilmalardagi eksitonlarni, polyaronlarni, bipolyaronlarni va ko‘chish hodisalarini tadqiq etish asosida nurlagichlar, fotoelementlar va boshqa turdagi optoelektron asboblarning samaradorligini yaxshilash” nomli fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 02-07-3154/04-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida o‘zlashma terminlardan to‘g‘ri foydalanish, zaruriy o‘rinlarda o‘zbekcha muqobillariga almashtirish sifati sezilarli darajada yaxshilangan.

ayrim arabcha va forscha o‘zlashmalarning lingvokul`turologik xususiyatlariga doir materiallardan A-1-61 raqamli «Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish» mavzusidagi davlat amaliy granti loyihasi doirasidagi o‘quv qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatmalar va ularning audiokitob shaklidagi nusxalarini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 05-09-3157/03-son ma’lumotnomasi). Natijada leksemalar semantikasini yoritish, ularning nutq jarayonidagi voqelanishini ko‘rsatishda ijobiy samara bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish