Safarov Rustam Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tasvir tarkibiy ortiqchaligi xossalari asosida mikroob’ektlar identifikatsiyalanishini maqbullashtiruvchi usullar”, 05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2827.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jumanov Isroil Ibragimovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, PhD.03/29.12.2023.T.02.12.
Rasmiy opponentlar: Kalandarov Palvan Iskandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Gulyamov Javlon Nurillaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi Mikroob'ektlarni optimal identifikasiya qilish, tanish, sinflashtirishda tasvir tarkibiy ortiqchaligi xossa va tasniflaridan foydalanish imkoniyatini beruvchi uslublarni yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mikroob’ektlarni optimal identifikatsiya qilishda tasvirning tarkibiy ortiqchaligi xossalaridan foydalanuvchi va tasvir konturidagi nuqtalarning statistik, dinamik, morfometrik, geometrik, gistologik, chastotali va spektral xususiyatlariga asoslangan model va algoritmlari ishlab chiqilgan;
kiruvchi va etalon tasvirlar konturlari xosligini nuqtali, nochiziqli nazorat qilish, segmentlash, ortiqchalikka ega nuqtalarni bartaraf etish, rastr o‘lchamini qisqartirish, masshtablash va ko‘p bosqichli nazoratni amalga oshirishga asoslangan mikroob’ektlarni identifikatsiya qiliuvchi mexanizmlar ishlab chiqilgan;
adekvat tavsiflash vositalarining sintezi, gibrid modellar o‘zgaruvchilarini muvofiqlashtirish, statistik, korrelyasion va mantiqiy bog‘lanishlar, nuqtalar ketma-ketligi dinamikasi hamda turli arxitekturadagi neyron tarmoqlardan foydalanishga asoslangan mikroob’ektlar tasvirini identifikatsiya qilish mexanizmlari ishlab chiqilgan;
tasvir konturi nuqsonli nuqtalarini bartaraf qilishda qattiq va yumshoq bo‘sag‘ali nazoratni qo‘llovchi, Gauss va mediana filtrlariga asoslangan, kontur nuqtasi xatoligini ruxsat etilgan chegaralarda, ular orttirmalari, ekstrapolyasiya xatoliklari qiymatlari nazorati bo‘yicha, nuqta yorqinligidan foydalanishga asoslangan vositalarni qo‘llovchi mikroobektlarni identifikatsiya qilish mexanizmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqotlari doirasida tasvir tarkibiy ortiqchaligi xossalari asosida mikroob’ektlar identifikatsiyalanishini maqbullashtiruvchi usullar mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kiruvchi va etalon tasvirlar mosligini nuqtali va nochiziqli tekshirish, ajratish, segmentlash, nol nuqtani reduksiyalash, rastr o‘lchamini qisqartirish, masshtablash, bo‘sag‘a va ko‘p bosqichli dinamik nazorat qilish, nuqta qiymatini muvofiqlashtirish vositalariga asoslangan algoritmning dasturiy vositasi G‘allaorol shahri “Lalmikor dehqonchilik” Ilmiy tadqiqot institutida “Don seleksiyasi va urug‘chiligi” masalalarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 23-maydagi 33-8/3411 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan dasturiy vosita mikroobektlar tasvirlarini tanish va sinflashtirish jarayonini tezlashtirdi, xarajatlarni 1,1 soatgacha kamaytirishga erishildi, hamda identifikatsiya qilishdagi yutuq koeffisienti qiymatini 3-5 martagacha oshirilishiga erishilgan;
statistik, korrelyasion, mantiqiy va morfologik tasniflar, nuqtalar bog‘liqligi, kontur dinamikasi va axborotlardagi xatolarni qattiq va yumshoq bo‘sag‘alar asosida nazorat qilish vositalarini sintez qilishga asoslangan algoritmning dasturiy vositasi “Oziq - ovqat ingredientlari tarkibi va qiymatlarini tahlil hamda qayd qilish” masalalarini echishda Jizzax viloyati “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi” boshqarmasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 23-maydagi 33-8/3411 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan dasturiy vosita mikrozarralarni tanish va sinflashtirish ishonchliligini 84% dan 87% gacha oshirildi, axborotga ishlov berish murakkabligi va narx xarajatini 3-4 martagacha kamaytirilishga erishilgan;
model o‘zgaruvchisi maqbul qiymatini aniqlash, kontur nuqtasini ruxsat etilgan qiymatlar, orttirmalar va ekstrapolyasiya noaniqligi chegaralari bo‘yicha nazorat qilish vositalariga asoslangan algoritmning dasturiy vositasi “Korxonalar texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, axborotlarga ishlov berish, hamda bashorat qilish bo‘yicha “O‘zbektelekom” AJ Samarqand filiali faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 23-maydagi 33-8/3411 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan dasturiy vosita identifikatsiya qilish aniqligini 98,3% ga, axborotga ishlov berish tezligini 2 martagacha, hamda mikroobektlarni tanish va sinflashtirish ishonchliligini 19% gacha oshirilishiga erishilgan.