Junaydullaev Mels Asliddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak harbiy ta’lim mutaxassislarining kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik asoslari”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6737.
Ilmiy rahbar: Ma’murov Bahodir Baxshullaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Uraimov Sanjar Ruzmatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak harbiy ta’lim mutaxassislarining kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ofiserlarni harbiy kasbiy-amaliy tayyorlashda chaqiriqqacha harbiy ta’lim faniga innovatsion (elektron platformalar, o‘quv-metodik didaktik ta’minot, kommunikativ, intelektual, kreativ) baholash mezonlari va tayyorgarlik darajalariga bog‘liq kasbiy faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan ta’lim shakllari va metodlarini singdirish hisobiga uzlyuksiz nazorat va monitoring qilish imkoniyatlari kengaytirilgan;
harbiy ta’lim mutaxassislarini mashg‘ulotlarini optimallashtirish uchun nafas olish va mushaklarni bo‘shashtiruvchi, pedagogik va psixologik vositalar orqali mashg‘ulotlardan so‘ng shug‘ullanuvchilar faoliyatini qayta tiklashga qaratilgan maxsus mashqlar majmuasini ishlab chiqish hisobiga chaqiriqqacha harbiy ta’lim mutaxassislarining navbatdagi tayyorgarlik bosqichiga moslashish imkoniyatlari oshirilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti talabarining jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik dasturiga organizmni kuchli jismoniy va psixologik yuklamalariga moslashishi va kuch, tezlik va chidamlilik sifatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar me’yori, qo‘llash usullarini yuqori, o‘rta, past darajalarini singdirish hisobiga harbiy ko‘nikma va malakalarga erishish imkoniyatlari oshirilganj
chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakultetlari talabalarining kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligi dinamikasini oshirish uchun to‘rtta (gimnastika, engil atletika, sport o‘yinlari, qo‘l janggi) modelli elektron darsligini yaratish hisobiga elektron ishlanmalar orqali operativ axborotlar olish imkoniyatlari oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak harbiy ta’lim mutaxassislarining kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik asoslari bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy – uslubiy metodik asoslari va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak ofiserlarning harbiy kasbiy-amaliy tayyorlashda chaqiriqqacha harbiy ta’lim faniga innovatsion (elektron platformalar, o‘quv-metodik didaktik ta’minot, komunikativ, intelektual, kreativ) baholash mezonlari va tayyorgarlik darajalariga bog‘liq kasbiy faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan ta’lim shakllari va metodlarini singdirish bo‘yicha tavsiyalari Buxoro davlat pedagogika institutining Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti I-III bosqich talabalarining jismoniy tarbiya ta’lim jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 3-iyuldagi 10/1270-son ma’lumotnomasi). Natijada, 3-kurs talabalarining kuch sifatlari 15-18 % ga, tezlik sifati 17-20 % ga, chaqqonlik sifati 14-17 % ga, chidamlilik sifati 16-19 % ga, shaxsiy tarkibda jismoniy tayyorgarlik va sportga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otilish motivatsiyasi 18-21 % ga, talabalarda ma’naviy-ruhiy psixologik tayyorgarlik sifati 18-20 % ga o‘sishiga erishilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakultetlari talabalarining kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligi dinamikasini oshirish uchun to‘rtta (gimnastika, engil atletika, sport o‘yinlari, qo‘l janggi) modelli elektron darsligini yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Buxoro davlat pedagogika institutining Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti yo‘nalishi talabalarining kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligi jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 3-iyuldagi 10/1270-son ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro davlat pedagogika institutining Harbiy ta’lim fakulteti talabalarni kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish uchun asos yaratildi va ta’lim sifatining nazorat-boshqaruv tizimi samaradorligi 18 % ga oshganligi aniqlangan;
harbiy ta’lim mutaxassislarini mashg‘ulotlarini optimallashtirish uchun nafas olish va mushaklarni bo‘shashtiruvchi, pedagogik va psixologik vositalar orqali mashg‘ulotlardan so‘ng shug‘ullanuvchilar faoliyatini qayta tiklashga qaratilgan maxsus mashqlar majmuasini ishlab chiqish dinamikasidan Farg‘ona davlat universitetining Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti talabalarining kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 3-iyuldagi 10/1270-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona davlat universitetining Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti 2-kurs talabalarining kuch sifatlari 16-18 % ga, tezlik sifati 16-19 % ga, chaqqonlik sifati 21-25 % ga, chidamlilik sifati 21-26 % ga, shaxsiy tarkibda jismoniy tayyorgarlik va sportga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otilish motivasiyasi 18-21 % ga, talabalarda ma’naviy-ruhiy psixologik tayyorgarlik sifati 18-20 % ga o‘sishiga erishilgan.
chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti talabarining jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik dasturiga organizmni kuchli jismoniy va psixologik yuklamalariga moslashishi va kuch, tezlik va chidamlilik sifatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar me’yori, qo‘llash usullarini yuqori, o‘rta, past darajalarini singdirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti talabalarining kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini oshirish mashg‘ulotlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 3-iyuldagi 10/1270-son ma’lumotnomasi). Natiajada Toshkent davlat pedagogika universiteti Harbiy ta’lim fakulteti talabalarining umumiy jismoniy tayyorgarligi 10,2 % ga, maxsus jismoniy tayyorgarligi 14,5 % ga yaxshilanishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish