Roziqov Jo‘rabek Yuldashboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chekli optik qalinlikka ega bo‘lgan muhitlarda qutblangan yorug‘lik energiyasini ko‘chirilishining o‘ziga xos xususiyatlari”, 01.04.07–“Kondensirlangan holat fizikasi”(fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM610
Ilmiy rahbar: Sobirov Mahmud Mamarasulovich, fizika-matematika fanlarinomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Farg‘ona davlat universiteti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.FM.106.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Akbarali Maxammatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Atamurotov Farrux Shuxratovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Chekli optik qalinlikdagi, yassi-parallel muhitlar, xususan, kristallar qutblangan yorug‘lik oqimi, atmosfera tabiiy quyosh nurlanish oqimi bilan yoritilganda, muhitdan qaytgan va undan o‘tgan oqimlarning intensivligi va qutblanish darajasi muhitning parametrlari, yorug‘lik oqimining tushish va kuzatish burchaklariga bog‘liq holda qanday o‘zgarishini, muhitga tushgan undan qaytgan va o‘tgan oqimlar orasidagi o‘zaro energiya balansini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor chekli optik qalinlikdagi muhitlarda qutblangan nurlanish oqimi ko‘chirilish tenglamasini X,Y – funksiyalari ko‘rinishidagi analitik echimlarini faktorlash usulida aniqlash metodi ishlab chiqildi, olingan analitik echimlar asosida, kompyuterlar yordamida bajariladigan xisoblashlar vaqtini keskin kamayishi aniqlangan;
chekli qalinlikka ega bo‘lgan izotrop kristallar qutblanmagan va qutblangan yorug‘lik oqimi bilan yoritilganda, kristalldan chiqqan ikkilamchi oqimlar intensivligi va qutblanish darajalarini kristall parametrlari va yorug‘lik oqimini kristallga tushish va chiqish burchaklariga bog‘liq holda o‘zgarish qonunlar ko‘rsatib berildi, to‘la ichki qaytish xodisasi hisobiga kristallda nurlanish oqimi zichligi keskin ortishini baholash metodi ishlab chiqilgan;
tabiiy quyosh nurlanishi oqimini to‘liq spektrini xisobga olgan holda, atmosferaga tushayotgan tabiiy qutblanmagan quyosh nurlanish oqimini atmosferadan diffuz qaytgan, diffuz va sochilmasdan o‘tgan oqimlar orasidagi energiya balansini xisoblash usuli ishlab chiqildi, bu oqimlar o‘rtasidagi energiya balansi quyosh spektri bo‘ylab qanday o‘zgarishi aniqlangan;
atmosferadan diffuz qaytgan, diffuz va sochilmasdan o‘tgan oqimlar intensivligini quyosh nurlanish oqimini atmosferaga tushish va chiqish burchaklari qiymatlariga, oqimning to‘lqin uzunligiga bog‘liq holda qanday o‘zgarishi taxlil etildi, hisoblashlar natijalari, kuzatishlar orqali ishlab chiqilgan interpolyasion formulalar orqali xisoblangan natijalar bilan o‘zaro solishtirildi, ular orasidagi taffovutlarning sabablari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  “Chekli optik qalinlikka ega bo‘lgan muhitlarda qutblangan yorug‘lik energiyasini ko‘chirilishining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishini natijalaridan:
  kristallar asosida yaratilgan turli optik detektorlar, optik signallarni o‘zida saqlovchi va qayta ishlovchi turli optoelektron qurilmalarning ish rejimini boshqarishda tegishli tuzatmalar kiritish imkonini bergan (“O‘zeltexsanoat” uyushmasining 2024 yil 06 noyabrdagi 04/6484 sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari atmosferadan o‘tayotgan tabiiy quyosh nurlanish oqimining to‘liq spektrini hisobga olish, atmosfera qatlamlaridan o‘tib Er sirtiga etib kelgan quyosh nurlanish oqimining to‘liq energiyasini baholash, bu oqim tarkibidagi diffuz oqim ulushini qanday ekanligini ko‘rsatib berish imkoniyatini yaratgan. Er sirtiga tushuvchi quyosh nurlanish energiya miqdorining o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi omillarni asoslab bergan, bu esa quyosh energiyasi asosida ishlovchi turli geliotexnik qurilmalar, xususan, quyosh panellaridan foydalanish effektivligini oshirish imkonini bergan.
yassi-parallel, chekli qalinlikka ega bo‘lgan muhitlarda yorug‘lik oqimini ko‘chirilish jarayonini ifodalovchi ko‘chirilish tenglamalarini echish uchun yaratilgan matematik modeldan Namangan muhandislik-qurilish inistitutida 2017-2020 yillarga mo‘jallangan OT-F2-71 “O‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydondagi deformatsiyalangan p-n-o‘tish volt-amper xarakteristikasiga yorug‘likni ta’sirini tadqiq etish” mavzusidagi loyihani bajarish doirasida, foydalanilgan (Namangan muhandislik-qurilish institutining 23.12.2021 y. dagi 06/10-09/1189 sonli ma’lumotnomasi). Yarim o‘tkazgich kristallari va ular asosida olingan o‘lchamli kvantlashgan strukturalarida kuzatiladigan optik effektlarni bir vaqtning o‘zida kristallning makroskopik geometrik o‘lchamlari va parametrlari bilan bog‘lash imkoniyatini yaratadi.  Bu esa o‘lchamli kvantlashgan strukturalarida kuzatiladigan optik effektlarning fizik tabiatini chuqurroq tushinish, ilmiy tadqiqot ishlarini yanada samaraliroq  olib borish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish