Yo‘ldoshev Rustam Elmurodovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dinamik modellashtirish asosida talabalarni pedagogik tadqiqiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5051.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Ilmiy rahbar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Soatov Asadulloh Jabborovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston-Finlyandiya  pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ilmiy-pedagogik ta’lim jarayonini dinamik modellashtirish asosida tashkil etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’limda ikki bosqichli ta’lim tizimini joriy etishning metodik aspektlari akademik sohaga doir amalga oshiriladigan transmilliy ta’lim standartlarni tatbiq etish, ta’lim subektlari mobilligini ta’minlash, mutaxassisliklarni verifikatsiyalash, ECS (European Credit Transfer System) ni tatbiq etish kabi xalqaro tajribalarni diversifikatsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarni pedagogik tadqiqiy faoliyatga tayyorlash jarayoni mazmuni dinamik modellashtirishning evolyusion xarakterdaligi belgilarini magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash jarayoniga raqamli transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;  
magistrantlarni samarali tadqiqot ishlarini olib borishga tayyorlash jarayoni modelining texnologik komponenti talabalarni tadqiqiy faoliyatga individual ta’lim traektoriyasi orqali tayyorlashning variativlik, konseptuallik, empiriklik tamoyillari asosida takomillashtirilgan;
talabalarni tadqiqot ishlariga tayyorlash metodikasi fundamental va amaliy pedagogik tadqiqotlarni tashkil etishga doir empirik, praksimetrik, kontent tahlil kabi metodlarini strategik modellashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilishi. Talabalarni dinamik modellashtirish asosida tadqiqiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish asosida olingan natijalar asosida:
oliy ta’limda ikki bosqichli ta’lim tizimini joriy etishning metodik aspektlari akademik sohaga doir amalga oshiriladigan transmilliy ta’lim standartlarni tatbiq etish, ta’lim subektlari mobilligini ta’minlash, mutaxassisliklarni verifikatsiyalash, ECS (European Credit Transfer System) ni tatbii etish kabi xalqaro tajribalarni diversifikatsiyalash asosida aniqlashtirilganligiga doir xulosalardan “Xorijda ta’lim tizimi” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 232-484-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ikki bosqichli oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimi xorijiy tajribalar asosida takomillashtirilishiga erishilgan;
magistrantlarni samarali tadqiqot ishlarini olib borishga tayyorlash jarayoni modelining texnologik komponenti talabalarni tadqiqiy faoliyatga individual ta’lim traektoriyasi orqali tayyorlashning variativlik, konseptuallik, empiriklik tamoyillari asosida takomillashtirilganligiga doir ma’lumotlar PZ-20170930223 – raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi mazmuniga singdirilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023 yil 23-oktyabrdagi 04/5301-son ma’lumotnomasi). Natijada magistratura talabalarini tadqiqiy faoliyat davomida izlanuvchanlik va kreativliklarini yuzaga chiqaruvchi modellashtirishning imkoniyati oshgan hamda tadqiqotlar samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarni tadqiqot ishlariga tayyorlash metodikasi fundamental va amaliy pedagogik tadqiqotlarni tashkil etishga doir empirik, praksimetrik, kontent tahlil kabi metodlarini strategik modellashtirish orqali takomillashtirilganligi haqidagi xulosalardan “Umumiy pedagogika” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 68-723-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatiga jalb etish va tayyorlash tizimi metodik tavsifi boyitilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish