Alimova Shahnoza Azamat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Energetik ichimlik ta’sirida buyrakning morfo-funksional o‘zgarishlarini tajribada o‘rganish va profilaktik chora tadbirlarni qo‘llash», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3268.
  Ilmiy rahbar: Il`yasov Aziz Saidmuratovich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024. Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidulla Abdullaevich Rasulov, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sultonova Lola Djaxonkulovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston  davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi)»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kalamushlarda “Gorilla” energetik ichimligi ta’sirida buyrak parenximasining strukturaviy o‘zgarishlarini va qovoq urug‘i moyi ta’sirining himoyaviy rolini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor “Gorilla” energetik ichimligini 30 kun davomida qabul qilishi natijasida buyrak nefronlarining proksimal va distal egri-bugri kalavasimon kanalchalarining diametri va ko‘ndalang kesimining kichrayishi kabi morfometrik va giperplaziyaga xos patomorfologik o‘zgarishlar aniqlangan;
surunkali 90 kun energetik ichimlik (Gorilla) ta’sirida oq zotsiz kalamushlar buyragining struktur elementlarida gipoplaziyaga xos belgilar, ya’ni buyrak tomir koptokchalari o‘lchamlarining kichrayishi va ular sonining kamayishi kabi jarayonlar rivojlanishi isbotlangan;
energetik ichimlik (Gorilla) ni qabul qilgandan keyin 1 oy davomida qovoq urug‘i moyi bilan korreksiyalash va organizm himoya mexanizmlarining tiklanishi hisobiga buyraklar morfometrik ko‘rsatkichlarining me’yoriy ko‘rsatkichlarga yaqinlashishi isbotlangan;
energetik ichimlik ta’sirida buyrak nefronlaridagi fil`tratsiya jarayonlarini buzilishi oqibatida qonda mochevina, kreatinin va siydik kislota miqdorining oshishi va bu ko‘rsatkichlar qovoq urug‘i moyining korreksiyasidan so‘ng nazorat guruhiga yaqinlashganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Energetik ichimlik ta’sirida buyrakning morfo-funksional o‘zgarishlarini tajribada o‘rganish va profilaktik chora tadbirlarni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor “Gorilla” energetik ichimligini 30 kun davomida qabul qilishi natijasida buyrak nefronlarining proksimal va distal egri-bugri kalavasimon kanalchalarining diametri va ko‘ndalang kesimining kichrayishi kabi morfometrik va giperplaziyaga xos patomorfologik o‘zgarishlar aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 12 fevraldagi 24-m/022 son xulosasi bilan tasdiqlangan «Energetik ichimlik ta’sirida buyraklarning morfo-funksional o‘zgarishlarni aniqlash metodologiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 19.07.2024 yildagi 69-son hamda Kogon shahar tibbiyot birlashmasining 07.05.2024 yildagi 1187-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/72-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: energetik ichimlik qabulidan keyin buyrak nefron tuzilmalarining epiteliy xujayralari va to‘kimalardagi patologik jarayonlarning qiyosiy tavsifi ochib berilganligi og‘ir asoratlar rivojlanishini oldini olishda profilaktik va davolovchi chora tadbirlarni ishlab chiqishni takomillashtirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: energetik ichimlik fonida buyrak nefron tuzilmalaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlari tufayli rivojlanadigan patologik xolatning erta tashhislanishi davolash samaradorligini oshiradi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari 2400000 so‘mga iqtisod qilinadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali 90 kun energetik ichimlik (Gorilla) ta’sirida oq zotsiz kalamushlar buyragining struktur elementlarida gipoplaziyaga xos belgilar, ya’ni buyrak tomir koptokchalari o‘lchamlarining kichrayishi va ular sonining kamayishi kabi jarayonlar rivojlanishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 12 fevraldagi 24-m/022 son xulosasi bilan tasdiqlangan «Energetik ichimlik ta’sirida buyraklarning morfo-funksional o‘zgarishlarni aniqlash metodologiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 19.07.2024 yildagi 69-son hamda Kogon shahar tibbiyot birlashmasining 07.05.2024 yildagi 1187-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/72-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali energetik ichimlik qabulidan keyin buyrak nefron tuzilmalarida yuzaga keladigan morfometrik va patomorfologik o‘zgarishi isbotlanganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi bilan bir qatorda rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali energetik ichimlik qabulidan keyin buyrak nefron tuzilmalaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik xolatning erta inobatga olinishi davolash samaradorligini oshiradi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari 2400000 so‘mga iqtisod qilinadi.
uchinchi ilmiy yangilik: energetik ichimlik (Gorilla) ni qabul qilgandan keyin 1 oy davomida qovoq urug‘i moyi bilan korreksiyalash va organizm himoya mexanizmlarining tiklanishi hisobiga buyraklar morfometrik ko‘rsatkichlarining me’yoriy ko‘rsatkichlarga yaqinlashishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 12 fevraldagi 24-m/022 son xulosasi bilan tasdiqlangan «Energetik ichimlik ta’sirida buyraklarning morfo-funksional o‘zgarishlarni aniqlash metodologiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 19.07.2024 yildagi 69-son hamda Kogon shahar tibbiyot birlashmasining 07.05.2024 yildagi 1187-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/72-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qovoq urug‘i moyining davolovchi ta’siri aniqlanishi uning energetik ichimlik qabulidan keyin buyrakda yuzaga keladigan asoratlarda qo‘llanilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, ular o‘z navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: energetik ichimlik fonida qovoq urug‘i moyi bilan kompleks davolash samaradorligini hamda qovoq urug‘i moyi bilan davo chora-tadbirlarining buyraklarga ijobiy ta’sirini  o‘rganish natijalari asosida davolanish va dori-darmonlarni sotib olish xarajatlarini kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishiladi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari 2400000 so‘mga iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: energetik ichimlik ta’sirida buyrak nefronlaridagi fil`tratsiya jarayonlarini buzilishi oqibatida qonda mochevina, kreatinin va siydik kislota miqdorining oshishi va bu ko‘rsatkichlar qovoq urug‘i moyining korreksiyasidan so‘ng nazorat guruhiga yaqinlashganligi aniqlangan bo‘lib, bu bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 12 fevraldagi 24-m/022 son xulosasi bilan tasdiqlangan «Energetik ichimlik ta’sirida buyraklarning morfo-funksional o‘zgarishlarni aniqlash metodologiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 19.07.2024 yildagi 69-son hamda Kogon shahar tibbiyot birlashmasining 07.05.2024 yildagi 1187-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/72-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: energetik ichimlik ta’sirida buyrak nefronlaridagi fil`tratsiya jarayonlarini buzilishi oqibatida qonda mochevina, kreatinin va siydik kislota miqdorining oshishini aniqlash diagnostik usullariga va davolash taktikasiga o‘zgartirishlar kiritilishini inobatga olinishi nogironlikni oldini olishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga asos bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: energetik ichimlik ta’sirida buyrak nefronlaridagi fil`tratsiya jarayonlarini buzilishi oqibatida qonda mochevina, kreatinin va siydik kislota miqdorining oshishini aniqlash diagnostik usullariga va davolash taktikasiga o‘zgartirishlar kiritilishini inobatga olinishi orqali iqtisodiy samaradorlikka erishiladi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari 2400000 so‘mga iqtisod qilinadi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Energetik ichimlik ta’sirida buyrakning morfo-funksional o‘zgarishlarini tajribada o‘rganish va profilaktik chora tadbirlarni qo‘llash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengash raisiga  Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2024 yil 5 sentabrdagi 04/7431-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish