Azimova Kamola Talatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Bolalarda o‘tkir bronxiolitlarda qaytalanuvchi bronxoobstruktiv holatlarni personifisirlangan diagnostikasi va rivojlanish xavfi stratifikatsiyasini takomillashtirish", 14.00.09-Pediatriya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2725
Ilmiy raxbar: Garifulina Lilya Maratovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01
Rasmiy opponentlar: Rustamov Mardonkul Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Furkat Muxitdinovich tibbiyot fanlari doktori,professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘tkir bronxiolit bilan og‘rigan bolalarda SS16 geni polimorfizmining diagnostik va prognostik ahamiyatini aniklash xamda  bronxoobstruktiv holat kaytalanish xavfi rivojlanishini stratifikatsiya qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda o‘tkir bronxiolit rivojlanishini asosiy regional xavf omillari (onasidagi og‘ir darajali anemiya va surunkali infeksiya o‘chog‘lari mavjudligi, homila surunkali gipoksiyasi, homila tana vaznining kamligi, o‘tkir bronxiolit debyutini 3 oylikkacha kuzatilishi, nafas tizimi kasaliklari bo‘yicha noxush irsiy anamnezi mavjudligi) aniklangan;  
o‘tkir bronxiolit bilan og‘rigan bolalarda kasallikdan keyin bronxoobstruktiv sindrom qaytalanishini bashorat qilishda va patologiyani og‘irlik darajasini aniqlashda IL-4, IL-6, IL-8, TNF ά sitokinlarni diagnostik chegaraviy miqdori xamda IL4/IL10, IL6/IL10, IL8/IL10 bir-biriga nisbat ko‘rsatkichlari prognostik mezon sifatida ko‘llanishi asoslangan;
ilk bor o‘tkir bronxiolit bilan og‘rigan bolalar orasida SS16 (A38G)  geni A/A genotipi tashuvchilarida kasallikni og‘ir kechishi, bakterial asoratlar rivojlanishi, allergologik anamnez shakllanishi, bronxoobstruktiv sindrom qayta rivojlanishi aniqlangan;
o‘tkir bronxiolit bilan og‘rigan bolalarda qayta bronxoobstruktiv sindrom rivojlanishini bashorat qiladigan stratifikatsiya shkalasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda o‘tkir bronxiolitlarda qaytalanuvchi bronxoobstruktiv holatlarni personifisirlangan diagnostikasi va rivojlanish xavfi stratifikatsiyasini takomillashtirishbo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda o‘tkir bronxiolit rivojlanishini asosiy regional xavf omillari (onasidagi og‘ir darajali anemiya va surunkali infeksiya o‘chog‘lari mavjudligi, homila surunkali gipoksiyasi, homila tana vaznining kamligi, o‘tkir bronxiolit debyutini 3 oylikkacha kuzatilishi, nafas tizimi kasaliklari bo‘yicha noxush irsiy anamnezi mavjudligi) aniklangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi ekspert kengashining 2024 yil 22yanvardagi 11-soni bilan tasdiqlangan “Bolalarda o‘tkir bronxiolitning xavf omillari va personifisirlangan diagnostikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand  viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 19.04.2024yil 63-U§2-sonli buyrug‘i bilan, Samarqand shaxar 1-son bolalar shifoxonasi1.05.2024 yildagi 30-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22oktyabr07/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir bronxiolit rivojlanishi xavf omillarining regional xususiyatlarini aniqlash kasallikning og‘ir kechishini bashorat qilishga, intensiv davolashni o‘z vaqtida boshlashga va asoratlar rivojlanishining oldini olishn imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir bronxiolitning og‘ir kechishini o‘z vaqtida tashxislash va asoratlar rivojlanishini oldini olish natijasida bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 401 499 so‘mga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir bronxiolit bilan og‘rigan bolalarda kasallikdan keyin bronxoobstruktiv sindrom qaytalanishini bashorat qilishda va patologiyani og‘irlik darajasini aniqlashda IL-4, IL-6, IL-8, TNF ά sitokinlarni diagnostik chegaraviy miqdori xamda IL4/IL10, IL6/IL10, IL8/IL10 bir-biriga nisbat ko‘rsatkichlari prognostik mezon sifatida ko‘llanishi asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi ekspert kengashining 2024 yil 22 yanvardagi 12-soni bilan tasdiqlangan “Bolalarda zamonaviy bosqichda o‘tkir bronxiolitning klinik-laborator kechish xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand  viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 19.04.2024 yil 63-U§2-sonli buyrug‘i bilan, Samarqand shaxar 1-son bolalar shifoxonasi 1.05.2024 yildagi 30-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabr 07/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: interleykinlar darajasi va ularning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash kasallikning og‘ir shakllari rivojlanishini o‘z vaqtida oldini olishga, shuningdek, bolaning takroriy kasallanishlar soni kamaytirishga va shu bilan uning sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha davolash chora-tadbirlari taktikasini belgilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir bronxiolit rivojlanishining og‘ir shakllarini oldini olish natijasida statsionar davolanish xarajatlarini kamaytirish va kuniga 57357 ming so‘m miqdorida davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘tkir bronxiolit bilan og‘rigan bolalar orasida SS16 (A38G)  geni A/A genotipi tashuvchilarida kasallikni og‘ir kechishi, bakterial asoratlar rivojlanishi, allergologik anamnez shakllanishi, bronxoobstruktiv sindrom qayta rivojlanishi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi ekspert kengashining 2024 yil 22 yanvardagi 11-soni bilan tasdiqlangan “Bolalarda o‘tkir bronxiolitning xavf omillari va personifisirlangan diagnostikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand  viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 19.04.2024 yil 63-U§2-sonli buyrug‘i bilan, Samarqand shaxar 1-son bolalar shifoxonasi 1.05.2024 yildagi 30-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabr 07/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar o‘tkir bronxiolit o‘tkazgan bolalarda takroriy bronxoobstruktiv holatlar rivojlanishini bashoratlashda shaxsiy yondashuvni qo‘llashga, profilaktik va davolash tadbirlarini olib borishning eng maqbul usullarini aniqlashga, shuningdek, o‘pka kasalliklarining qayta yuzaga kelishi va surunkali tus olishining hamda erta nogironlikning oldini olishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda erta yoshda va keyingi yosh davrlarida bronxoobstruktiv kasalliklarning qayta yuzaga kelishining oldini olish natijasida statsionar va ambulator davolanish xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan. Bemorning statsionar davolanishida kasallanish chastotasi yiliga 1 marta kamaytirilgan va har bir bemor uchun iqtisodiy samaradorlik 401499 so‘mni tashkil etishi aniqlangan.
turtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir bronxiolit bilan og‘rigan bolalarda qayta bronxoobstruktiv sindrom rivojlanishini bashorat qiladigan stratifikatsiya shkalasi takomillashtirilgan va ular bo‘yicha takliflarSamarqand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi ekspert kengashining 2024 yil 22 yanvardagi 11-soni bilan tasdiqlangan “Bolalarda o‘tkir bronxiolitning xavf omillari va personifisirlangan diagnostikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand  viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 19.04.2024 yil 63-U§2-sonli buyrug‘i bilan, Samarqand shaxar 1-son bolalar shifoxonasi 1.05.2024 yildagi 30-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabr 07/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bronxiolitni o‘tkazgan bolalarda takroriy bronxoobstruktiv holatlar rivojlanishini bashorat qilish omillarini stratifikatsiyalash shkalasini ishlab chiqish, bolalarda ushbu holatlarning shakllanishi va zo‘rayishini oldini olish uchun personifisirlangan profilaktik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish imkonini bergan. Bu esa o‘z navbatida bolalar orasida takroriy kasallanish darajasini sezilarli ravishda pasaytirgan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda erta yoshda va keyingi davrlarida bronxoobstruktiv kasalliklarning qayta yuzaga kelishining oldini olish natijasida ambulator va statsionar davolanish xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan. Bu esa ambulator-poliklinika xizmatiga va statsionarga murojaatlar sonini 2-3 baravarga qisqarishi xisobiga byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish