Nurmanov Din-Axmed Tileubaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pensiya jamg‘armalarida xarajatlar hisobi va davlat auditini takomillashtirish», 08.00.08 - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3039.
Ilmiy rahbar: Xasanov Baxodir Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shakarov Qulmat Ashirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pensiya jamg‘armalarida xarajatlar hisobi va davlat auditini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pensiya jamg‘armalarining hisob siyosatiga 710 100 - “Yoshga doir pensiya”, 710 200 - “Nogironlik pensiyasi”, 710 300 - “Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi” subschyotlarni kiritish orqali xarajatlarni unifikatsiyalash, ular bilan bog‘liq muomalalarni hisob registrlarida aks ettirish taklifi asoslangan;
Byudjet hisobi standarti (3-sonli BHS)ning 8-ilovasi “Pensiya jamg‘armasining ijtimoiy nafaqalarni to‘lash uchun mablag‘lari” nomli 4-002-0-0 satriga “Mehnatga layoqatsiz va zarur ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga nafaqa” va “Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik suyunchi nafaqasi” satrlarini kiritish taklifi asoslangan;
jamg‘arib boriladigan pensiya badallari maqomini byudjetga to‘lanadigan soliqlarga tenglashtirish, ishlovchi pensionerlarning ish haqidan jamg‘arib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga ushlanmalarni bekor qilish, xodimlarning daromadlaridan jamg‘arib boriluvchi pensiya fondiga ajratmalarni 5 foizga oshirish taklifi asoslangan;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kelib chiqib pensiya tayinlash tartibidan fuqarolarning besh yillik o‘rtacha daromadlarini inobatga olgan holda differensiatsiyalashgan pensiya summasini belgilash taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
pensiya jamg‘armalarining hisob siyosatiga 710 100 - “Yoshga doir pensiya”, 710 200 - “Nogironlik pensiyasi”, 710 300 - “Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi” subschyotlarni kiritish orqali xarajatlarni unifikatsiyalash, ular bilan bog‘liq muomalalarni hisob registrlarida aks ettirish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan jamg‘armaning Hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi apparatining 2024 yil 18 oktyabrdagi 03/67-01-35/108-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida pensiya jamg‘armalarining hisob siyosatini takomillashtirish orqali xarajatlarni unifikatsiyalash, ular hisobining shaffofligi va aniqligini ta’minlash asoslangan;
byudjet hisobi standarti (3-sonli BHS)ning 8-ilovasi “Pensiya jamg‘armasining ijtimoiy nafaqalarni to‘lash uchun mablag‘lari” nomli 4-002-0-0 satriga “Mehnatga layoqatsiz va zarur ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga nafaqa” va “Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik suyunchi nafaqasi” satrlarini kiritish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2024 yil 24 iyundagi 01/30/01-06-32/132-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida byudjet hisobi standarti (3-sonli BHS)ning 8-ilovasi satriga tegishli qo‘shimcha satrlarini kiritish orqali hisob va hisobotlarning shaffofligi va aniqligini ta’minlash asoslangan;
jamg‘arib boriladigan pensiya badallari maqomini byudjetga to‘lanadigan soliqlarga tenglashtirish, ishlovchi pensionerlarning ish haqidan jamg‘arib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga ushlanmalarni bekor qilish, xodimlarning daromadlaridan jamg‘arib boriluvchi pensiya fondiga ajratmalarni 5 foizga oshirish taklifi O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan davlat moliyaviy  nazorati va auditi tizimini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2024 yil 9 avgustdagi ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida jamg‘arib boriladigan pensiya badallarining yig‘iluvchanlik darajasini oshirish, jamg‘arib boriluvchi pensiya fondi daromadlari barqarorligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kelib chiqib pensiya tayinlash tartibidan fuqarolarning besh yillik o‘rtacha daromadlarini inobatga olgan holda differensiatsiyalashgan pensiya summasini belgilash taklifi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar bo‘limi tomonidan davlat auditini tashkil qilish jarayonida foydalanilgan (Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar bo‘limining 2024 yil 27 maydagi 01/30/01/10-32/16-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida fuqarolarning differensiatsiyalashgan pensiya summasini belgilash orqali ularning samarali mehnat faoliyatini rag‘batlantirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish