Mamatqulov Davlatjon Maxamatjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Malaka oshirish jarayonida umumta’lim maktab rahbarlarining mafkuraviy kompetentliligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.07–Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped231.
Ilmiy rahbar: Sharipova Dilara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Bosh ilmiy metodik markazi, DSc.30.05.2018.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar: Quronov Muhammadjon,pedagogika fanlari doktori, professor;Qaxxarova Matlyuba Manofovna,falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: malaka oshirish jarayonida umumta’lim maktab rahbarlarining mafkuraviy kompetentliligini rivojlantiruvchi mexanizmlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malaka oshirish jarayonida umumta’lim maktab rahbarlarining mafkuraviy kompetentliligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
umumta’lim maktab rahbarlari «mafkuraviy kompetentliligi»ning mazmuni milliy g‘oya va ma’naviyatimizni pedagog xodimlar va ta’lim oluvchilarda shakllantira olish xususiyatini ifodalovchi tushuncha sifatida boyitilgan;
umumta’lim maktab rahbarlari mafkuraviy kompetentliligini rivojlantirishga mo‘ljallangan auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar («Yangi davr rahbari» («Sovremenniy rukovoditel`») tanlovi) malaka oshirish ta’limining sensual (hissiy) funksiyasiga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
umumta’lim maktab rahbarlarining mafkuraviy kompetentliligini baholash mexanizmi ularning kursgacha bo‘lgan faoliyatiga doir elektron resurs(portfolio)ni kiritish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktab rahbarlarida menejerlik ko‘nikmalarini shakllantirish kursining o‘quv dasturlari mazmuni mafkuraviy kompetentlilikni rivojlantirishga doir mualliflik mavzusi asosida boyitilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Malaka oshirish jarayonida umumta’lim maktab rahbarlarining mafkuraviy kompetentliligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
umumta’lim maktab rahbarlari «mafkuraviy kompetentliligi» tushunchasining mazmuni hamda uni rivojlantirishning nazariy va metodik asoslariga doir nazariy tavsiyalardan malaka oshirish kursi o‘quv dasturlari mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 22 oktyabrdagi 02-02/4-4976-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab rahbarlarining mafkuraviy kompetentliligining minimal mazmuni belgilanib, malaka oshirish kursi o‘quv dasturlari mazmunan boyitilgan;
malaka oshirish jarayonida maktab rahbarlarining mafkuraviy kompetentliligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarni takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflardan «Yangi davr rahbari» («Sovremenniy rukovoditel`») tanlovning tashkil etish tartibini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 22 oktyabrdagi 02-02/4-4976-son ma’lumotnomasi). Bu takliflarning joriy etilishi malaka oshirish jarayonida maktab rahbarlari mafkuraviy kompetentliligini rivojlantirishda auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar muvozanatini ta’minlash imkonini bergan;
mafkuraviy kompetentlilikni baholash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar asosida malaka oshirish jarayoniga maktab rahbarlarining kursigacha bo‘lgan faoliyatini baholashga doir elektron resurs (portifolio) joriy etilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 22 oktyabrdagi 02-02/4-4976-son ma’lumotnomasi). Natijada malaka oshirish ta’limida umumta’lim maktab rahbarlarining kursgacha bo‘lgan faoliyatini aniqlash va baholash imkoni vujudga kelgan.