Nimatov Ibragim Xudayarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda turizm va mehmondo‘stlik sohasini rivojlantirishda turistik-motivlashtirish resurslaridan foydalanish usullarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2380.
Ilmiy rahbar: Turdibekov Xasan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ochilova Xilola Farmonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarda turizm va mehmondo‘stlik sohasini rivojlantirishda turistik-motivlashtirish resurslaridan foydalanish usullarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida oliy ta’lim tashkilotlariga, jumladan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga biriktirilgan Tayloq, Urgut va Samarqand tumanlarining turistlik salohiyatini oshirish asosida MDH mamlakatlarining yetakchi nashrlari, telekanallari, mashhur blogerlari uchun mamlakat bo‘ylab press-turlar tashkil etish va shu orqali Samarqand viloyatiga 500 ming turistni jalb etishda turistik-motivlashtirish resurslaridan foydalanish usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar asoslangan;
mamlakatning turizm salohiyatini yanada oshirish yo‘nalishida uni targ‘ib qilish va turistlar oqimini yanada ko‘paytirish maqsadida turistik-motivatsion resurslaridan foydalanish asosida turizm sohasi sub’ektlari (turoperatorlar va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari)ning mamlakatimizning milliy turizm mahsulotlari va xizmatlarini xalqaro nufuzli turistik va marketing platformalarida reklama qilish xarajatlarini qoplab berish tartibini joriy qilish bo‘yicha takliflar asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalariga mablag‘ ajratish asosida Yaponiya, Koreya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Malayziya, Rossiya va Qozog‘istondagi elchilar tomonidan har oyda bir marta 20 ta eng nufuzli turoperatorlarni yig‘ib, O‘zbekistonning turizm salohiyatini ko‘rsatib berish, ular bilan birga turistik-motivatsion resurslaridan foydalangan holda yangi turpaketlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududlarning turistlik salohiyati, turistik-motivatsion resurslar va turizmni samarali rivojlantirish ko‘rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblari asosida 2028 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududlarda turizm va mehmondo‘stlik sohasini rivojlantirishda turistik-motivlashtirish resurslaridan foydalanish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida oliy ta’lim tashkilotlariga, jumladan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga biriktirilgan Tayloq, Urgut va Samarqand tumanlarining turistlik salohiyatini oshirish asosida MDH mamlakatlarining yetakchi nashrlari, telekanallari, mashhur blogerlari uchun mamlakat bo‘ylab press-turlar tashkil etish va shu orqali Samarqand viloyatiga 500 ming turist olib kelishda turistik-motivlashtirish resurslaridan foydalanish usullarini takomillashtirish bo‘yicha asoslangan takliflar 2023 yil 26-apreldagi PQ-135-son “2023 yilda turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha” “Yo‘l xaritasi” rejasiga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 03-12-17-7256-sonli dalolatnomasi). Taklifning amalga oshirilishi natijasida Samarqand viloyati ekoturizm ob’ektlariga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini 500 ming nafarga ortishiga imkon yaratilgan;
mamlakatning turizm salohiyatini yanada oshirish yo‘nalishida uni targ‘ib qilish va turistlar oqimini yanada ko‘paytirish maqsadida turistik-motivatsion resurslaridan foydalanish asosida turizm sohasi sub’ektlari (turoperatorlar va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari)ning mamlakatimizning milliy turizm mahsulotlari va xizmatlarini xalqaro nufuzli turistik va marketing platformalarida reklama qilish xarajatlarini qoplab berish tartibini joriy qilish bo‘yicha asoclangan takliflar 2023 yil 26-apreldagi PQ-135-son “2023 yilda turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha” «Yo‘l xaritasi» rejasiga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 03-12-17-7256-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida hududda turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini ikki baravarga oshirish imkoniyatlari dalillangan;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalariga mablag‘ ajratish asosida Yaponiya, Koreya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Malayziya, Rossiya va Qozog‘istondagi elchilar tomonidan har oyda bir marta 20 ta eng nufuzli turoperatorlarni yig‘ib, O‘zbekistonning turizm salohiyatini ko‘rsatib berish, ular bilan birga turistik-motivatsion resurslaridan foydalangan holda yangi turpaketlarni ishlab chiqish bo‘yicha asoslangan takliflar 2023 yil 26-apreldagi PQ-135-son “2023 yilda turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha” “Yo‘l xaritasi” rejasiga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 03-12-17-7256-sonli dalolatnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish asosida turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish imkoniyatlari asosida turistlar sonining 500 ming nafarga o‘sishi dalillangan;
hududlarning turistlik salohiyati, turistik-motivatsion resurslar va turizmni samarali rivojlantirish ko‘rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblari asosida 2028 yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli ishlab chiqilgan prognoz parametralarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilingan “2024-2027 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalarig”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 03-12-17-7256-sonli dalolatnomasi). Natijada, 2028 yilda Samarqand viloyatiga tshrif buyuradigan ichki turistlar sonining 2,2 baravarga oshishi dalillangan.