Xalliev Jasurbek Iskandarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Ogahiy tarixiy asarlarida ma’rifiy-falsafiy leksika”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1940.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: O‘razboev Abdulla Durdibaevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov G‘ulomjon Mirzaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Sharipov Fazliddin Galievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Ogahiy tarixiy asarlaridagi ma’rifiy-falsafiy leksika” mavzuiy-semantik guruhlarini aniqlash, ularning qo‘llanish sabab va omillarini baholash, genealogik tadqiqini amalga oshirish hamda lingvopoetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ogahiy tarixiy asarlaridagi ma’rifiy-falsafiy leksikaning mavzuiy-semantik guruhlari belgilangan, mumtoz matnda ma’rifiy-falsafiy leksika tushunchasi va uning Ogahiy tarixiy asarlarida qo‘llanishining o‘ziga xosliklari aniqlanib, bunda xalq ma’rifiy dunyoqarashi bilan bog‘liq ma’rifiy-falsafiy leksika, tasavvufiy-ma’rifiy istilohlar, fiqhiy va ilmiy istilohlar ajratilgan;
Ogahiy tarixiy asarlaridagi ma’rifiy-falsafiy leksika tarixiy-etimologik tahlili turkiy tillarga mansub, eroniy tillarga oid, arab tiliga oid ma’rifiy-falsafiy leksikaga bo‘linishi isbotlangan;
Ogahiy tarixiy asarlarida ma’rifiy-falsafiy leksika lingvopoetikasi shakldosh ma’rifiy-falsafiy leksika, ma’nodosh, zid ma’noli ma’rifiy-falsafiy leksika lingvopoetikasi tarzida baholanishi asosli ekanligi isbotlangan;
Ogahiy tarixiy asarlaridagi ma’rifiy-falsafiy leksika o‘z ko‘lamining kengligi sababli eski o‘zbek tilidagi shu guruhga mansub asosiy birliklarni qamrab olgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Ogahiy tarixiy asarlaridagi ma’rifiy-falsafiy leksikani o‘rganish asosida:
Ogahiy tarixiy asarlaridagi ma’rifiy-falsafiy leksikaning mavzuiy-semantik guruhlari belgilash Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bajarilgan “Evropa fondlarida saqlanayotgan, O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan turkiy qo‘lyozmalarning ma’lumotlar bazasini va “Evroturcologica.uz” elektron platformasini yaratish” nomli loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 2022-yil 26-avgustdagi IZ-2020102832-2022/8-son ma’lumotnomasi). Natijada qadimiy qo‘lyozmalar haqidagi tavsiflar mazmuni yanada boyigan, kitobxonlarga raqamli kutubxonadan foydalanishda qulaylik yaratilgan;
mumtoz matnda ma’rifiy-falsafiy leksika tushunchasi va uning Ogahiy tarixiy asarlarida qo‘llanishining o‘ziga xosliklarini aniqlanib, bunda xalq ma’rifiy dunyoqarashi bilan bog‘liq ma’rifiy-falsafiy leksika, tasavvufiy-ma’rifiy istilohlar, fiqhiy va ilmiy istilohlarga ajratilishi haqidagi xulosalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-martdagi “Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi 238-son qarorining 3b-bandi ijrosi sifatida 2019-yilda nashr qilingan Ogahiy asarlar to‘plamining 2- va 3-jildlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022-yil 20-maydagi 01-03/693-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur jildlardan o‘rin olgan tarixiy asarlarning oldingi nashrlarida kuzatilgan xatoliklar bartaraf etilgan, ayrim so‘zlar ma’no va izohlariga oydinlik kiritilib, nashr sifati oshishiga erishilgan;
Ogahiy tarixiy asarlaridagi ma’rifiy-falsafiy istilohlar tarixiy-etimologik tahlili turkiy tillarga mansub, eroniy tillarga oid, arab tiliga oid ma’rifiy-falsafiy leksikaga bo‘linishi haqidagi xulosalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-martdagi “Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi 238-son qarorining 3b-bandi ijrosi sifatida 2020-yilda nashr qilingan Ogahiy asarlar to‘plamining 6- va 9-jildlarini nashr kilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022-yil 20-maydagi 01-03/694-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur jildlardan o‘rin olgan “Gulshani davlat” tarixiy asari, “Guliston” (Sa’diyning shu nomli asari tarjimasi), “Haft paykar” (Nizomiyning shu nomli asari nasriy tarjimasi) asarlari nashr saviyasi ortib, “Gulshani davlat”ning birinchi marta to‘liq tabdil qilinishi hamda qayd etilgan ikkita tarjima asarning ilgarigi nashrlarining kamchiliklari tuzatilishiga erishilgan.