Usenova Venera Jengisbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ingliz va qoraqalpoq tillarida odam xususiyatlarini gavdalantiruvchi mifologik konsept birliklarining lingvomadaniy tahlili», 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4713.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kdırbaeva Gulzira Kurbanbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Abidova Roxatoy Xudayberganovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillarida odam xususiyatlarini gavdalantiruvchi mifologik konsept birliklarini lingvomadaniy jihatdan ochib berishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ertaklardagi mifologik konsept birliklarining semantikasi va tuzilishidagi transformatsiya mifologiya tilining evolyusiyasida madaniy kontekst va vaqt o‘zgarishlari bilan arxetipik obrazlar, tuzilmalar nazdida boyitilip ijtimoiy-madaniy jihatdan ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;
ertak diskursidagi til birliklari o‘rganilayotgan madaniyat me’yorlari va stereotiplariga, etnik guruh tarixi, dunyoqarashi, turmish-tarziga mos kelishi aniqlanib, mifologik diskursda insonni gavdalantiruvchi leksik birliklarning ijtimoiy ongni aks ettirishi asoslab berilgan;
mifologik konsept birliklarining tarjimasida ertaklarning bir madaniyatdan ikkinchi madaniyatga o‘tishga moslashishi aniqlanib, ertaklarda madaniyatlararo leksik-semantik moslashuvi, madaniy kontekstdagi xususiyati va til birliklarining semantik o‘zgarishi isbotlangan;
 mifologik qahramonlarning ertak diskursidagi ta’rifi etnik guruh ijtimoiy ongiga oid metafora (tabiat, yo‘l, kurash) va ramziy (sehrli narsalar, g‘ayri-tabiyiy jonzodlar) xususiyatlar, ularning arxitipik vazifalari bilan bog‘liqligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq olam milliy lisoniy manzarasida mifologik konsept birliklarining ertak matnlarida insonni gavdalantirish xususiyatlariga bog‘liq holda ishlab chiqilgan funksional va amaliy takliflar asosida:
ertaklardagi mifologik konsept birliklarining semantikasi va tuzilishidagi transformatsiya mifologiya tilining evolyusiyasida madaniy kontekst va vaqt o‘zgarishlari bilan arxetipik obrazlar, tuzilmalar nazdida boyitilip ijtimoiy-madaniy jihatdan ta’siri haqidagi xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan (2017-2020) FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq folklorshunoslik va adabiyotshunoslik tarixi tadqiqoti» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 1-maydagi  117/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, ertaklardagi mifologik konsept birliklarining semantikasi va tuzilishi haqidagi ma’lumotlar nazariy va amaliy darslarni, maxsus seminarlarni tashkil etishda xizmat qilgan;
ertak diskursidagi til birliklari o‘rganilayotgan madaniyat me’yorlari va stereotiplariga, etnik guruh tarixi, dunyoqarashi, turmish-tarziga mos kelishi aniqlanib, mifologik diskursda insonni gavdalantiruvchi leksik birliklarning ijtimoiy ongni aks ettirishi haqidagi ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan IV «Kitobxonlar haftaligi» dasturi doirasida tashkillashtirilgan «Iqtidorli yoshlar – millat g‘ururi, mamlakat tayanchi» deb nomlangan uchrashuvda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot  va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining  2024-yil   29- apreldagi 12-01-04-09/109-son ma’lumotnomasi). Natijada, «odam» konseptining  gavdalanishida madaniyat me’yorlari va stereotiplar ijtimoiy ong bilan bog‘ilqligi yoshlar ongiga singdirilgan;
mifologik konsept birliklarining tarjimasida ertaklarning bir madaniyatdan ikkinchi madaniyatga o‘tishga moslashishi aniqlanib, ertaklarda madaniyatlararo leksik-semantik moslashuvi, madaniy kontekstdagi xususiyati va til birliklarining semantik o‘zgarishi haqidagi xulosalar I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi kolleksiyasidagi «Qoraqalpoq xalq ertaklari» ko‘rgazmasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil  2-apreldagi 01/7-137-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekspozisiya ta’riflari va ekskursiya ssenariylaridagi madaniy kontekst xususiyatlari madaniyatlararo leksik-semantik moslashish hodisasi yordamida qayta shakllantirilgan;
mifologik qahramonlarning ertak diskursidagi ta’rifi etnik guruh ijtimoiy ongiga oid metafora (tabiat, yo‘l, kurash) va ramziy (sehrli narsalar, g‘ayri-tabiyiy jonzodlar) xususiyatlar, ularning arxitipik vazifalari bilan bog‘liqligi haqidagi natijalar Qoraqalpog‘iston telekanali «Yangiliklar» informatsion dasturi va «Qoraqalpog‘iston» radiokanalining «Yoshlar vaqti» eshittirishida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2024-yil 5-apreldagi 05-22/184-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu eshittirishlar orqali alohida, asosan, yoshlarga, talabalarga, olimlar, ingliz va qoraqalpoq til bilimiga qiziquvchan keng jamoatchilikka tanishtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish