Kalimbetov Xaliknazar Kurbanbaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘shimcha tarmoqlarni rivojlantirish asosida fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish», 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt16.

Ilmiy rahbar: Xushmatov Norqul Sadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Toshkent Davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.I.10.03.

Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonkul Tursunkulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Askarov Nazimjon Niyozovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadiqo‘shimcha tarmoqlarni rivojlantirish asosida fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qo‘shimcha tarmoqlar tashkil qilgan fermer xo‘jaliklari faoliyatini istiqbolli rivojlantirish yo‘llarini belgilashda ishlab chiqarishga ekologik samarali biotexnologiyalar, axborot kommunikatsion texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni joriy etishni hisobga olgan holda baholash tizimi tavsiya etilgan;

fermer xo‘jaliklarida qo‘shimcha tarmoqlarni tashkil qilishda davlat xususiy sherikchiligi tamoyillariga asoslanuvchi jamiyat va xususiy kapital manfaatlari uyg‘unligini ko‘zda tutuvchi talablar asoslangan;

fermer xo‘jaliklarida qo‘shimcha tarmoqlarni tashkil qilishda hududiy ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik xususiyatlarning ta’sir etish darajasi asosida baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan;

qo‘shimcha tarmoqlar faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fermer xo‘jaliklariga kredit, lizing kabi iqtisodiy dastaklar orqali rag‘batlantirish mexanizmini qo‘llashni ko‘zda tutuvchi   davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari tavsiya etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qo‘shimcha tarmoqlarni rivojlantirish asosida fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:

fermer xo‘jaliklarini indikatorlar tizimi asosida baholash hamda jamiyat va tadbirkorlar manfaatlarini hisobga olgan holda qo‘shimcha tarmoqlar faoliyatini tashkil qilishda rioya qilinishi lozim bo‘lgan talablar bo‘yicha tavsiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 4 apreldagi 013/013-630-son ma’lumotnomasi) tomonidan amaliyotga joriy qilingan. Bu eng samarali ishlaydigan fermer xo‘jaliklarini tanlash jarayonidagi mehnat sarfini 30 foizgacha qisqartirish, yaratilgan qo‘shimcha tarmoqlarda mehnat unumdorligini 10-12 foizgacha oshirish imkonini yaratgan;

fermer xo‘jaliklarida qo‘shimcha tarmoqlarning tarkibi ilmiy asoslangani holda fermer xo‘jaliklarida qo‘shimcha tarmoklarni tashkil etish va rivojlantirishning hududiy xususiyatlari bo‘yicha tayyorlangan ilmiy tavsiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 4 apreldagi 013/013-630-son ma’lumotnomasi) tomonidan amaliyotga joriy qilingan. Mazkur taklifni joriy etish fermer xo‘jaliklarida tashkil qilingan qo‘shimcha tarmoqlarda ishlab chiqarishning rentabellik darajasini 20-25 foizgacha etishiga xizmat qilgan.

qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari doirasida fermer xo‘jaliklarida qo‘shimcha tarmoqlarning turlarini tanlash bo‘yicha ilmiy takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 4 apreldagi 013/013-630-son ma’lumotnomasi) tomonidan amaliyotga joriy qilingan. Bu qo‘shimcha tarmoqlarni tashkil qilgan fermer xo‘jaliklari tomonidan etishtirilgan mahsulotlarning bozor talabiga javob berishi darajasini oshirish imkonini yaratgan.

fermer xo‘jaliklarida qo‘shimcha tarmoqlarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 4 apreldagi 013/013-630-son ma’lumotnomasi) tomonidan amaliyotga joriy qilingan. Mazkur takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida faoliyat yuritayotgan va yangidan tashkil qilinayotgan fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish