Aliev Yashnarjon Egamberdievichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, agroresurslar va agroxizmatlar bozorlarini rivojlantirishning ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Iqt12.

Ilmiy maslahatchi: Xushmatov Norqul Sadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.I.10.03.

Rasmiy opponentlar: Murtazaev Olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatkulov Abdurashid Vaxidovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Umarov Suxrob Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot:  Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotningmaqsadi: bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, agroresurslar va agroxizmatlar bozorlarini rivojlantirishning ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, agroresurslar va agroxizmatlar bozorlari uzviy rivojlanishini ta’minlash mezoni tavsiya etilgan hamda mezonga asoslangan holda agrar bozorni uzviy bog‘liq holda  rivojlantirish bo‘yicha uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan;

qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan  agrar bozor doirasida baholar o‘sishi nisbatlari buzilishi hisobidan ko‘riladigan zarar miqdorini aniqlash uslubi tavsiya etilgan;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, agroresurslar va agroxizmatlar bozorlarini kredit, sug‘urta, bojxona va boshqa iqtisodiy dastaklar orqali rag‘batlantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan;

agroservis tizimi sub’ektlari uchun soliq stavkasini hududlar tabiiy-iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda tabaqali hisoblash usullari tavsiya etilgan;

davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va agroresurslar baholari monitoringini yuritish asosida tarmoqlararo baho o‘sishi paritetini ta’minlash yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, agroresurslar va agroxizmatlar bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan  ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, agroresurslar va agroxizmatlar bozorlari uzviy rivojlanishini ta’minlash mezoni tavsiya etilgan hamda mezonga asoslangan holda agrar bozorni uzviy bog‘liq holda  rivojlantirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 apreldagi 03/16-1-son ma’lumotnomasi). Tanlangan mezonlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, agroresurslar va agroxizmatlar bozorlarining rivojlanishini ta’minlash asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi rentabelligi darajasini 10-15 foizga oshirish  imkonini yaratgan;

qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan  agrar bozor doirasida baholar o‘sishi nisbatlari buzilishi hisobidan ko‘riladigan zarar miqdorini aniqlash uslubiga doir tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tegishli korxona va tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 apreldagi  03/16-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni amaliyotga joriy etish fermer va dehqon xo‘jaliklarining resurslar bilan ta’minlanish darajasini 10-15 foizgacha hamda mahsulot etishtirish rentabelligini 20 foizgacha oshirish imkonini bergan;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, agroresurslar va agroxizmatlar bozorlarini kredit, sug‘urta, bojxona va boshqa iqtisodiy dastaklar orqali kompleks rivojlanishini ta’minlash yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 apreldagi  №03/16-1-son ma’lumotnomasi). Bu orqali agrar sohani kompleks rivojlantirish tadbirlarining qishloq xo‘jaligi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi natijasida har bir tarmoqning rivojlanishini ta’minlashga xizmat qilishi ilmiy asoslab berilgan;

agroservis tizimi sub’ektlari uchun soliq stavkasini hududlar tabiiy-iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda tabaqali hisoblash usullari orqali davlat tomonidan rag‘batlantirish dastaklari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 apreldagi 03/16-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni amaliyotga joriy etish nisbatan yomon sharoitlarda joylashgan mahsulot ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy ahvolini yaxshilashi tufayli etishtirilayotgan mahsulot birligi hisobiga ortiqcha sarflarni 15 foizgacha kamaytirish imkoniyatini yaratgan;

davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va agroresurslar baholari monitoringini yuritish asosida tarmoqlararo baho o‘sishi paritetini ta’minlash yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi agrar sohasini ilmiy ta’minoti va agrar ilm fanini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 apreldagi 03/16-1-son ma’lumotnomasi).  Bu tavsiyalar qishloq xo‘jaligi ilm-fanini istiqbolda rivojlantirishdagi muhim talablaridan biri sifatida shakllantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish