Mamatqulov Azizbek Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akademik Azim Hojievning ilmiy merosi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3055.
Ilmiy rahbar: Sharipov Fazliddin Galievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02.
Rasmiy opponentlar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mahmudov Raufjon Bahodirovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik Azim Hojiev ilmiy merosi, uning morfemika, so‘z yasalishi, morfologiya, terminologiya, leksikografiyaga oida ilmiy ishlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilida morfema borasidagi ilmiy qarashlar Azim Hojievning ilmiy fikrlari bilan qiyoslangan holda olimning morfemaning mohiyati masalasidagi fikrlari ilmiy asosga ega ekanligini, “yetakchi” va “ko‘makchi” morfema terminlarining ishlatilishi tilning mohiyatiga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligi isbotlangan;
olimning tilshunoslik terminlarining to‘g‘ri qo‘llanilishi borasidagi til qonuniyatlariga mos kelishi, mohiyatini aks ettira olishi yoki noo‘rin qo‘llanishiga doir ilmiy mulohazalari asosida o‘zbek tilshunoligida murakkab chalkashliklarning oldi olinganligi va termin tanlash me’zonlarining asosini ishlab chiqqanligi dalillangan;
Azim Hojievning imlo masalasidagi ilmiy qarashlarini davriylik nuqtayi nazaridan o‘rganish, bu boradagi tahliliy ma’lumotlarni istiqlol hamda istiqloldan oldingi merosini tadqiqi asosida olimning imlo borasidagi qarashlarining o‘zbek tilshunosligidagi ahamiyati ochib berilgan;
Azim Hojievning ilmiy asrlaridagi o‘zbek tili so‘z yasalishi masalalarida so‘z yasash, so‘z yasash usuli, yasama so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi asosi, so‘z yasovchi, so‘z yasalish ma’nosi, so‘z yasalishi tipi, mahsulli va mahsulsizlik, so‘z yasalish imkoniyati kabi masalalar chuqur  tahlil etilgan holda kompozision so‘z yasash usulining to‘la usul sifatida tizimlashmaganligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilshunosi Azim Hojievning ilmiy merosi mavzusini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek tilida morfema borasidagi ilmiy qarashlar Azim Hojievning ilmiy fikrlari bilan qiyoslangan holda olimning morfemaning mohiyati masalasidagi fikrlari ilmiy asosga ega ekanligini, “yetakchi” va “ko‘makchi” morfema terminlarining ishlatilishi tilning mohiyatiga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida tomonidan olib borilgan FA-FI-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (Fuksional`noe slovoobrazovanie v sovremennom karakalpaskom yazike) nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 18-iyuldagi 387/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari morfema, so‘z yasalishi, so‘z yasalishi qolipi, yasama so‘z va yasalgan so‘z, leksikografik talqinlar kabi tilshunoslik uchun ham muhim bo‘lgan yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyigan;
Azim Hojievning o‘zbek tili so‘z yasalishi masalalarida so‘z yasash, so‘z yasash usuli, yasama so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi asosi, so‘z yasovchi, so‘z yasalish ma’nosi, so‘z yasalishi tipi, mahsulli va mahsulsizlik, so‘z yasalish imkoniyati kabi masalalar chuqur  tahlil etilgan holda kompozision so‘z yasash usulining to‘la usul sifatida tizimlashmaganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida tomonidan olib borilgan FA-FI-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (Fuksional`noe slovoobrazovanie v sovremennom karakalpaskom yazike) nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 18-iyuldagi 387/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari tilshunoslik faning asosiy sathi bo‘lmish grammatika, ya’ni morfologiya uchun ham muhim bo‘lgan yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyigan;
Azim Hojievning imlo masalasidagi ilmiy qarashlarini davriylik nuqtayi nazaridan o‘rganish, bu boradagi tahliliy ma’lumotlarni istiqlol hamda istiqloldan oldingi merosini tadqiqi asosida olimning imlo borasidagi qarashlarining o‘zbek tilshunosligidagi ahamiyatiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2024-yilda efirga uzatilgan “Taqdimot” va “Mavzu” ko‘rsatuvlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2024-yil 15-iyundagi 02-06-841-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallar ilmiy faktik jihatlari bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish