Nishonov Fayzullo Xolmirzaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gidravlik zarbaning gidroinshootlar va ishlab chiqarish komplekslari turg‘unligiga ta’sirini baholash usullarini takomillashtirish», 01.02.05–Suyuqlik va gaz mexanikasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T848.

Ilmiy rahbar: Xudaykulov Savet Ishankulovich, texnika fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilishi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.28.02.2018.T/FM.61.01.

Rasmiy opponentlar: Navruzov Kurolboy, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Maxmudov Ernazar Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ishlab chiqarish komplekslaridagi suv uzatgichlarda va suv havzalaridagi gidravlik zarba jarayonini hisoblash usullarini ishlab chiqish va zarba kuchi va kuch impul`slarini baholashni ko‘p fazali suyuqliklar usuli orqali takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ishlab chiqarish komplekslari va gidrotexnik inshootlar suv chiqarish quvurlaridagi gidravlik zarba muammolari ko‘p fazali o‘zaro kirishuvchan va ta’sirlanuvchan suyuqliklar modeli orqali echilgan;

ishlab chiqarish komplekslari va gidrotexnik inshootlar suv chiqarish quvurlaridagi gidravlik zarba kuchining ta’sirini kamaytirish masalasining matematik modeli ishlab chiqilgan;

suv tashlash va suv o‘tkazuvchi quvurlardagi gidravlik zarbaga olib keluvchi nogidravlik jarayonlarni hisoblash usullari ko‘p fazali o‘zaro kirishuvchan va ta’sirlanuvchan suyuqliklar modeli orqali takomillashtirilgan;

quvurlardagi suyuqliklar aralashmasi gidravlik zarbasi ta’sirining matematik modeli va dasturi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ishlab chiqarish komplekslari va gidrotexnik inshootlar suv chiqarish quvurlaridagi gidravlik zarba kuchini hisoblash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

suv omborlaridagi yuqori bosim ta’sirida turli konstruksiyali suv chiqarish quvurlarida ro‘y berayotgan gidravlik zarbani hisoblashning takomillashtirilgan usuli Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan, «O‘zsuvta’mirfoydalanish» respublika boshqarmasiga qarashli Rezaksoy suv omborida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 fevraldagi 02/27-122-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida gidravlik zarba jarayoni 17-18%ga qisqartirish, yillik ta’mirlash ishlariga sarflanayotgan xarajat mavjud texnologiyaga nisbatan 14-15%ga kamaytirish imkonini bergan;

Pachkamar va Rezaksoy suv omborlari suv chiqarish kuvurlarida gidravlik zarbaning paydo bo‘lishi kavitatsiya, oqim pul`satsiyasi quvuridagi mahalliy qarshiliklar orqali yuzaga keluvchi katta bosimlar o‘zgarishini gidravlik hisoblash usuli Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi «Suv omborlaridan foydalanish» boshqarmasiga qarashli Pachkamar suv omboriga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 fevraldagi 02/27-122-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p fazali suyuqlikdagi fazalarning o‘zaro ta’sir kuchi va o‘zaro kirishuvchanlik gidravlik zarba kuchini 10-12%ga kamaytirish imkonini bergan;

suv omborlarining suv chiqarish quvurlaridagi gidravlik zarba, kavitatsiya va oqim pul`satsiyasi natijasida ro‘y beradigan deformatsiyalarni kamaytirish usuli Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi «O‘ZSUVLOYIHA» AJning loyihalash ishlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 fevraldagi 02/27-122-son ma’lumotnomasi). Loyihalash ishlari natijasida suv chiqarish quvurlarini deformatsion jarayonlarni kamaytirish, suv omborlarini foydalanish samaradorligining 12%ga oshirish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish