Sharofov Sherzod Shirinboy og‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): «Ingliz tilini o‘qitishda kooperatsiya tamoyilidan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6666.
Ilmiy rahbar: Rasulov Zubaydullo Izomovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Begibaeva Nilufar Djuraxonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Izbullaeva Gulchehra Valerevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘qitishda kooperatsiya tamoyilidan foydalanishning ilmiy-metodik tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tili fanini o‘qitish jarayonida kooperatsiya tamoyilini qo‘llash shart-sharoitlari, pragmatik yondashuv va pragmalingvistikaning ahamiyati, muloqot kooperatsiyasining lingvistik maqsadini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan metodik ta’minot pragmatik bilimlar ochiq ifodalangan ko‘rsatmalar bilan o‘qitish shakllarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish va o‘rganishda kooperatsiya va an’anaviylik tamoyilidan foydalanishning kollaborativ ta’lim shakllari, bosqichlari, zamonaviy metod va vositalari kabi didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirish orqali talabalarning kollaborativ va kommunikativ  kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitishda kooperatsiya tamoyillaridan foydalanishda kommunikativ bilim va ko‘nikmalarning faollashuvi, shaxslararo va madaniyatlararo yo‘naltirilganlik pedagogik shart-sharoitlari samaradorligini shakllantirishda kommunikatsiya, kollaboratsiya, kreativlik va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga asoslangan mashqlar tizimi takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda kooperatsiya tamoyillaridan foydalanish texnologiyalari (loyihalash, hamkorlikda o‘qitish, muammoli), nutq muloqoti autentik-muammoli xarakterdagi vaziyatlar CEFR talablarini  inobatga  olgan  holda  va  pragmatik  kompetensiyaning  nazariyasiga tayanib, tilshunoslikning integral baholash mezonlarini kiritish asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘qitishda kooperatsiya tamoyilidan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
ingliz tili fanini o‘qitish jarayonida kooperatsiya tamoyilini qo‘llash shart-sharoitlari, pragmatik yondashuv va pragmalingvistikaning ahamiyati, muloqot kooperatsiyasining lingvistik maqsadini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan metodik ta’minot pragmatik bilimlar ochiq ifodalangan ko‘rsatmalar bilan o‘qitish shakllarini kiritish orqali takomillashtirilganligiga oid nazariy xulosalardan Buxoro davlat universitetida 2020-2022 yillarda amalga oshirilgan P3-202005236 raqamli “Oila psixologiyasi fanidan multimedia mahsulotini yaratish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 21-sentyabrdagi 01-04/5540-son ma’lumotnomasi). Natijada pragmatik yondashuv va pragmalingvistika mazmunidagi nostandart topshiriqlar tizimi asosida hamkorlikning tamoyillari ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish va o‘rganishda kooperatsiya va an’anaviylik tamoyilidan foydalanishning kollaborativ ta’lim shakllari, bosqichlari, zamonaviy metod va vositalari kabi didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirish orqali talabalarning kollaborativ va kommunikativ  kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilganligiga  doir xulosa va natijalardan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-sonli buyrug‘iga asosan berilgan №418-113 raqamli nashr guvohnomasi asosida 5111400 – Xorijiy va adabiyoti (ingliz tili), 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (roman-german filologiyasi), 5120200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “O‘rganilayongan til nazariy amaliyoti” nomli o‘quv qo‘llanma “Pragmatic Aspecs of Pedagogy” electron darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-apreldagi 4/17-4/4-4709-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatini rivojlantirishning o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitishda kooperatsiya tamoyillaridan foydalanishning kommunikativ bilim va ko‘nikmalarning faollashuvi, shaxslararo va madaniyatlararo yo‘naltirilganlik pedagogik shart-sharoitlari samaradorligini shakllantirishda kommunikatsiya, kollaboratsiya, kreativlik va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga asoslangan mashqlar tizimi takomillashtirilganligi  borasida amaliy tavsiyalar bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Intervyu plyus”, “Assalom, Buxoro”, “Ingliz tilini o‘rganamiz” teleko‘rsatuvlari senariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 19-martdagi 01-09-107-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish va o‘rganishda kooperatsiya haqidagi ma’lumotlar teleradiokanal ko‘rsatuvlarining ilmiy- ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish