Xolboeva Gulnora Ulashovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga kompleks tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped2660.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Mirsolieva Muxabbat To‘xtasinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Teshabaeva Zamira Sobirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga kompleks tayyorlash metodikasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga kompleks tayyorlashning xavfsiz qulay muhit, o‘quv dasturlarining variativligi, ijtimoiy ijtimoiy-hissiy tayyorlik, muloqotning yangi shakllari kabi psixologik-pedagogik talablari maktabgacha yosh davridagi rivojlanish sohalari va kompetensiyalar tizimining natijaviylik darajasi produktiqligini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan;
tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga kompleks tayyorlashning tuzilmali modeli individual-differensial, ekotizim-uzviylik, kompetensiyaviy yondashuvlarga muvofiq senzitiv yosh davrigi xos bilishga qiziqishni faol rag‘batlaydigan kongruentlik va assertivlik mexanizmining ijtimoiy moslashuv bilan parametral vektorini qat’iy belgilash asosida takomillashtirilgan;
maktabga tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga kompleks tayyorlashning ijtimoiy-pedagogik, tashkiliy va didaktik shart-sharoitlari intellektual tayyorgarlikning makro, mezo, mikro darajalariga muvofiq individual rivojlanish traektoriyasi produktogenligiga erishishni kafolatlashga xizmat qiladigan pedagogik jarayonni maqsadli loyihalash asosida takomillashtirilgan;
tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga kompleks tayyorlash metodikasi inklyuziv va qo'llab-quvvatlovchi muhitni yaratishga qaratilgan universal dizayn strategiyasining hamkorlikdagi o‘zaro birgalikdagi faoliyatning barcha bosqichlarini ko‘zda tutadigan rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari bilan axborotlarni kodlash va dekodlash mantiqi bo‘yicha o‘zaro shartlanganligini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga kompleks tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga kompleks tayyorlashning xavfsiz qulay muhit, o‘quv dasturlarining variativligi, ijtimoiy ijtimoiy-hissiy tayyorlik, muloqotning yangi shakllari kabi psixologik-pedagogik talablarini maktabgacha yosh davridagi rivojlanish sohalari va kompetensiyalar tizimining natijaviylik darajasi produktiqligini qat’iy belgilash orqali aniqlash bo‘yicha takliflardan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan Davlat talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023 yil 22 iyundagi №-03-271 ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish jarayonlarining o‘quv-me’yoriy, uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan;
tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga kompleks tayyorlashning tuzilmali modelini individual-differensial, ekotizim-uzviylik, kompetensiyaviy yondashuvlarga muvofiq senzitiv yosh davrigi xos bilishga qiziqishni faol rag‘batlaydigan kongruentlik va assertivlik mexanizmining ijtimoiy moslashuv bilan parametral vektorini qat’iy belgilash asosida takomillashtirishga oid takliflardan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan Davlat talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023 yil 22 iyundagi №-03-271 ma’lumotnomasi). Natijada maktabga tayyorlov guruhi bolalarining maktab ta’limiga kompleks tayyorgarligini shakllantirishning tuzilmaviy modeli innovatsion yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
maktabga tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga kompleks tayyorlashning ijtimoiy-pedagogik, tashkiliy va didaktik shart-sharoitlarini intellektual tayyorgarlikning makro, mezo, mikro darajalariga muvofiq individual rivojlanish traektoriyasi produktogenligiga erishishni kafolatlashga xizmat qiladigan pedagogik jarayonni maqsadli loyihalash asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17 iyuldagi 314-son buyrug‘i asosida berilgan 421-6691-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada tayorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga kompleks tayyorlashga xizmat qiluvchi o‘quv-metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga kompleks tayyorlash metodikasini inklyuziv va qo'llab-quvvatlovchi muhitni yaratishga qaratilgan universal dizayn strategiyasining hamkorlikdagi o‘zaro birgalikdagi faoliyatning barcha bosqichlarini ko‘zda tutadigan rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari bilan axborotlarni kodlash va dekodlash mantiqi bo‘yicha o‘zaro shartlanganligini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirishga xizmat qiluvchi mualliflik-interaktiv metodik ta’minoti ishlab chiqilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023 yil 22 iyundagi №-03-271 ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabga tayyorlov guruhlari ta’lim-tarbiya jarayonlarining o‘quv-metodik ta’minoti takomillashtirilgan.