Xayrullaeva Sanam Sagdullaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gormonga bog‘liq bronxial astmada gastroduodenal zona zararlanishining klinik-patogenetik xarakteristikasi va uni korreksiya qilish yo‘llari», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib600.

Ilmiy rahbar: Liverko Irina Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar:Raximova Diloram Alimovna, tibbiyot fanlari doktori; Aralov Nematilla, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bronxial astmali bemorlarda gastroduodenal soha patologiyalari rivojlanishini profilaktikasiga yo‘naltirilgan boshqarish taktikasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

glyukokortikosteroidlarni qabul qiluvchi bemorlarda gastroduodenal soha zararlanishining o‘ziga xosligi, ular bilan ingalyasion davolashda gastroezofageal reflyuks kasalligining rivojlanishi, tizimli, tizimli xamda ingalyasion turini birgalikda qabul qilgan bemorlarda gastroduodenal sohani eroziv yarali zararlanishi yaqqol namoyon bo‘lganligi isbotlangan;

turli tartibda glyukokortikosteroidlar bilan davolangan bemorlarda gastroduodenal zona zararlanish mexanizmlari va omillarining o‘zaro munosabatining o‘ziga xosligi va kasallikni boshqarib bo‘lmaydigan kechishida va og‘ir shakllaridagi ahamiyati isbotlangan;

bronxial astmali bemorlarda Helicobacter pylori miqdorining yuqori darajasi kasallik kechishining og‘irlashtiruvchi omil ekanligi, zararlanishning kechishi va davomiyligi, davolash sifati bilan bevosita bog‘liqligi asoslangan;

bronxial astmali bemorlarda gastroduodenal soha patologiyalarining yuzaga kelishi, zo‘riqishi va rivojlanishini oldini olishga qaratilgan «kuzatuv terapiyasi»ning zaruriyati va samarasiz davolash xavf darajasiga bog‘liq holda differensial yondashuv mezonlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Gormonga bog‘liq bronxial astmada gastroduodenal soha zararlanishining klinik-patogenetik xarakteristikasi va uni korreksiya qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Bronxial astmada gastroduodenal sohaning zararlanishini tashxislash va davolashning optimallashtirish yo‘llari» nomli uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 16 maydagi 8n-r/131-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bronxial astma bilan xastalangan bemorlarda gastroduodenal zona zararlanishi hamda asosiy klinik belgilarini aniqlash, davolash taktikasining optimal variantini tanlash imkonini bergan;

gormonga bog‘liq bronxial astmada gastroduodenal soha zararlanishini klinik-patogenetik xarakteristikasi va uni korreksiya qilish yo‘llarini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi birinchi klinikasining pulmonologiya bo‘limlari klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 17 maydagi 8n-d/109-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bronxial astma bilan xastlangan bemorlarda gastroduodenal sohaning zararlanishini oldini olish, kasallikni qulay davolash tizimi shakllanganligi va ushbu tizimning samaradorlik ko‘rsatkichi 18%ga  yaxshilanganligi  va aholining mehnat qilish qobiliyatini tiklash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish