Mansurova Malohat Yunus qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy boshqaruvning ma’naviy asoslari: falsafiy tahlil”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fal1315
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Jo‘raqulov Husan Anvarovich, falsafa fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik - texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshqaruv tizimininig ma’naviy asoslarini aniqlash asosida ijtimoiy boshqaruvning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari va zamonaviy tamoyillarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“ijtimoiy boshqaruv” tushunchasiga doir ijtimoiy-nazariy, tarixiy-madaniy va metodologik konsepsiyalar asosida uning ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilish, o‘zaro aloqalarni tartibga solish va muvofiqlashtirish, mudofaa hamda yakka hokimlik, boshqarishning skalyar zanjiri kabi tarixiy va madaniy xususiyatlari hamda rahbarning ma’naviy qiyofasida vatanparvarlik (xalqqa sadoqat, Vatan manfaatlarini ustun qo‘yish), vijdon (o‘z faoliyatini tanqidiy baholash va nazorat qilish) mardlik (jasurlik, shijoatlilik), insonparvarlik (inson qadri, erkinligi, baxt-saodatini ta’minlash) kabi axloqiy sifatlari ochib berilgan;
ijtimoiy boshqaruv va ma’naviyatning o‘zaro aloqadorligi va transformatsiyasida o‘zgalarga nisbatan mehr-muhabbat, saxiylik, mas’uliyatlilik, maqsad sari intilish, mehnatsevarlik, halollik, optimizm, keng fe’llik kabi empirik tamoyillar hamda jamiyatda barqarorlik, adolat va tinchlikni ta’minlash, shaxs qadr-qimmatini hurmat qilish, qonunlar va boshqaruv amallarini insonning ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy ehtiyojlariga mos kelishiga yo‘naltiriltirish kabi ustuvor vazifalari aniqlashtirilgan;
Uchinchi Renessans poydevori sifatida ma’naviy merosdagi boshqaruv tizimining samaradorligi yagona birlashgan davlatning barpo etilishida, ijtimoiy yuksalishni ta’minladigan siyosiy islohotlarni amalga oshirganlikda, yagona idora tizimining iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaganida, madaniy meros, ma’naviy qadriyatlar va boyliklardan unumli foydalanganlikda namoyon bo‘lishi aksiologik va dialektik asosda isbotlangan;
Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy boshqaruv tizimini samarali tashkil etishda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni (sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, raqobat va hamkorlikni muvofiqlashtirish, shaffoflik va hisobdorlik prinsiplari asosida) olib borish, siyosiy jarayonlarni (adolat, tenglik, erkinlik, inson huquqlari, so‘z va siyosiy ishtirok huquqi prinsiplari asosida) tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy sohani (hamjihatlik va hurmat muhitini yaratish, ijtimoiy va madaniy xilma-xillikni ta’minlash, axloqiy qadriyatlarni himoya qilish prinsiplari asosida) rivojlantirish zarurati asoslab berilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy boshqaruvning ma’naviy asoslarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“ijtimoiy boshqaruv” tushunchasiga doir ijtimoiy-nazariy, tarixiy-madaniy va metodologik konsepsiyalar asosida uning ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilish, o‘zaro aloqalarni tartibga solish va muvofiqlashtirish, mudofaa hamda yakka hokimlik, boshqarishning skalyar zanjiri kabi tarixiy va madaniy xususiyatlari hamda rahbarning ma’naviy qiyofasida vatanparvarlik (xalqqa sadoqat, Vatan manfaatlarini ustun qo‘yish), vijdon (o‘z faoliyatini tanqidiy baholash va nazorat qilish) mardlik (jasurlik, shijoatlilik), insonparvarlik (inson qadri, erkinligi, baxt-saodatini ta’minlash) kabi axloqiy sifatlariga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida amalga oshirilgan A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” grant loyihasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 26-iyundagi 262-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy boshqaruv tizimi manbalarining xarakteri va klassfikatsiyasi hamda uni milliy tizimga jalb etish strategiyasiga doir ilmiy xulosalar targ‘ibot tadbirlarini ilmiy-amaliy ahamiyatini oshishiga, uning ilmiy-metodologik sifatini takomillashtirishda va akademik tahlillarni boyitishda muhim ilmiy dalillar sifatida xizmat qilgan;
ijtimoiy boshqaruv va ma’naviyatning o‘zaro aloqadorligi va transformatsiyasida o‘zgalarga nisbatan mehr-muhabbat, saxiylik, mas’uliyatlilik, maqsad sari intilish, mehnatsevarlik, halollik, optimizm, keng fe’llik kabi empirik tamoyillar hamda jamiyatda barqarorlik, adolat va tinchlikni ta’minlash, shaxs qadr-qimmatini hurmat qilish, qonunlar va boshqaruv amallarini insonning ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy ehtiyojlariga mos kelishiga yo‘naltiriltirish kabi ustuvor vazifalariga oid ilmiy-nazariy tahlillar, falsafiy xulosalar va taklif tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023 yillardagi faoliyatida, jumladan, 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishi “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti”ning 13-bandi “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi O‘zbekiston orzusi”ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish”da foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 20-iyundagi 272-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy boshqaruvning ma’naviy asoslarini falsafiy tahlil qilishga, yoshlarning dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik, sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan avlodni tarbiyalashga, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish va ularni bugungi kun talablari bilan uyg‘unlashtirishga va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligiga xizmat qilgan;
Uchinchi Renessans poydevori sifatida ma’naviy merosdagi boshqaruv tizimining samaradorligi yagona birlashgan davlatning barpo etilishida, ijtimoiy yuksalishni ta’minladigan siyosiy islohotlarni amalga oshirganlikda, yagona idora tizimining iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaganida, madaniy meros, ma’naviy qadriyatlar va boyliklardan unumli foydalanishga oid ilmiy-nazariy xulosalar va taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyati, jumladan “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi to‘g‘risidagi Nizom” asosida ekologik ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, ekologik bilimlarni targ‘ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 20-iyundagi 1-01-21-3172-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar o‘rtasida olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlarining mohiyati boyitilgan va sifat jihatdan zamon talablari doirasida nazariy va pragmatik ahamiyat kasb etgan, ijtimoiy boshqaruv jarayonlarida yoshlar etikasi, vatanparvarlik kabi fazilatlarni yoshlar tarbiyasini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlar sifati va mazmunini boyitishda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy boshqaruv tizimini samarali tashkil etishda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni (sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, raqobat va hamkorlikni muvofiqlashtirish, shaffoflik va hisobdorlik prinsiplari asosida) olib borish, siyosiy jarayonlarni (adolat, tenglik, erkinlik, inson huquqlari, so‘z va siyosiy ishtirok huquqi prinsiplari asosida) tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy sohani (hamjihatlik va hurmat muhitini yaratish, ijtimoiy va madaniy xilma-xillikni ta’minlash, axloqiy qadriyatlarni himoya qilish prinsiplari asosida) rivojlantirish zaruratiga doir yangiliklardan Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil mart-aprel-may oylarida efirga uzatilgan “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” dasturi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 18-iyundagi 46-son ma’lumotnomasi). Natijada, efirga uzatilgan teleko‘rsatuvlar, davra suhbatlari jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlarga barham berishda aholining faolligini kuchaytirishga, jamiyatda ijtimoiy boshqaruv asosida rahbarlarning ma’naviy qiyofasini oshirishga va dastur ssenariylarining mazmun-mohiyatini so‘nggi ilmiy yangiliklar bilan boyitishga va sifat jihatdan zamon talablari doirasida keng auditoriyani yig‘ishda nazariy va pragmatik ahamiyat kasb etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish