Xasanova Vazira Xamidjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Rus tilini o‘qitishda nofilologik ta’lim muassasalari guruhlari talabalarida nutq kompetensiyasini shakllantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped.3200.
Ilmiy rahbar: Djumanova Dilbar Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Dildora O‘rinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Saida Nurullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus tilini o‘qitishda nofilologik (texnika) oliy o‘quv yurtlari talabalarida nutq kompetensiyasini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zga tilli guruhlar talabalari o‘rtasida rus tilidagi nutq kompetensiyalari (ma’lumot almashish, o‘zaro harakatni tashkil etish) perseptiv funksiyalar (o‘zaro harakat) va metakognitiv komponentlarni (refleksiya, mustaqil ta’lim) aniqlash orqali monologik va dialogik nutqning lingvodidaktik xususiyatlari dalillangan;
istiqbolda foydalanish uchun nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalarida rus tili nutq kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha reproduktiv, produktiv, reseptiv, nazorat mashqlari va muammoli vazifalar tizimi nutq faoliyatining tarkibiy qismlarini hisobga olgan holda uslubiy yondashuvlarning (kompetensiyaga asoslangan, shaxsga yo‘naltirilgan, tizimli, kognitiv-kommunikativ, qiymat-semantik, aks ettiruvchi-baholash,) ustuvorligi asosida takomillashtirilgan;
talabalarda rus tili nutq kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha dasturiy-uslubiy va elektron qo‘llanmalar (darsliklar) didaktik ta’minoti nutqiy faoliyat komponentlarini (kognitiv, kompetentlik, shaxsiy, qiymatga yo‘naltirilgan, tizimli va refleksiv-baholovchi) birlashtirish asosida takomillashtirilgan;
amalga oshirilgan eksperimental ishlar asosida nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida rus tilida nutq kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar (Ikki qismli kundalik, ZHU sxemasi, Venn diagrammasi, klaster) samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqqot natijalarining joriy qilinishi. Rus tilini o‘qitish jarayonida nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalarining nutq kompetensiyasini shakllantirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zga tilli guruhlar talabalari o‘rtasida rus tilidagi nutq kompetensiyalari (ma’lumot almashish, o‘zaro harakatni tashkil etish) perseptiv funksiyalar (o‘zaro harakat) va metakognitiv komponentlarni (refleksiya, mustaqil ta’lim) aniqlash orqali monologik va dialogik nutqning lingvodidaktik xususiyatlariga oid taklif va ishlanmalar “Rus tilida so‘zlashamiz” elektron o‘quv trenajori shaklida taqdim etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 16-fevraldagi 02/01-01-25-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim, elektrotexnika va avtomatika fakultetlarining talabalari uchun mo‘ljallangan rus tili fanining o‘quv dasturi mazmunan boyitilib, rus tilida online va offline rejimlarda nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
istiqbolda foydalanish uchun nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalarida rus tili nutq kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha reproduktiv, produktiv, reseptiv, nazorat mashqlari va muammoli vazifalar tizimi nutq faoliyatining tarkibiy qismlarini hisobga olgan holda uslubiy yondashuvlarning (kompetensiyaga asoslangan, shaxsga yo‘naltirilgan, tizimli, kognitiv-kommunikativ, qiymat-semantik, aks ettiruvchi-baholash) ustuvorligiga oid xulosalara “Rus tili. Kasbiy leksika” darsligi hamda “Rus tilining amaliy kursi” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-0722-son va 2022-yil 25 noyabrdagi 500 226-son guvohnomalari). Natijada nofilologik oliy o‘quv yurtlari bakalavrlarining rus tili nutq savodxonligi, kommunikativ kompetensiyasi yaxshilanishiga erishilgan;
talabalarda rus tili nutq kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha dasturiy-uslubiy va elektron qo‘llanmalar (darsliklar) didaktik ta’minoti nutqiy faoliyat komponentlarini (kognitiv, kompetentlik, shaxsiy, qiymatga yo‘naltirilgan, tizimli va refleksiv-baholovchi) birlashtirishga oid xulosalardan bakalavriatning barcha yo‘nalishlari 1-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan “Rus tili” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat transport universitetining 2023-yil 14-fevraldagi 22-U-son guvohnomasi, Transport vazirligining 2023-yil 1-maydagi 2/22-son ma’lumotnomasi). Natijada nolingvistik oliy o‘quv yurtlari bakalavrlarida rus tilida nutq savodxonligi va kommunikativ kompetensiya shakllanishiga xizmat qilgan;
amalga oshirilgan eksperimental ishlar asosida nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida rus tilida nutq kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar (Ikki qismli kundalik, ZHU sxemasi, Venn diagrammasi, klaster) samaradorligiga oid nazariy materiallar va amaliy tavsiyalar “Avtomobil transportining uch tilli izohli lug‘ati” va “Aviatsiya atamalarining qisqacha izohli lug‘ati” (ruscha-o‘zbekcha-inglizcha)ga kiritilgan hamda “Assalom O‘zbekiston”, “Munosabat” (tok-shou) teleko‘rsatuvlari, shuningdek, Adabiyot kengashining rus tilidagi yig‘ilishlarida, “Onajonim she’riyat” to‘garagining mahorat darslarida samarali foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligininig 2022-yil 25 noyabrdagi 388-4-son, Toshkent davlat transport universitetining 2024-yil 29-martdagi 78-U-son guvohnomasi; O‘zbekiston teleradiokanalining 2023-yil 22-fevraldagi 02-15-296-son, Yoshlar davlat teleradiokanalining 2023-yil 22-fevraldagi 14-01-22-son, Toshkent davlat teleradiokanalining 2023-yil 24-fevraldagi 01-01-37-son ma’lumotnomalari; O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 28-fevraldagi 01 03/290-son ma’lumotnomasi). Natijada bakalavrlarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha rus tilidagi lug‘at boyligi hamda teletomoshabinlarning rus tili bo‘yicha bilimlarini oshirishga erishilgan.