Shematova Manzura Ikromjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak pedagogika o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonlarida sugGEStiv kompetentligini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6667.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Ozoda Safibullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: professor Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirzaeva Farohat Odiljonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda sugGEStiv kompetentlikni muvaffaqiyatli takomillashtirishga yordam beradigan samarali tashkiliy va psixologik-pedagogik sharoitlarni aniqlash, nazariy asoslash va sugGEStiv kompetentlikni takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sugGEStiv kompetentlik – bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligining zarur tarkibiy qismi ekanligi o‘quvchilarning qarashlari va munosabatlarini shakllantirish, atrofdagi dunyoga, o‘z-o‘zini tartibga solish va o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonlarini faollashtirishga, shuningdek, o‘quvchi xulq-atvori va ongining har tomonlama rivojlantirish uchun o‘qituvchining kasbiy aqliy va amaliy harakatlarining majmui ekanligi aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sugGEStiv kompetentlikni takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik jarayonlari tizimli ta’lim sifatida sugGEStiv ko‘nikmalarni o‘z tarkibiga oluvchi analitik, kommunikativ, maqsad qo‘yish, diagnostika, bashorat qilish komponentlari uchun topshiriqlar va vaziyatli mashqlar, muammoli vaziyatlar majmuini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
sugGEStiv kompetentlikni takomillashuvi motivatsiya, mantiqiy-dialektik birlikda bo‘lgan va pedagogik shart-sharoitlar bilan belgilanadigan sugGEStivlik haqida nazariy bilimlarning mavjudligi, sugGEStiv harakatlardan xabardorlik, bajarilgan sugGEStiv harakatlarining sifati, sugGEStiv kompetentlikni yangi vaziyatda namoyon bo‘lishiga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonlarida sugGEStiv kompetentlikni takomillashtirish pedagogika fanlarini o‘rganishning raqamli o‘qitish shakllari va usullarini maqsadli tanlashni o‘z ichiga oluvchi ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlari hamda mustaqil ta’lim, joriy, oraliq, yakuniy nazorat jarayonlari, to‘garak mashg‘ulotlarida ijodiy, tizimli, mustaqil ishlashga yo‘naltirish asosida bo‘lajak pedagogika fani o‘qituvchilariining sugGEStiv kompetentligini takomillashtirish modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning sugGEStiv kompetentligini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
sugGEStiv kompetentlik – bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligining zarur tarkibiy qismi ekanligi o‘quvchilarning qarashlari va munosabatlarini shakllantirish, atrofdagi dunyoga, o‘z-o‘zini tartibga solish va o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonlarini faollashtirishga, shuningdek, o‘quvchi xulq-atvori va ongining har tomonlama rivojlantirish uchun o‘qituvchining kasbiy aqliy va amaliy harakatlarining majmui ekanligi aniqlashtirilishiga doir qarashlar hamda talqinlardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan 11-XT-0-1722 raqamliy “Qoraqalpoq mentalitetini o‘quvchi yoshlarga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan(O‘zbekstan Respublikasi mektepke shekemgi ham mektep bilimlendiriv ministirligi O‘zbekstan pedagogikaliq ilim-izertlev instituting Qaraqalpaqstan filialining 2024-yil 7-oktyabrdagi 383-son ma’lumotnomasi). Natijada uzviylik va izchillik tamoyillari asosida o‘quv mashgʻulotlari hamda mustaqil ta’lim, nazorat jarayonlarida talabalarning sugGEStiv kompetentligini rivojlantirishning ilmiy asoslari va ilmiy-metodik usul hamda metodlarini asoslashga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sugGEStiv kompetentlikni takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik jarayonlari tizimli ta’lim sifatida sugGEStiv ko‘nikmalarni o‘z tarkibiga oluvchi analitik, kommunikativ, maqsad qo‘yish, diagnostika, bashorat qilish komponentlari uchun topshiriqlar va vaziyatli mashqlar, muammoli vaziyatlar majmuini ishlab chiqish asosida takomillashtirilishiga hamdasugGEStiv kompetentlikni takomillashuvi motivatsiya, mantiqiy-dialektik birlikda bo‘lgan va pedagogik shart-sharoitlar bilan belgilanadigan sugGEStivlik haqida nazariy bilimlarning mavjudligi, sugGEStiv harakatlardan xabardorlik, bajarilgan sugGEStiv harakatlarining sifati, sugGEStiv kompetentlikni yangi vaziyatga namoyon bo‘lishiga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilganligiga doir taklif va tavsiyalardan pedagogika oliy ta’lim muassasalari “60110100 – Pedagogika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma nashr qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024 yil 14-oktyabrdagi 02/01-01- 90-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi pedagogika fani o‘qituvchilarining kasbiy va sugGEStiv kompetensiyaga doir bilim va malakalari ortgan hamda takomillashgan, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar orqali umumta’lim maktablari o‘smirlarini ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishga oid ma’lumotlar boyitilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonlarida sugGEStiv kompetentlikni takomillashtirish pedagogika fanlarini o‘rganishning raqamli o‘qitish shakllari va usullarini maqsadli tanlashni o‘z ichiga oluvchi ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlari hamda mustaqil ta’lim, joriy, oraliq, yakuniy nazorat jarayonlari, to‘garak mashg‘ulotlarida ijodiy, tizimli, mustaqil ishlashga yo‘naltirish asosida bo‘lajak pedagogika fani o‘qituvchilariining sugGEStiv kompetentligini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan 11-XT-0-1722 raqamliy “Qoraqalpoq mentalitetini o‘quvchi yoshlarga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan(O‘zbekstan Respublikasi mektepke shekemgi ham mektep bilimlendiriv ministirligi O‘zbekstan pedagogikaliq ilim-izertlev instituting Qaraqalpaqstan filialining 2024-yil 7-oktyabrdagi 383-son ma’lumotnomasi). Natijada sugGEStiv kompetentligning mazmun-mohiyati, talabalarning kasbiy hamda sugGEStiv kompetensiyaviy takomilidagi o‘rni ahamiyati, sugGEStiv kompetensiyasini rivojlantirish usul va metodlariga doir izoh hamda talqinlar mukammalashgan.