Usmonov Muhriddin Muxtor o‘g‘lining
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Anor biotsenozida pyralidae oilasi sonini boshqarishda sitotroga tuxumini olish qurilmasida ko‘paytirilgan trixogrammani samaradorligi”, 06.01.09 - O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Qx1339.
Ilmiy rahbar: Jumaev Rasul Axmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patent olingan: Sitotroga tuxumini olish uchun qurilma (IAP 07491).
II. Tadqiqotning maqsadi Anor biotsenozida anor mevaxo‘ri sonini boshqarishda don kuyasi tuxumini olish qurilmasida ko‘paytirilgan trixogrammani samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anor biotsenozida uchraydigan anor mevaxo‘ri (Euzophera punicaella Mooze)ning zarari, uchrash darajalari aniqlangan;
ilk bor trixogramma ko‘paytirish uchun don kuyasi (Sitotroga cerealella) tuxumlarini yig‘ib olishning innovatsion qurilmasi yaratilgan;
don kuyasi tuxumlarini yig‘ish qurilmasida don kuyasi tuxumlarning shikastlanish ko‘rsatkichlari amaldagi usuliga nisbatan 5,4-6,8 barobar kam shikastlanishi aniqlangan;
turli usullarda yig‘ib olingan don kuyasi tuxumlarini trixogrammaning zararlash darajasi o‘zaro taqqoslanganda Trichogramma ostriniae 94,2%, Trichogramma chilonis 95,1%, Trichogramma pintoi 83,2% biologik samaradorlik aniqlangan;
qurilmada yig‘ib olingan don kuyasi tuxumlarida ko‘paytirilgan trixogrammaning anor mevaxo‘ri miqdorini boshqarishda 79,2 % biologik samaradorlikka erishilib 9,6-10,5 sentner anor xosili saqlab qolinishi aniqlangan;
don kuyasi tuxumini yig‘ib olishning yaratilgan qurilmasi amaldagi yig‘ib olish usuliga nisbatan 438 % rentabellikka erishish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Anor biotsenozida Pyralidae oilasi sonini boshqarishda sitotroga tuxumini olish qurilmasida olingan don kuyasi tuxumlarida ko‘paytirilgan trixogrammani samaradorligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
don kuyasi tuxumini olish qurilmasi yaratildi hamda Sitotroga tuxumlarini olish qurulmasidan foydalanilib ko‘paytirilgan trixogramma avlodlarini Mirzaobod tumanida jami 126 gektar anorchilik fermer xo‘jaliklarida uchraydigan anor mevaxo‘ri zararkunandasi tuxumlariga qarshi 1:10 nisbatda 126 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 14-yanvar 06/22-05/182-son ma’lumotnomasi). Natijasida 7-kunga borib 79,2 % biologik samaradorlikga erishilib, 9,6-10,5 sentner qo‘shimcha anor xosili saqlab qolishga erishilgan;
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani “Zamanoviy biosamara”, “Xazina maskani”, “Sherzod biosamarasi” hamda Guliston tumani “Oltinko‘z”, “Ra’no biomahsulot” biolaboratoriyalarida don kuyasi tuxumlarini olish qurilmasi joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 14-yanvar 06/22-05/182-son ma’lumotnomasi). Natijasida biolaboratoriyalarda sitotroga tuxumlarini amaldagi usuliga nisbatan bir avlodini tuxumini olish 3 kunga uzaytirilgan;
anor biotsenozida Pyralidae oilasi sonini boshqarishda sitotroga tuxumini olish qurilmasi yordamida ko‘paytirilgan trixogrammani samaradorligi Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Zamonaviy biosamara” MChJ biolaboratoriyalarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 14-yanvar 06/22-05/182-son ma’lumotnomasi). Natijada mavsumda entomofaglarni sifatli, ishlab chiqarish, saqlash, etkazib berish va qo‘llash uchun ketadigan ishchi kuchi va sarf materiallari 2-3 barobar tejalgan hamda elektr energiya, xo‘jalik xarajatlari xisobiga 1 mln 150 ming so‘m tejalgan.