Nazarov Xudayberdi Kuydimuratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Makkajo‘xorining yangi tezpishar, hosildor nav va duragaylarini yaratish hamda birlamchi urug‘chiligini takomillashtirish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2020.2.DSc/Qx61.
Ilmiy maslahatchi: Rashidova Dilbar Karimovna, qishloq xo‘jaligi doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/08.05.2024.Qx.42.02
Rasmiy opponentlar: Ziyadullaev Zoxidjon Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Boboev Sayfulla Gafurovich, biologiya fanlari doktori, professor; Alikulov Safar Mengliqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy dexqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi makkajo‘xorining geografik uzoq nav va namunalarini o‘zaro duragaylash asosida mahalliy yangi nav namunalarini olish, tezpishar, mahsuldor, don va yashil massa hosildorligi yuqori bo‘lgan yangi navlarni yaratish, makkajo‘xorining morfo-xo‘jalik belgilariga biologik faol preparatlarning ta’sirini aniqlash hamda navlarning birlamchi urug‘chiligini takomillashtirish tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor makkajo‘xori kolleksiyasidagi mahalliy va xorijdan keltirilgan tezpishar, don va yashil massa hosildorligi yuqori bo‘lgan 21 ta nav namunalari baholangan;
irsiy jihatdan farq qiluvchi mahalliy va xorijiy nav-namunalar ishtirokida F1 duragaylarda qimmatli xo‘jalik belgilarining irsiylanish qobiliyati aniqlangan;
ilk bor makkajo‘xori kolleksiyasidan ajratib olingan don uchun (VS 6661 x MJ 600) va yashil massa uchun (O‘zbekiston 100 x O‘zbekiston 601 ESV) ota-onalik shakllarida ijobiy natijalarni namoyon qilgan duragay kombinatsiyalar ajratib olingan;
xorijdan keltirilgan makkajo‘xori nav va namunalari bilan mahalliy navlarni duragaylash orqali yangi tezpishar, don va yashil massa hosildorligi yuqori bo‘lgan navlar yaratilgan;
yangi yaratilgan, don hosildorligi yuqori bo‘lgan makkajo‘xorining Kelajak-100 va yashil massa uchun Esdalik-80 navlari istiqbolli nav sifatida Davlat reestriga kiritilgan;
makkajo‘xori urug‘iga ekishdan oldin ishlov berilganda, o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi, don va yashil massa hosildorligi hamda urug‘lik sifatiga UZXITAN preparatining ijobiy ta’siri aniqlangan;
makkajo‘xorining superelita, elita urug‘larini etishtirishda birlamchi urug‘chilikning yangi tizimi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Makkajo‘xorining yangi tezpishar hosildor nav va duragaylarini yaratish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
don va yashil massa hosildorligi yuqori bo‘lgan makkajo‘xorining yangi istiqbolli Kelajak-100 hamda Esdalik 80 navlari yaratilgan hamda ularga patent (NAP 00371, NAP 00372) olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 11 noyabrdagi № 05/05-04/581 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, makkajo‘xori genofondi ertapishar, hosildor manbalar bilan boyitilgan;
makkajo‘xorining don uchun yangi yaratilgan istiqbolli Kelajak 100 navi 2019-2021 yillar davomida Sirdaryo viloyati Xovos tumani “ENERGO NASL ChORVA” ma’suliyati cheklangan jamiyati xo‘jaligida jami 25,0 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 11 noyabrdagi № 05/05-04/581 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yangi nav andoza O‘zbekiston 601 ESV naviga (60,1-80,4 s/ga) nisbatan 6-7 kunga erta pishib, 18,0-20,0 s/ga yuqori hosil olish imkonini bergan;
makkajo‘xorining don uchun yangi istiqbolli Kelajak 100 navi Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Oqsuv fermer xo‘jaligida 2019-2021 yillar davomida 7,0 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 11 noyabrdagi № 05/05-04/581 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Kelajak 100 navi andozaga nisbatan 3-5 kunga tezpishar bo‘lib, 18,0-24,0 s/ga yuqori hosil olishga erishilgan.
makkajo‘xorining yashil massa hosildorligi yuqori bo‘lgan yangi, istiqbolli Esdalik 80 navi 2019-2021 yillar davomida Sirdaryo viloyati Xovos tumani “ENERGO NASL ChORVA” ma’suliyati cheklangan jamiyati xo‘jaligida jami 18,0 gektar maydonga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 11 noyabrdagi № 05/05-04/581 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yangi navning yashil massa hosildorligi andoza O‘zbekiston-100 naviga (680,0-740,0 s/ga) nisbatan 50,0–55,0 s/ga yuqori va o‘rim davriniing 8-12 kunga qisqa bo‘lishiga erishilgan;
makkajo‘xorining yashil massa hosildorligi yuqori istiqbolli Esdalik 80 navi Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Oqsuv fermer xo‘jaligida 2019-2021 yillar davomida 7,0 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 11 noyabrdagi № 05/05-04/581 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Esdalik 80 navining o‘rim davri, andoza O‘zbekiston-100 naviga nisbatan 5-7 kunga qisqa bo‘lib, yashil massa hosildorligi 53,0-58,0 s/ga yuqori bo‘lishiga erishilgan.