Saidobbozov Saidmansur Shamshidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Inden asosida polimetilenindensulfokislota olinishi va qo‘llanilishi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4593.
Ilmiy rahbar: Mirxamitova Dilorom Xudoyberdievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nurqulov Fayzulla Nurmo‘minovich, texnika fanlari doktori, professor; Yusupova Lola Azimovna,  texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Uz-KorGas Chemical” MChJga qarashli Ustyurt gaz-kimyo majmuasining ikkilamchi mahsuloti piroliz moyi tarkibidan indenni ajratib olish va u asosida sulfokationit sintez qilish va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uglevodorodlar pirolizi ikkilamchi mahsulotini qayta ishlash usullari ilmiy jihatdan asoslangan va uning tarkibidan inden moddasi ajratib olingan;
ilk bor indenni sulfolash va polikondensatsiyalash orqali polimetilenindensulfokislota sintez qilingan, reaksiya mexanizmi isbotlangan;
indensulfokislotani formalin ishtirokida polikondensatsiyasi amalga oshirilgan va jarayonda tarmoqlangan tuzilishli polimetilenindensulfokislota hosil bo‘lishi isbotlangan;
olingan polimetilenindensulfokislotaning kationit sifatida ekspluatatsion xossalari aniqlangan va fizik-kimyoviy usullar orqali termik barqarorligi asoslangan;
sanoat ikkilamchi mahsuloti tarkibidan indenni ajratish va u asosida polimetilenindensulfokislota olish jarayoni texnalogiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat ikkilamchi maxsuloti tarkibidan indenni ajratib olish, tozalash, u asosida polimetilenindensulfokislota olish texnologiyasi ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan ikkilamchi maxsulot tarkibidan indenni ajratib olish va uni polikondensatsiyalash usuli “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJning 2023 yil 8 avgustdagi 773/GK-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xom ashyo asosida yangi maxsulot sintez qilish imkonini bergan;
sintez qilingan polimetilenindensulfokislota “Muborak gazni qayta ishlash” AJ aylanma suvlarini tozalashda kationit sifatida amaliyotga joriy qilingan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJ ning 2023 yil 8 avgustdagi 773/GK-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonada ishlatilayotgan import kationitni mahalliylashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish