Atoeva Mehriniso Farhodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i va nomi): “Elektromagnetizm bo‘limini o‘qitishni davriylik texnologiyasi asosida takomillashtirish (akademik liseylar misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2. PhD/Ped172.
Ilmiy rahbar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc. 28.12.2017.Ped.01.09 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tursunmetov Komiljon Axmetovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Nurullaev Bobomurod Najmiddinovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fizikaning “Elektromagnetizm” bo‘limini davriylik texnologiyasi asosida o‘qitishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektromagnetizm bo‘limini o‘qitish jarayonida davriylik texnologiyasidan foydalanish imkoniyatlari tezkor diagnostika (o‘quvchilarning fizikaviy bilimlarni egallash, mustaqil va laboratoriya ishlarini bajarish, masalalar echish) natijasiga ko‘ra elektr va magnit hodisalarni ifodalovchi o‘quv elementlarini guruhlash asosida takomillashtirilgan;
fanlararo va o‘quv mavzulari o‘rtasidagi tayanch tushunchalarining aloqadorlik ko‘rsatkichlari asosida o‘quv jarayonini davriylashtirish mezonlari (takrorlash, taqqoslash, tanlash, tartiblash, uzviylik) aniqlashtirilgan;
o‘qitishda davriylik texnologiyasini qo‘llash tuzilmasi (tayanch tushunchalar, o‘quv aktlari, o‘quv bosqichlari, o‘quv davrlari) mazmuni kreativlik qobiliyatlarni rivojlantirishda elektromagnetizmga oid bilimlar dinamikasi (o‘zgarish, faollik, bosqich)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
murakkab mavzularni o‘zlashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar o‘quv bosqichlarini davriylashtirish hamda ijodiy faoliyatni rivojlantiruvchi uslubiy yondashuvlar (verbal, ko‘rgazmali, amaliy uzatish) o‘zaro integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektromagnetizm bo‘limini o‘qitishni davriylik texnologiyasidan foydalanib takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
elektromagnetizm bo‘limini o‘qitishda davriylik texnologiyasini qo‘llash imkoniyatlari, tuzilmasi, tezkor diagnostikasi, o‘quv elementlarini guruhlashtirish, kreativlik qobiliyatlarni rivojlantirishga oid takliflar asosida “Elektromagnetizm mavzularini noan’anaviy o‘qitish metodikasi” o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi nashr etilgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 18 sentyabrdagi 89-03-3407-son ma’lumotnomasi). Ushbu o‘quv adabiyoti akademik liseylarning o‘quv-metodik ta’minotini boyitish hamda o‘quvchilarning elektromagnetizm bo‘limi bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari oshishiga xizmat qilgan;
elektromagnetizm bo‘limi o‘quv elementlarining o‘zaro bog‘liqligi, fanlararo va o‘quv mavzulari o‘rtasidagi aloqadorlik, o‘quv jarayonini davriylashtirish mezonlariga oid takliflari YoA-1-9 raqamli “Aholining turli qatlamlarida pedagogik-psixologik xizmat ko‘rsatish amaliyoti” mavzusidagi yosh olimlar amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 18 sentyabrdagi 89-03-3407-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar fanlararo aloqadorlikni mustahkamlash, o‘qitishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish va ta’lim samaradorligini oshirish imkonini bergan;
davriylik texnologiyasidan foydalanishning metodik ta’minoti, ijodiy faoliyatni rivojlantiruvchi uslubiy yondashuvlar, baholash mezonlari, tashkiliy shakllarga oid amaliy taklif va tavsiyalari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-sonli burug‘i bilan tasdiqlangan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan fizika fani o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 18 sentyabrdagi 89-03-3407-son ma’lumotnomasi). Mazkur dastur o‘quv mazmunini rejalashtirish, o‘quv adabiyotlarini saralash va ishlab chiqish, fanning umumiy tuzilmasini joriy etish imkoniyatlarini kengaytirgan.