Qobilov Nodirbek Sobirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neft va gaz quduqlarini burg‘ulash uchun samarador moylovchi materiallar va og‘irlashtirilgan burg‘ulash eritmalarini ishlab chiqish», 02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/T737.
Ilmiy maslahatchi: Xamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Mirahmat Po‘latovich, texnika fanlari doktori, professor; Yuldashev Tashmurza Rahmonovich, texnika fanlari doktori, professor; Saydaxmedov Elyor Egamberdievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xom ashyolar va ishlab chiqarish chiqindilari asosida neft va gaz quduqlarini burg‘ilash uchun samarador moylovchi materiallar va og‘irlashtirilgan burg‘ilash eritmalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft, ishlatilgan motor moyi, gossipol qatroni va neft  shlamlari asosida neft va gaz quduqlarini burg‘ilash uchun ishqalanish koeffisienti 1,2-1,3 marta oshirilgan samarador moylovchi materiallar tarkibi aniqlangan;
organomineral ingredientlarning tabiati, tuzilishi, miqdori va tarkibiga bog‘liq, og‘irlashtirilgan burg‘ulash eritmalarining texnologik xususiyatlari qovushqoqlik, suv uzatishi, siljishning statik kuchlanishi va barqarorlikning o‘zgarishi asoslangan;
barqarorligi 1,20-1,25 marta yaxshilangan, yuqori moylovchi xususiyatli og‘irlashtirilgan burg‘ilash eritmalarining tarkiblari aniqlangan;
og‘irlashtiruvchi materiallarning turi, miqdori va tabiatini tanlash bilan yuqori moylash xususiyatiga ega burg‘ilash eritmalarining texnologik xossalarini boshqarish asoslangan;
burg‘ulash jarayonlarida moylovchi materiallardan foydalanish burg‘ulash eritmasining tuzli va yuqori haroratga chidamliligini oshirishi isbotlangan;
mahalliy xom ashyolar va ishlab chiqarish chiqindilari asosida burg‘ilash eritmalari uchun yuqori tribilogik xususiyatlarga ega moylovchi materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan samarador moylovchi materiallar asosidagi og‘irlashtirilgan burg‘ilash eritmalarini ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Neft-gaz quduqlarini burg‘ilash uchun samarador moylovchi materiallar va og‘irlashtirilgan burg‘ilash eritmasi ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neft-gaz quduqlarini burg‘ilash uchun samarador moylovchi materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi «SANEG» XK MChJning «2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqboli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («SANEG» XK MChJning 2024 yil 24 iyundagi UCX № 015-0084-1741-2024-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy moylovchi materiallar MBR-1, MBR-2, MBR-3, MBR-4 ishlab chiqarish imkonini beradi;
neft-gaz quduqlarini burg‘ulashda yuqori moylash xususiyatiga ega og‘irlashtirilgan burg‘ulash eritmalarini ishlab chiqarish texnologiyasi «SANEG» XK MChJning «2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqboli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («SANEG» XK MChJning 2024 yil 24 iyundagi UCX № 015-0084-1741-2024 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori barqaror fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega og‘irlashtirilgan burg‘ilash eritmalarini mahalliylashtirish imkonini beradi;
neft-gaz quduqlarini burg‘ulashda yuqori moylash xususiyatiga ega og‘irlashtirilgan burg‘ulash eritmalarini ishlab chiqarish texnologiyasi «SANEG» XK MChJning «2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqboli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («SANEG» XK MChJning 2024 yil 24 iyundagi UCX № 015-0084-1741-2024-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik va tribologik xususiyatlari yaxshilangan og‘irlashtirilgan burg‘ilash eritmalari ishlab chiqarish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish