Xuddieva Nargiza Yuldashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘z oldingi segmentining virusli zararlanishini davolash samaradorligini klinik-laborator baholash», 14.00.08 – Oftal`mologiya, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4263
Ilmiy rahbarlar: Odilova Guljamol Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Narzullaev Nuriddin Umarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Mirraximova Maktuba Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kremkova Elena Vital`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; (Rossiya).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot instituti (Tojikiston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: Immun tizimining umumiy va mahalliy omillarini faollashtirish orqali andenovirusli keratokon’yuktivitni klinik va laborator baholash va davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adenovirusli keratokon’yunktivitning klinik variantlari tarqalishi va asosiy shikoyatlarning paydo bo‘lish chastotasini tahlil qilish natijalariga asosan, kupincha 29,1% xollarda AKK ning plyonkali keratokon’yuktivit turi uchrashi asoslangan;
ilk bor, adenovirusli keratokon’yunktivitda uzida kon’yuktiva infiltrati, meybomiy bezining disfunksiyasi, qon tomirlarining bul`bar in’eksiyasi xamda follikulalar uzgarishi kabi kursatkichlarni mujasam etgan Johnson & Johnson Vision Care Institute Clinical Grading Scale (o‘rtacha ballar) shkalasini kullash orkali mahalliy yallig‘lanish jarayonining ogirligi asoslangan;
adenovirusli keratokon`yunktivitning klinik kechishi ko‘z yoshi suyuqligi va qon zardobida IFN-α, IFN-γ darajasining me’yordan o‘rtacha 66% ga oshishi, IL-8 (21%) va IgA (26%) ning nisbiy o‘sishi, shuningdek IgM va IgG ning nisbiy ko‘payishiga boglikligi aniklangan;
ilk bor, adenovirusli keratokon’yunktivitni davolashni patogenetik asoslangan, gumoral immun omillarini faollashtirish hususiyatiga ega bo‘lgan immunomodulator preparatlarni kullash orkali takomillashtirishning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 iyuldagi 04/25-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining prorektori tomonidan 2024 yil 3 yanvar № 04/982 sonli xat yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: adenovirusli keratokon’yunktivitning klinik variantlari tarqalishi va asosiy shikoyatlarning paydo bo‘lish chastotasini tahlil qilish natijalariga asosan, kupincha 29,1% xollarda AKK ning plyonkali keratokon’yuktivit turi uchrashi asoslangan: AKK ning o‘tkir kechimi jarohatning barcha uch shaklida surunkali holatdan ustun turadi. Plyonkali keratokon’yuktivitning o‘tkir kechimida ko‘zlarning zararlanishi (29,1%), follikulyar turida (21,5%) va kataral turida (16,5%) kuzatilgan. Surunkali kechimida plyonkali keratokon’yunktivit keng tarqalgan (15,2%), keyin follikulyar (10,1%) va kataral (7,6%) turi kuzatilgan. Shunday qilib, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, adenovirusli keratokon’yunktivitining o‘tkir kechimi tekshirilgan bemorlar orasida ko‘proq uchragan va plyonkali keratokon’yunktivit zararlanishning eng keng tarqalgan shakli bo‘lib hisoblanadi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: adenovirusli keratokon’yunktivitining o‘tkir kechimi tekshirilgan bemorlar orasida ko‘proq uchragan va plyonkali keratokon’yunktivit zararlanishning eng keng tarqalgan shakli bo‘lib hisoblanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Qorovulbozor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (31.01.2024 y.; №93) Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (7.02.2024 y.; №01/64), RIKMIATM Xorazm filiali bo‘yicha buyruq (29.06.2024 y.; №68) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ko‘z oldingi segmentining adenovirusli yallig‘lanish kasalliklarini samarali davolash umumiy amaliyot shifokori, immunolog, allergolog va oftal`molog kabi mutaxassislarga birgalikda profilaktika ishlarini olib borishga yordam beradi. Tibbiy tekshiruvlar samaradorligini oshiradi. Ko‘z oldingi segmentining adenovirusli yallig‘lanish kasalliklarini erta tashxislash va ushbu davolash usullarini erta bosqichda qo‘llash va asoratlarni oldini olish: Shunday qilib, gumoral immunitetning zamonaviy tadqiqotlarini o‘z vaqtida amalga oshirish adenovirusli kon’yunktivitni bemorni kasalxonaga yotqizmasdan, ambulator sharoitida tashxislash imkonini beradi va davolashning iqtisodiy samaradorligi bemorning kasalxonada bo‘lgan kunlar sonini kamaytirishga imkon beradi, har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 1 558 194 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Vaqtni esa 3 kunga qisqartirdik. Xulosa: Tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlarga asoslanib, biz quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin. Adenovirusli ko‘z infeksiyasi paytida biz kuzatgan sitokin reaksiyasi ba’zi harakterli hususiyatlarga ega ekanligi aniqlandi. IFN-al`fa, IFN-gamma va IL-8 virusga qarshi immunitetda ishtirok etadigan asosiy sitokinlardir, shuning uchun kasallikning dastlabki bosqichida ushbu sitokinlarning genlarini ifodalash chastotasining oshishi adenovirus infeksiyasiga javoban to‘qimalarning adekvat reaksiyasini aks ettiradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Ko‘zning oldingi segmenti virusli zararlanishini davolash samaradorligini klinik-laborator baholash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2024 yil 23 yanvardagi 04/984-son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor, adenovirusli keratokon’yunktivitda uzida kon’yuktiva infiltrati, meybomiy bezining disfunksiyasi, qon tomirlarining bul`bar in’eksiyasi xamda follikulalar uzgarishi kabi kursatkichlarni mujasam etgan Johnson & Johnson Vision Care Institute Clinical Grading Scale (o‘rtacha ballar) shkalasini kullash orkali mahalliy yallig‘lanish jarayonining ogirligi asoslangan;. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot guruhlari nazarida adenovirusli keratokon’yunktivitda yallig‘lanish jarayonining og‘irlik darajasi dinamikasini baholash uchun Johnson & Johnson Vision Care Institute klinik baholash shkalasi qo‘llandi, bu davodan oldin va keyin turli alomatlar uchun o‘rtacha ballni taqdim etadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Qorovulbozor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (31.01.2024 y.; №93) Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (7.02.2024 y.; №01/64), RIKMIATM Xorazm filiali bo‘yicha buyruq (29.06.2024 y.; №68) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ko‘z oldingi segmentining adenovirusli yallig‘lanish kasalliklarini samarali davolash umumiy amaliyot shifokori, immunolog, allergolog va oftal`molog kabi mutaxassislarga birgalikda profilaktika ishlarini olib borishga yordam beradi. Tibbiy tekshiruvlar samaradorligini oshiradi. Ko‘z oldingi segmentining adenovirusli yallig‘lanish kasalliklarini erta tashxislash va ushbu davolash usullarini erta bosqichda qo‘llash va asoratlarni oldini olish: Shunday qilib, gumoral immunitetning zamonaviy tadqiqotlarini o‘z vaqtida amalga oshirish adenovirusli kon’yunktivitni bemorni kasalxonaga yotqizmasdan, ambulator sharoitida tashxislash imkonini beradi va davolashning iqtisodiy samaradorligi bemorning kasalxonada bo‘lgan kunlar sonini kamaytirishga imkon beradi, har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 1 558 194 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Vaqtni esa 3 kunga qisqartirdik. Xulosa: Tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlarga asoslanib, biz quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin. Adenovirusli ko‘z infeksiyasi paytida biz kuzatgan sitokin reaksiyasi ba’zi harakterli hususiyatlarga ega ekanligi aniqlandi. IFN-al`fa, IFN-gamma va IL-8 virusga qarshi immunitetda ishtirok etadigan asosiy sitokinlardir, shuning uchun kasallikning dastlabki bosqichida ushbu sitokinlarning genlarini ifodalash chastotasining oshishi adenovirus infeksiyasiga javoban to‘qimalarning adekvat reaksiyasini aks ettiradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Ko‘zning oldingi segmenti virusli zararlanishini davolash samaradorligini klinik-laborator baholash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2024 yil 28 iyundagi 03/04/5660-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: adenovirusli keratokon`yunktivitning klinik kechishi ko‘z yoshi suyuqligi va qon zardobida IFN-α, IFN-γ darajasining me’yordan o‘rtacha 66% ga oshishi, IL-8 (21%) va IgA (26%) ning nisbiy o‘sishi, shuningdek IgM va IgG ning nisbiy ko‘payishiga boglikligi aniklangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: adenovirusli keratokon’yunktivitni davolash asosiy guruhdagi bemorlarda gumoral immunitet darajasining o‘zgarishiga olib keldi, bu davolash boshlanishidan keyin 10 kun ichida sezilarli darajada ko‘tarilishi va keyinchalik pasayishi bilan tavsiflanadi, bu esa qondagi interferon darajasini oshirib, immunomodulyator ta’sirida davolashning 5 chi kuniga kelib o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga etadigan immunomodulyator preparatini qabul qilish bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Jondor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (15.04.2024 y.; №1444-2-35-TB/2024), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (17.04.2024 y.; № 76), RIKMIATM Xorazm filiali bo‘yicha buyruq (02.07.2024 y.; №69) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ko‘z oldingi segmentining adenovirusli yallig‘lanishi tufayli quruq ko‘z sindromi belgilarini samarali davolash umumiy amaliyot shifokorlari va oftalmologlarning birgalikdagi profilaktik ishlariga yordam beradi, tibbiy ko‘riklar samaradorligini oshiradi. Adenovirusli ko‘z kasalliklarida ikkilamchi quruq ko‘z sindromini (QKS) erta tashxislash va kasallikning dastlabki bosqichida tegishli davolash usullarini qo‘llash imkoniyati va ideal holda, asoratlarni rivojlanishining oldini olish muhimdir, har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 1 558 194 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Vaqtni esa 5 kunga qisqartirdik. Xulosa: Tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlarga asoslanib, biz quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin. Adenovirusli kon’yunktivit quruq ko‘z sindromining rivojlanishi uchun qo‘zg‘atuvchi omil sifatida harakat qilishi mumkin. Shunday qilib, adenovirusli kon’yunktivit bilan og‘rigan bemorlarda ko‘z yoshi ishlab chiqarishning buzilishi havfi mavjud. Kasallikdan keyingi quruq ko‘z sindromi (QKS) tashxisini qo‘yish uchun biz tavsiya etayotgan diagnostika algoritmidan foydalanishingiz mumkin: Shirmer testi, ko‘z yoshi plyonkasining parchalanish vaqtini baholash. Bemorlarni kuzatish shuni ko‘rsatdiki, adenovirusli kon’yunktivitdan keyin ikkilamchi quruq ko‘z sindromi rivojlanishi bilan kombinatsiyalangan terapiya, shu jumladan ko‘z yosh zrnini bosuvchi preparatni qo‘llash ushbu holatning namoyon bo‘lishini sezilarli darajada kamaytiradi, bu oftal`molog hamkasblarining fikriga mos keladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Ko‘zning oldingi segmenti virusli zararlanishini davolash samaradorligini klinik-laborator baholash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2024 yil 28 iyundagi 03/04/5659-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor, adenovirusli keratokon’yunktivitni davolashni patogenetik asoslangan, gumoral immun omillarini faollashtirish hususiyatiga ega bo‘lgan immunomodulator preparatlarni kullash orkali takomillashtirishning samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: quruq ko‘z sindromi ko‘rsatkichlarini qiyosiy baholash natijalari taqqoslash guruhdagi adenovirusli keratokon’yunktivit bilan og‘rigan bemorlarda asosiy guruhga nisbatan uning yanada aniq namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi, bu yallig‘lanish jarayonining zararli ta’siri intensivligining pasayishi bilan izohlanadi, bu immunomodulyator preparatni qo‘llashda ko‘z yoshi suyuqligidagi gumoral immunitet omillarining yuqori faolligi bilan bog‘liq edi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Jondor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (15.04.2024 y.; №1444-2-35-TB/2024), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (17.04.2024 y.; № 76), RIKMIATM Xorazm filiali bo‘yicha buyruq (02.07.2024 y.; №69) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ko‘z oldingi segmentining adenovirusli yallig‘lanishi tufayli quruq ko‘z sindromi belgilarini samarali davolash umumiy amaliyot shifokorlari va oftalmologlarning birgalikdagi profilaktik ishlariga yordam beradi, tibbiy ko‘riklar samaradorligini oshiradi. Adenovirusli ko‘z kasalliklarida ikkilamchi quruq ko‘z sindromini (QKS) erta tashxislash va kasallikning dastlabki bosqichida tegishli davolash usullarini qo‘llash imkoniyati va ideal holda, asoratlarni rivojlanishining oldini olish muhimdir, har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 1 558 194 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Vaqtni esa 5 kunga qisqartirdik. Xulosa: Tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlarga asoslanib, biz quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin. Adenovirusli kon’yunktivit quruq ko‘z sindromining rivojlanishi uchun qo‘zg‘atuvchi omil sifatida harakat qilishi mumkin. Shunday qilib, adenovirusli kon’yunktivit bilan og‘rigan bemorlarda ko‘z yoshi ishlab chiqarishning buzilishi havfi mavjud. Kasallikdan keyingi quruq ko‘z sindromi (QKS) tashxisini qo‘yish uchun biz tavsiya etayotgan diagnostika algoritmidan foydalanishingiz mumkin: Shirmer testi, ko‘z yoshi plyonkasining parchalanish vaqtini baholash. Bemorlarni kuzatish shuni ko‘rsatdiki, adenovirusli kon’yunktivitdan keyin ikkilamchi quruq ko‘z sindromi rivojlanishi bilan kombinatsiyalangan terapiya, shu jumladan ko‘z yosh zrnini bosuvchi preparatni qo‘llash ushbu holatning namoyon bo‘lishini sezilarli darajada kamaytiradi, bu oftal`molog hamkasblarining fikriga mos keladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Ko‘zning oldingi segmenti virusli zararlanishini davolash samaradorligini klinik-laborator baholash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2024 yil 3 apreldagi 04/3354-son xat yuborilgan.