Yo‘ldoshev Sobitali Zoxidjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak shifokorlarning valeologik kompetentligini jismoniy tarbiyaning adaptiv texnologiyalari orqali rivojlantirish metodikasi” (jismoniy tarbiya va sport fanini o‘qitish misolida), 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped6399.
Ilmiy rahbar: Komilov Nodirbek Bokijonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/30.09.2020.Tib.122.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Obidova Gulmira Kuzibaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Toshtemirov Otabek Abidovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy ta’lim talabalarining valeologik kompetentligini adaptiv texnologiyalar orqali rivojlantirish jarayonida ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning yangi imkoniyatlari va valeologik kompetensiyalarni metodik takomillashtirish texnologiyalari bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiy ta’limda talabalarning intelektual ko‘nikmalarini (analiz, sintez, abstraktlashtirish, konkretlashtirish va umumlashtirish) ga doir rivojlantiruvchi texnologiyalari valeologik kompetentligini tasniflari, adaptiv dasturlarini nazorat qiluvchi mashiqlari integrativ ta’lim resurslarini yaratuvchi vositalar orqali jismoniy tarbiya va sport fanini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlashtirilgan;
tibbiy ta’limda talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning mazmuni, protsessual asoslari interfaol ta’lim komponentlarini qamrab olgan voleologik kompetentligini identifikatsiyashga asoslangan ta’lim resurslarini adaptiv qo‘llash hamda kompetensiyaviy talablariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya va sport fanini o‘qitish jarayonida tibbiy ta’lim talabalari valeologik kompetentligini oshirish maqsadida «Dynamic stirring» modelini qo‘llash orqali talabalarning professionallik darajasini oshirishga qaratilgan interfaol metodlari jistomiy tayyorgarlikning funksional yo‘nalishlariga muvofiq takomillashtirilgan;
tibbiy ta’lim jarayonida kasbiy fanlarni integratsiyalab o‘qitish mexanizmi talabalarning professional tayyorgarligini yaxlit rivojlantirishda kasbiy fanlarga yondosh predmetlarning fundamental asoslarini integratsiya mazmuni va amaliy metodlarni qo‘llsh asosida tibbiy ta’limda pedagogik jarayonlar transformatsiyani ta’minlsh orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy ta’lim jarayonida jismoniy tarbiya va sport fanida adaptiv texnologiyalar asosida tibbiy ta’lim talabalari valeologik kompetentligini rivojlantirishdagi o‘rni va ilmiy natijalar asosida:
tibbiy ta’limda talabalarning intelektual ko‘nikmalarini (analiz, sintez, abstraktlashtirish, konkretlashtirish va umumlashtirish) ga doir rivojlantiruvchi texnologiyalari valeologik kompetentligini tasniflari, adaptiv dasturlarini nazorat qiluvchi mashiqlari integrativ ta’lim resurslarini yaratuvchi vositalar orqali jismoniy tarbiya va sport fanini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini rivojlantirishga doir takliflari “Tibbiy ta’limda jismoniy tarbiya va sport fanini adaptiv texnologiylar orqali o‘qitishni takomillashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining
2024-yil 4-oktyabrdagi 02-28/22641-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiy ta’lim muassasalarida talabalarga jismoniy tarbiya va sport fanini o‘qitishda valeologik kompetentligini rivojlantirishning tasniflari takomillashtirilgan;
tibbiy ta’limda talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning mazmuni, protsessual asoslari interfaol ta’lim komponentlarini qamrab olgan voleologik kompetentligini identifikatsiyashga asoslangan ta’lim resurslarini adaptiv qo‘llash hamda kompetensiyaviy talablariga doir takliflari “Tibbiy ta’limda jismoniy tarbiya va sport fanini adaptiv texnologiylar orqali o‘qitishni takomillashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 4-oktyabrdagi 02-28/22641-son ma’lumotnomasi) Natijada fanlararo bog‘liqlikni ta’minlash maqsadida integral ma’ruzalar samaradorligi oshirilgan;
jismoniy tarbiya va sport fanini o‘qitish jarayonida tibbiy ta’lim talabalari valeologik kompetentligini oshirish maqsadida «Dynamic stirring» modelini qo‘llash orqali talabalarning professionallik darajasini oshirishga qaratilgan interfaol metodlari jistomiy tayyorgarlikning funksional yo‘nalishlarini singdirishga doir takliflari «Tibbiy ta’limda jismoniy tarbiya va sport fanini adaptiv texnologiylar orqali o‘qitishni takomillashtirish » nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 4-oktyabrdagi 02-28/22641-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari rivojlantirilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish