Alimov G‘ayratjon Abduraxmon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Klaster tizimi asosida donni qayta ishlash korxonalarini rivojlantirish (Toshkent viloyatidagi donni qayta ishlash korxonalari misolida)”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3691.
Ilmiy rahbar: Gulamov Abdulaziz Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, proffesor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc 15/31.12.2020.I.09.04.raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinova Kamola Alisherovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Matluba Nematovna iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi klaster usulidan foydalangan holda donni qayta ishlash korxonalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
donni qayta ishlovchi va eksport qiluvchi klasterlarning don mahsulotlarini xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun “revolver” kreditlarini ajratish orqali qo‘llab-quvvatlash zarurligi ilmiy asoslangan;
donni qayta ishlovchi sanoat korxonalarini ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorligini oshirishni korxonalarda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, biznes loyihalarni tayyorlash bo‘yicha biznes maktablarini tashkil etish orqali takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
donni qayta ishlovchi klasterlarda moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni davlat tomonidan ajratilayotgan kredit mablag‘laridan erkin foydalanish, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari va texnikalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish huquqini berish orqali takomillashtirish taklif qilingan;
donni qayta ishlovchi korxonalarda don etishtirish, qayta ishlash va sotish amaliyotini har gektar sug‘oriladigan maydon hisobidan o‘rtacha 2,5 tonna bug‘doyni birja savdolari orqali, qolgan qismini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotib olish taklifi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘allachilik klasterining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
1.    Donni qayta ishlovchi va eksport qiluvchi klasterlarning don mahsulotlarini xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun “revolver” kreditlarini ajratish orqali  qo‘llab-quvvatlash zarurligi ilmiy taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentyabrdagi “Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 577-sonli qarorini 6-bandini ishlab chiqishda (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil
23-sentyabrdagi 05/15-04-438-sonli ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada donni qayta ishlovchi va eksport qiluvchi klasterlarning don mahsulotlarini xarid qilish uchun zarar bo‘lgan aylanma mablag‘larni to‘ldirish imkoniyati yaratiladi;
2.    Donni qayta ishlovchi sanoat korxonalarini ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorligini oshirishni korxonalarda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, biznes loyihalarni tayyorlash bo‘yicha biznes maktablarini tashkil etish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi PQ-113-sonli “2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni 6-bo‘limni g-bandini ishlab chiqishda (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 23-sentyabrdagi 05/15-04-438-sonli ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada donni qayta ishlovchi sanoat korxonalari bilan ilmiy tadqiqot institutlari hamkorligining samaradorligini oshirishga, sanoat korxonalarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish hamda biznes loyihalarni tayyorlash bo‘yicha tajribalarini oshirishga xizmat qiladi;
3.    Donni qayta ishlovchi klasterlarda moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni davlat tomonidan ajratilayotgan kredit mablag‘laridan erkin foydalanish, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari va texnikalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish huquqini berish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-noyabrdagi “G‘alla etishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-10 sonli qarorini
1-bandini beshinchi xatboshini ishlab chiqishda (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 23-sentyabrdagi 05/15-04-438-sonli ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada g‘allachilik klasterlariga kredit mablag‘laridan erkin foydalanish, don etishtirish uchun zarur vositalar bilan o‘z vaqtida ta’minlash imkonini beradi;
4.    Donni qayta ishlovchi korxonalarida bozor mexanizmini joriy qilishni don etishtirish, qayta ishlashni va sotishda har gektar sug‘oriladigan maydon hisobidan o‘rtacha 2,5 tonna bug‘doyni birja savdolari orqali, qolgan qismini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotib olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-noyabrdagi “G‘alla etishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida”gi
PQ-10 sonli qarorini 1-bandini ikkinchi xatboshini ishlab chiqishda (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining
2024-yil 23-sentyabrdagi 05/15-04-438-sonli ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada don etishtirish, qayta ishlashni va sotish mexanizmini takomillashtirishga hamda don mahsulotlarini etishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalar daromadini oshirishga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish