Abduraxmonov G‘ulomjon Abdusamatovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Azot va fosfor saqlagan yong‘indan himoyalash vositalarini olish va ularning xossalarini o‘rganish», 02.00.01–Noorganik kimyo (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2018.4.PhD/K52.

Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.

Rasmiy opponentlar: Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Daminova Shahlo Sharipovna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: azot va fosfor saqlagan yuqori samarador, ekologik xavfsiz yong‘indan himoyalash vositalarini olish va ularni xossalarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor noorganik tuzlar va ammofos asosida antipiren preparatlar olingan;

yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan ammoniy digidrofosfat, ammoniiy gidrofosfat, ammiak va ammoniy sul`fatdan iborat yong‘in himoya vositalarining tarkiblari optimallashtirilgan;

olingan azot va fosfor saqlagan yong‘in himoya vositalarining termooksidlanish va alangalanish jarayoniga ta’siri aniqlangan;

R2O5ning eritmaga o‘tish darajasiga temperatura ta’sirining tenglamasi keltirib chiqarilgan hamda ushbu o‘tish jarayonining temperatura koeffisienti aniqlangan;

ilk bor olingan mahsulotning zichligi, qovushqoqligi, to‘yingan bug‘ bosimi va elektr o‘tkazuvchanligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Azot va fosfor saqlagan yong‘indan himoyalash vositalarini olish va ularning xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

yong‘indan himoyalash vositasi Antipiren «SamUZ»ni ishlab chiqarish va qo‘llash bo‘yicha texnik shartlari «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 05598172-01:2018). Natijada yong‘indan himoyalovchi yangi vositalar yaratish imkonini bergan;

samaradorligi yuqori bo‘lgan yong‘in himoya vositasi «Navoiyazot» AJda amaliyotga joriy etilgan («Navoiyazot»AJning 2017 yil 17 fevraldagi FTK-03/1495-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish jarayonida engil yonuvchan materiallarni qiyin yonuvchan formaga o‘tkazish hisobiga texnika xavfsizlikni ta’minlash imkonini bergan;

ishlab chiqilgan azot va fosfor saqlagan antipirenlar preparatlari O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik ta’minlash markaziy laboratoriyasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi laboratoriyasining 2018 yil 21 iyundagi 29/11-463-son ma’lumotnomasi). Natijada antipiren birikmasi asosida yong‘inga xavfsiz yangi vositalar yaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish