Teshaboev Abbos Xoldorjon o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda mahalla institutining o‘rni va ahamiyati (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal915
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh. ilmiy darajasi va unvoni: Dexkanov Narimon Burxonjonovich siyosiy fanlar doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Baxodirjon Sadikjanoviya, Falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent, Yunusova Manzuraxon Pazliddinovna Falsafa fanlari doktori(DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Yangi O‘zbekistonda mahalla institutining ijtimoiy-madaniy ahamiyatini tadqiq etish orqali fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
boshqaruvda jamoatchilik organlarining rolini oshirish jamiyatning deetatik (fuqarolik jamiyatining davlat ustidan nazoratini faollashishi) va etatik (mahalliy hokimiyatning jamiyatni boshqarish va birlashtirishdagi rolining o‘sib borishi) tamoyillariga pozitiv ta’siri falsafiy dixotomik yondashuvlar birligi ekanligi falsafiy asoslangan;
boshqaruvda davlat, fuqarolik jamiyati va mahalla instituti hamkorligining mustahkamlanishi jamiyatda ijtimoiy birdamlikning instrumental xususiyatlari (jamoatchilik fikrining miqdoriy masshtabi, geografik tarqalganligi, o‘zaro bog‘liqligi, intensivligi va qatʼiyligi) falsafiy ierarxiya tamoyillari asosida ochib berilgan;
fuqarolik jamiyatining immanent xususiyatlari boshqaruvda birlashtiruvchi va maqsadni shakllantirishning pragmatik mohiyati  davlat va xalq munosabatlarining statik barqarorligini ta’minlash jamiyatda plyuralistik demokratiyaning etnopsixologik temperamentlari orqali demokratik institutlar ta’sirida ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashi aniqlangan;
jamoatchilik fikrining asos xususiyatlariga dixotomik reflektivlik (fikrning shakllanganlik darajasi va harakatda namoyon bo‘lishi) asosida yo‘nalganligi, jamiyatning ijtimoiy gomeostazini ta’minlab, “inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida jamiyat va shaxs o‘rtasidagi konstruktiv munosabatlarni ifodalovchi sotsial determinant ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda mahalla institutining o‘rni va ahamiyatining ijtimoiy-falsafiy tahlilini amalga oshirish yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
boshqaruvda jamoatchilik organlarining rolini oshirish jamiyatning deetatik (fuqarolik jamiyatining davlat ustidan nazoratini faollashishi) va etatik (mahalliy hokimiyatning jamiyatni boshqarish va birlashtirishdagi rolining o‘sib borishi) tamoyillarini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturini ijrosini ta’minlash hamda 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi yo‘nalishiga oid Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli va samarali tashkil qilishga oid chora-tadbirlarining 2-bandi – Strategiyani amalga oshirish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar monitoringini tizimli tashkil etish foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 5-yanvardagi 02-22/7-son dalolatnomasi). Natijada, avlodlararo vorisiylikni ta’minlovchi milliy-madaniy tafakkur, anʼanaviylik va zamonaviylikni belgilovchi dixotomik yondashuvlarning falsafiy asoslashga xizmat qilgan;
davlat, fuqarolik jamiyati institutlari va mahalla hamkorligining mustahkamlanishi davlatning kafolatlangan ijtimoiy muhofaza va himoya tizimini takomillashtirishga, jamiyatning ijtimoiy birligi va davlatning inklyuziv institutlar bilan barqaror munosabatlarini ta’minlashga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturini takomillashtirish va boyitishda foydalanilgan (XDP ning 2024-yil 9-yanvardagi 1-7-sonli dalolatnomasi). Natijada, jamoatchilik fikri instrumental xususiyatlarining (jamoatchilik fikrining miqdoriy masshtabi, geografik tarqalganligi, o‘zaro  bog‘liqligi, intensivligi, qatʼiyligi va modalligi) ierarxiya tamoyillari asosida rivojlanishining qiyosiy tahlilini ochib berishga hamda ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot ishlarini samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
mahalla tizimiga ijtimoiy texnologiyalarni joriy qilish orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatkichlarini rivojlantirishga doir xulosa va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturini ijrosini ta’minlash hamda 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi yo‘nalishiga oid Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli va samarali tashkil qilishga oid chora-tadbirlarining 2-bandi – Strategiyani amalga oshirish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar monitoringini tizimli tashkil etish foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 5-yanvardagi 02-22/7-son dalolatnomasi). Natijada, kishilarning kreativ faolligi va intellektual salohiyatiga ijobiy ta’sir etuvchi yoshlar va xotin-qizlar faolligini oshirish hamda ish o‘rinlarini kvotalash asosida mahalla darajasida ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar tarkibini diversifikatsiyalashga va davlatning xalq bilan muloqot mexanizmlarining statik barqarorligini ta’minlovchi dinamik ko‘rsatkichlarni mantiqiy asoslashga xizmat qilgan;
jamoatchilik fikrining  asos xususiyatlariga  dixotomik reflektivlik (fikrning shakllanganlik darajasi, uning harakatda  namoyon bo‘lishi va ma’lum vazifalarga) yo‘nalganligi, jamiyatning ijtimoiy gomeostazini ta’minlashi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va sertifikatlash, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarishga  xulosa va tavsiyalaridan “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tomonidan muntazam efirga uzatilayotgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturi ssenariylarini (2023–2024-yillar) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 15-yanvardagi 04-36-68-son dalolatnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlar va  eshittirishlarning ilmiy-metodologik va amaliy dolzarbligini ta’minlashga hamda “inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida jamiyat va shaxs o‘rtasidagi konstruktiv munosabatlarni ifodalovchi sotsial determinantlarini ochib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish