Jo‘raboeva Saboxon Anvarxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Shavqiy  Namangoniy  va  uning adabiy merosi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1103.
Ilmiy rahbar: Karimova Faridaxon Isakovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
 Rasmiy opponentlar: Tojiboeva  Muqaddas Abduraximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Rahmanova  Zulayho  Jamolovna,  falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zullisonayn shoir, tarixchi olim Shavqiy Namangoniyning hayoti va ijodiy faoliyati, adabiy merosi va uning ko‘lami, xususan, she’riyati va uning mavzular doirasi janr xususiyatlari, poetik mahoratini talqin etish hamda shoir ijodining o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rnini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiy-tarixiy va ilmiy manbalarda hamda xorij va o‘zbek olimlarining ilmiy asarlariga tayanib, Shavqiy  Namangoniyning  tarjimai holi, ijodiy biografiyasiga doir ma’lumotlar, badiiy asarlari bazasi yaratilib, shoir muxammaslaridagi an’anaviu hamda uangi roetik uslublar, badiiu mahorat yo‘llari, mumtoz lirik she’rlar janrlari aniqlangan;  
shoir adabiy merosi va qo‘lyozmalari matnidagi tafovutlar, mavzu ko‘lamining ijtimoiy, axloqiy xususiyatlari, asarlarining  mazmun-mundarijasi, va ularning o‘ziga xos vazni, badiiy san’atlari, qofiya va raviy qo‘llashdagi shoir mahorati,  asarlaridagi shakl va mazmun uug‘unligi shoirning mumtoz lirika  janrlaridagi shakliy va uslubiy yangiliklar, an’anaviylik, novatorlik kabi tushunchalar ijodkorning “Jome’ ul-havodis”,“Riyoz ul-muslimin”, “Pandnoma”, “Tarixiy Shavqiy” asarlari vositasida dalillangan;
Shavqiy Namangoniy devonidagi she’rlarning janr xususiyatlaridagi irfoniy, ma’naviy, nasihat, ijtimoiy-siyosiy, ishqiy kabi mavzular; g‘azal va muxammaslaridagi obrazlilik, davr voqe’liklari talqini, mazmun va badiiy shakllaridagi vazn, she’riy san’atlar uyg‘unligi; vazn xususiyatlaridagi ramal, hazaj bahrlari; qofiya hamda  tashbeh, husni ta’lil, iqtibos kabi she’riy san’atlarning qo‘llashlar shoir poetik mahorati sifatida asoslangan;
shoir ijodiy  merosidagi  lafziy, ma’naviy  va mushtarak san’atlarning misralar estetik-ekspressivligini oshirga xizmat qilganlik belgi-ko‘rsatkichlari, ularning lirik janrga mansub asar poetik matnning semantik-strukturasini uyushtirib kelganligi, shuningdek, shoir ijodida mumtoz  an’analarning barqaror va tizimli tadrijiy rivoji, poetik shakl va poetik mazmundagi orifona, oshiqona kabi g‘azal va muxammaslarning janriy  yangilanish sabablari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab ijod etgan namanganlik shoir Mulla Shamsiddin Shavqiy Namangoniy adabiy merosining o‘rganilishiga doir olib borilgan ilmiy ish asosida:
adabiy-tarixiy va ilmiy manbalarda hamda xorij va o‘zbek olimlarining ilmiy asarlariga tayanib, Shavqiy  Namangoniyning  tarjimai holi, ijodiy biografiyasiga doir ma’lumotlar, badiiy asarlari bazasi yaratilgan; ilmiy va badiiy manbalarning ilmiy xulosalari va tamoyillari aniqlangan; shoir muxammaslaridagi an’anaviu hamda uangi roetik uslublar, badiiu mahorat yo‘llari, mumtoz lirik she’rlar janrlari guruhlangan; mavjud ilmiy tadqiqotlarda berilgan mulohazalar qat’iy xoslik belgilariga muvofiq adabiyotshunoslik qarashlariga asoslanib aniqlangan xulosalardan PZ-201912258-raqamli 2021-2024-yillarga mo‘jallangan “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 26-yanvardagi 04/1-172-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha shoir hayoti va ijodiy merosini o‘rganishga doir yangi ilmiy qarashlar, nazariy ma’lumotlar va yangi manbalar bilan boyitilgan;
shoir adabiy merosi va qo‘lyozmalari matnidagi tafovutlar, mavzu ko‘lamining ijtimoiy, axloqiy xususiyatlari, asarlarining  mazmun-mundarijasi, va ularning o‘ziga xos vazni, badiiy san’atlari, qofiya va raviy qo‘llashdagi shoir mahorati,  asarlaridagi shakl va mazmun uug‘unligi shoirning mumtoz lirika  janrlaridagi shakliy va uslubiy yangiliklar, an’anaviylik, novatorlik kabi tushunchalar ijodkorning “Jome’ ul-havodis”,“Riyoz ul-muslimin”, “Pandnoma”, “Tarixiy Shavqiy” asarlari vositasida dalillangan mulohazalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Shavqiy hayoti va ijodi, asarlaridagi umuminsoniy g‘oyalar targ‘ibiga bag‘ishlangan tadbirlarida, aholi o‘rtasida o‘tkazilgan adabiy uchrashuv, suhbat, kitob taqdimotlarida, shuningdek, “Adabiyot kunlari”, “Navoiyxonlik” singari adabiy-ma’rifiy tadbirlar loyihasini ishlab chiqish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 21-iyundagi 01-03/698-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yangi dalil, fikr-mulohaza va nazariy xulosalar shoir asarlarining mazmun-mohiyati va badiiyatini chuqurroq idrok etishlariga xizmat qilgan.
Shavqiy Namangoniy devonidagi she’rlarning janr xususiyatlaridagi irfoniy, ma’naviy, nasihat, ijtimoiy-siyosiy, ishqiy kabi mavzular; g‘azal va muxammaslaridagi obrazlilik, davr voqe’liklari talqini, mazmun va badiiy shakllaridagi vazn, she’riy san’atlar uyg‘unligi; vazn xususiyatlaridagi ramal, hazaj bahrlari; qofiya hamda  tashbeh, husni ta’lil, iqtibos kabi she’riy san’atlarning qo‘llashlar shoir poetik mahorati sifatida asoslangan xulosa va ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil fevral va may oylaridagi “O‘zbek adabiyoti tarixi”, “G‘azal bo‘stoni”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi“O’zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 24-iyundagi 04-36-776-son ma’lumotnomasi). Natijalar, teleko‘rsatuvlarning sifati ortishiga, tomoshabin-larning ajdodlarimiz ijodiga bo‘lgan qiziqishlari kuchayishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish