Bekmirzaev Mirjalol Xusanboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “12-15 yoshli gimnastikachilarni og‘irliklar yordamida kuch qobiliyatlarini rivojlantirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3240.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Eshtaev Anvar Kurganovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Ishtaev Javlon Mavlonbekovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Xonkeldiev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi og‘irliklar va o‘zgaruvchan qarshiliklardan foydalanish asosida 12-15 yoshdagi gimnastikachilarni maxsus kuch mashqlari texnologiyasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
12-15 yoshli gimnastikachilarning qo‘l harakatlari elementlarini bajarishda ishtirok etuvchi oldindan yaqinlashtiruvchi va pastdan uzoqlashtiruvchi mushaklarning kuch ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun qo‘l dinamometrini tasmalar va maxsus o‘rindiq asosida modernizatsiya qilish hisobiga kuch qobiliyatlarini o‘lchash metodikasi takomillashtirilgan;
og‘irliklar va qarshiliklar bilan bajariladigan mashqlarda uzoqlashtiruvchi va yaqinlashtiruvchi mushaklar kuchini rivojlantirishga qaratilgan (erkin mashqlar, tayanib sakrashlar, qo‘shpoya, turnik, dastakli ot va xalqalarda) maxsus mashqlar majmuasini ishlab chiqish hisobiga yosh gimnastikachilarning statik va dinamik kuch qobiliyatlari rivojlantirilgan;
yosh gimnastikachilarga supinatsiya va pronatsiya harakatlarida bajariladigan gimnastika ko‘pkurash mashqlarini o‘zlashtirishda (qumli, manjitli, qo‘rg‘oshinli) og‘irliklar bilan bajariladigan mashqlarni tizimlashtirish hisobiga gimnastika harakat elementlarini bajarish texnikasi samaradorligi oshirilgan;
yosh gimnastikachilarning yillik mashg‘ulot siklida mushakka yo‘naltirilgan og‘irliklar asosida takomillashtirish uchun musobaqada qo‘llaniladigan elementlarni bajarish sifati tezlik-kuch birikmalarini qo‘llash hisobiga qo‘shpoyada gorizontal tik turishlar, xalqada kuch bilan burchakdan tik turish kabi musobaqa kombinatsiyalari yaxshilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 12-15 yoshli gimnastikachilarni og‘irliklar yordamida kuch qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
12-15 yoshli gimnastikachilarning qo‘l harakatlari elementlarini bajarishda ishtirok etuvchi oldindan yaqinlashtiruvchi va pastdan uzoqlashtiruvchi mushaklarning kuch ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun qo‘l dinamometrini tasmalar va maxsus o‘rindiq asosida modernizatsiya qilingan hamda gimnastika sport turlari bilan shug‘ullanuvchilarning kuch qobiliyatlarini baholash jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-iyundagi 03-16/6219-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuch qobiliyati ko‘rsatkichlarini o‘lchash usullari takomillashtirilgan, nazorat guruhida 10,45%ga tajriba guruhida bu ko‘rsatkich 17,48%ga oshirilgan;
og‘irliklar va qarshiliklar bilan bajariladigan mashqlarda uzoqlashtiruvchi va yaqinlashtiruvchi mushaklar kuchini rivojlantirishga qaratilgan (erkin mashqlar, tayanib sakrashlar, qo‘shpoya, turnik, dastakli ot va xalqalarda) maxsus mashqlar majmuasini ishlab chiqilgan va yosh gimnastikachilar mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-iyundagi 03-16/6219-son ma’lumotnomasi). Natijada 13-14 yoshli 1-darajali sportchilarning oyoqning boldir kuchini o‘lchashda olingan natijalari quyidagicha bo‘lib nazorat guruhida 8,56 %ga tajriba guruhida esa bu ko‘rsatkich 17,22 %ga oshgan. Bu natijalarning yakuni biz ishlab chiqib qo‘llagan mashqlardan keyingi umumiy natijalar nazorat guruhida 9,46 %ga, tajriba guruhida esa bu ko‘rsatkich 18,46 %ga yaxshilangan;
yosh gimnastikachilarga supinatsiya va pronatsiya harakatlarida bajariladigan gimnastika ko‘pkurash mashqlarini o‘zlashtirishda (qumli, manjitli, qo‘rg‘oshinli) og‘irliklar bilan bajariladigan mashqlar tizimlashtirilgan va gimnastika sport turlariga ixtisoslashgan maktablar mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-iyundagi 03-16/6219-son ma’lumotnomasi). Natijada, 12-13 yoshli 2-darajali gimnastikachilarda olingan natijalar quyidagicha: gavdani bukish (oldinga) nazorat guruhida 8,73 %ga, tajriba guruhida esa 14,04 %ga yaxshilandi; gavdani yozish (orqaga) 9,39 %ga, tadqiqot guruhida esa 15,35 %ga yaxshilangan. Keyingi natijalar oyoq panja kuchini bosish orqali o‘lchash bu holatda nazorat guruhida 7,97 %ga, tajriba guruhida 12,75 %ga yaxshilangani aniqlandi. 12-13 yoshli 2-darajali gimnastikachilarning umumiy ko‘rsatkichlari nazorat guruhida 8,99 %ga, tajriba guruhida 14,57 %ga yaxshilangan;
yosh gimnastikachilarning yillik mashg‘ulot siklida mushakka yo‘naltirilgan og‘irliklar asosida takomillashtirish uchun musobaqada qo‘llaniladigan elementlarni bajarish sifati tezlik-kuch birikmalarini qo‘llash hisobiga qo‘shpoyada gorizontal tik turishlar, xalqada kuch bilan burchakdan tik turish kabi musobaqa kombinatsiyalari yaxshilangan va gimnastika sport turlariga ixtisoslashgan maktablar mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-iyundagi 03-16/6219-son ma’lumotnomasi). Natijada, 14-15 yoshli sport ustaligiga nomzod sportchilarning ko‘rsatkichlari nazorat guruhida 10,78 %ga, tajriba-sinov guruhida esa bu ko‘rsatkichlar 21,80 %ga o‘sgan.