Ashurova Oygul Anvarjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarining ekoestetik madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2230.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona  davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti huzuridagi PhD.03/28.02.2023.B.60.06 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Artikova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Muminova Dilafro‘z Akbaralievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogka instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarining ekoestetik madaniyatini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarida ekoestetik madaniyatni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik moslashuv bosqichlari tabiatga ekoestetik munosabat qaror topishini belgilab beruvchi ijtimoiy-siyosiy, axloqiy bilimlar, estetik tafakkur, shaxsiy ijtimoiy tajriba, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik mezonlarini amaliy-pedagogik faoliyat tuzilmasi bilan aloqadorlikka ko‘ra asoslangan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislari ekoestetik madaniyatini rivojlantirishning zamonaviy pedagogik modeli amaliy komponent, tabiatga ekoestetik munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini rivojlantirish, faol ekologik-estetik mas’uliyatni bosqichma-bosqich rivojlantirishning funksional imkoniyatlarini innovatsion ta’lim muhitiga ijodiy faollikni oshirish harakatlari bilan zamonaviy adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarining ekoestetik madaniyatini   rivojlantirishda loyihaviy ta’lim texnologiyasining tarbiyaviy ta’sirchanligidan foydalanish va  muammoli (vaziyatlar, keys topshiriqlari) ta’lim asosida pedagogik jarayonlar samaradorligini oshirishning pedagogik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarining ekoestetik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari adabiy ta’limga ko‘ra  aniqlash hamda samaradorligini ta’limiy maqsadlarga mos ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarining ekoestetik madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarining tabiatga ekoestetik munosabatini rivojlantirish asosida ekologik-axloqiy va estetik sifatlar (estetiklik, ekonazokat, ekomas’uliyat)ni shakllantirishning ilmiy-nazariy va metodik asoslarini takomillashtirishga doir tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-176-sonli “Barqaror iqtisodiy rivojlanishni “yashil” iqtisodiyot asosida ta’minlashning konseptual asoslarini takomillashtirish” nomli fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022-yil 15-avgustdagi 01/10-11-4677-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislari ekoestetik madaniyatini rivojlantiruvchi shakl, metod va vositalarni tizimlashtirilishiga xizmat qilgan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislari ekoestetik madaniyati rivojlanishining ijtimoiy-pedagogik moslashuv bosqichlarni tabiatga ekoestetik munosabat qaror topishini belgilab beruvchi ijtimoiy-siyosiy, axloqiy bilimlar, estetik tafakkur, shaxsiy-ijtimoiy tajriba, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik mezonlarini amaliy-pedagogik faoliyat tuzilmasi bilan aloqadorlikda aniqlashtirishga oid yangiliklar  “Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-son buyrugʻiga asosan berilgan 149-601-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislari ekoestetik madaniyatini rivojlantirish samaradorligini baholashning diagnostik apparati takomillashtirilgan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislari ekoestetik madaniyatini rivojlantirishning zamonaviy pedagogik modelining amaliy komponentini ularda tabiatga ekoestetik munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish, faol ekologik-estetik mas’uliyatni bosqichma-bosqich rivojlantirishning zamonaviy pedagogik usullarini samarali qo‘llash asosida takomillashtirishga oid yangiliklaridan PZ-20170930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyiha doirasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 19-iyundagi 01-2638-son dalolatnomasi). Natijada,  bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuviga qaratilgan ilmiy loyihaning nazariy asoslari takomillashtirilgan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarining ekoestetik madaniyatini rivojlantirishning loyihaviy ta’lim texnologiyasini badiiy adabiyot vositasida uning tarbiyaviy ta’sirchanligidan foydalanish va muammoli (vaziyatlar, keys topshiriqlari) ta’lim asosida pedagogik jarayonlarni badiiy-estetik samaradorligini oshirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirishga oid tavsiyalar   O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-son buyrugʻiga asosan berilgan 149-601-raqamli nashr ruxsatnomasi chop etilgan “Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 3-yanvardagi 11-05-12/04-son dalolatnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislari ekoestetik madaniyatini rivojlantirishning zamonaviy pedagogik usullarini ishlab chiqish hamda foydalanish yo‘llarini takomillashtirishga imkoniyat yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish