Boboev Rustambek Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ayollar uretrasi polipining morfologik va immunogistokimyoviy jihatlari”, 14.00.15 – Patologik anatomiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3171.
Ilmiy raxbar: Qosimxojiev Muxammadjon Ibroximjon o‘g‘li, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01.
Rasmiy opponentlar: Musaeva Yulduz Albisovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Islamov Shavkat Erjigitovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Tojikiston diplomdan keyingi tibbiyot ta’limi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ayollarda uretra poliplarining patomorfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy xususiyatlarini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uretra polipi bilan xastalangan bemorlarning klinik-anamnestik ma’lumotlari bo‘yicha, yallig‘lanish omillaridan IL-1β va O‘NO-α ortib ketganligi xastalikning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida asoslab berilgan;
uretra polipi epiteliysining giperplaziya, metaplaziya, distrofiya, limfoid follikula kurinishdagi yalliglanish va eroziya kabi geterogen o‘zgarishlarining o‘ziga xos patoformorfologik jixatlari asoslangan;  
uretra polipining immunogistokimyoviy markerlaridan Ki67 va BcL2 ekspressiyalanishida, proliferativ va antiapaptozning yuqoriligi va PanCK, p53 barcha shakllarida ekspressiyalanish ko‘rsatkichining past darajada ekanligi xavfsiz o‘sma hujayralarining proliferatsiyalanish darajasi va metaplastik va displastik o‘zgarishlari isbotlangan;
uretra polipini morfometrik tekshirishlar asosida olingan natijalar taxlili, polipning bezli va fibrozli shaklida stromasining 35,6%ni fibroz to‘qima,  yallig‘lanishli polipda yallig‘lanish infiltrati 37,8%, angiomatoz polipda vena qon tomirlari 44,3% maydonni egallaganligini  isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayollar uretrasi polipining morfologik va immunogistokimyoviy jixatlarini o‘rganish natijasida olingan ilmiy natijalarga ko‘ra;
ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida “Ayollar uretrasi polipini patomorfologik va immunogistokimyoviy o‘zgarishlari bo‘yicha aniqlash usuli” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/10-sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot institutining 2023-yil 30-noyabrdagi 6i-51/m-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan).
birinchi ilmiy yangilik: uretra polipi bilan xastalangan bemorlarning klinik-anamnestik ma’lumotlari bo‘yicha, yallig‘lanish omillaridan IL-1β va O‘NO-α ortib ketganligi xastalikning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida asoslanganligi Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi (31.10.2023-y.; №459), Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi (03.11.2023-y.; №23), Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi (06.11.2023-y.; №128) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan tashxislash taktikasi uretra polipi bilan xastalangan ayollarning klinik-anamnestik ma’lumotlariga asoslangan tartibida xastalikning o‘ziga xos xususiyatlari kasallikni erta tashxislash va davolash samaradorligini oshirish imkonini berib, onkologik kasalliklarni oldi olinishiga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: uretra polipini rivojlanishida surunkali siydik yo‘llari infeksiyasi xavfli omil sifatida yetakchilik qilganligi, yallig‘lanish reaksiyasining intensivligiga IL-1β va O‘NO-α proyallig‘lanishli sitokinlar miqdorining oshishiga olib kelishi isbotlanganligi tashxislashda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan bitta tashxis uchun 156000 so‘mga iqtisod qilish va bemorlarning xayot sifatini oshirish imkonini bergan. Xulosa: ushbu qo‘llanma dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillariga mos ravishda klinik va patomorfologik solishtirma tashhislash natijalari, davolashni jahon darajasiga ko‘tarishga imkon beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: uretra polipi epiteliysining giperplaziya, metaplaziya, distrofiya, limfoid follikula ko‘rinishdagi yalliglanish va eroziya kabi geterogen o‘zgarishlarining o‘ziga xos patoformorfologik jixatlari asoslanganligi Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi (31.10.2023-y.; №459), Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi (03.11.2023-y.; №23), Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi (06.11.2023-y.; №128) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan tashxislash tartibi to‘qima epiteliysining giperplaziya, metaplaziya, distrofiya va eroziya kabi geterogen o‘zgarishlar asosida bu kasallikning kelib chiqishi, rivojlanishi va klinik-morfologik ahamiyatini baholab kasallikni tashxislashda urolog, uroonkolog shifokorlariga samarali davolash taktikasini tanlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: uretra polipining gistogenezi, morfogenezini tashxislashda gistokimyoviy laborator tekshiruvlardan foydalanib tashxislash uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan bitta tashxis uchun 456000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: uretra polipining klinik morfologik xususiyatlarini to‘liq o‘rganib borilishi, klinisistlar uchun kasallik kelib chiqish sabablarini 100% aniqlash, to‘g‘ri tahlil qilish va davolash algoritmini to‘g‘ri tanlanishiga imkon beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: uretra polipining immunogistokimyoviy markerlaridan Ki67 va BcL2 ekspressiyalanishida, proliferativ va antiapaptozning yuqoriligi va PanCK, p53 barcha shakllarida ekspressiyalanish ko‘rsatkichining past darajada ekanligi xavfsiz o‘sma hujayralarining proliferatsiyalanish darajasi va metaplastik va displastik o‘zgarishlari isbotlanganligi Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi (31.10.2023-y.; №459), Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi (03.11.2023-y.; №23), Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi (06.11.2023-y.; №128) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan tashxislash tartibi uretra polipining immunogistokimyoviy markerlari PanCK, Ki-67, BcL-2, p53 bilan tekshirish natijalari xastalikni xavf omillarni o‘rnini baholash, bemor ayollar hayot sifatini pasayishi, nogironlikni oldini olishga qaratilganligini isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: uretra poliplarining immunogistokimyoviy markerlardan PanCK, Ki-67, BcL-2, p53 ekspressiyalanish darajasining miqdoriy ko‘rsatkichlari asosida apoptoz genlarning faollashuvi, xavfsiz o‘sma xujayralarini proliferatsiyalanish darajasi va displastik o‘zgarishlarini tashxislash uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan bitta tashxis uchun 456000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: taklif etilgan tekshiruv natijasida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan bitta tashxis uchun 456000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.  
to‘rtinchi ilmiy yangilik: uretra polipini morfometrik tekshirishlar asosida olingan natijalar taxlili, polipning bezli va fibrozli shaklida stromasining 35,6%ni fibroz to‘qima,  yallig‘lanishli polipda yallig‘lanish infiltrati 37,8%, angiomatoz polipda vena qon tomirlari 44,3% maydonni egallaganligini isbotlanganligi Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi (31.10.2023-y.; №459), Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi (03.11.2023-y.; №23), Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi (06.11.2023-y.; №128) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan morfometrik tekshirishlardan olingan natijalar taxlili, baholash va tashxislash tartibi uretra polipining stromasi o‘zgarishlari, yuzasidagi epiteliy to‘qimasining qavatlari xujayralari tarkibida displaziyaga xos bo‘lgan davrlardagi o‘zgarishlarini patomorfologik tahliliga individual yondashuv asosida davolanish muddatini qisqartirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: uretra polipining stromasi o‘zgarishlari, yuzasidagi epitelish to‘qimasining qavatlari xujayralari tarkibida displaziyaga xos bo‘lgan davrlardagi o‘zgarishlarini patomorfologik jixatlarini baholash uchun sarf xarajatlarga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 176000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: uretra polipining stromasi o‘zgarishlari, yuzasidagi epitelish to‘qimasining qavatlari xujayralari tarkibida displaziyaga xos bo‘lgan davrlardagi o‘zgarishlarini patomorfologik jixatlarini baholash uchun sarf xarajatlarga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 176000 so‘mga iqtisod qilishga  va bemor ayollarning hayot sifatini yaxshilash xamda nogironlikni oldini olishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish