Umarov Ulash Abduazizovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xoʻjaligida hisob-kitoblarni fuqarolik-huquqiy tartibga solish muammolari”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Yu283.
Ilmiy maslahatchi: Nasriev Ilxom Ismailovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Rashidov Kamil Kayumovich, yuridik fanlar doktori, professor; Toshev Boboqul Norqobilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xoʻjaligidagi hisob-kitoblarni fuqarolik-huquqiy tartibga solish bilan bogʻliq ilmiy-nazariy va amaliy  muammolarni hal qilishga doir xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mijoz bilan bank o‘rtasidagi bank hisob varag‘i, shartnomasida shuningdek qonunda, qonunga muvofiq chiqariladigan bank qoidalarida hamda bank amaliyotida qo‘llaniladigan ish muomilasi odatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning hisob varag‘ida mablag‘lar mavjud bo‘lgandagina qabul qilinishi asoslantirilgan;
mijozning topshirig‘i bajarilmagan yoki tegishli darajada bajarilmagan taqdirda, bank buning uchun Fuqarolik kodeksining 24-bobida nazarda tutilgan asoslarda va miqdorda javobgar bo‘ladi. Agar topshiriqnomani bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik to‘lovchining topshirig‘ini bajarish uchun jalb etilgan bank tomonidan hisob-kitob operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarini buzish bilan bog‘liq bo‘lsa, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan javobgarlik sud tomonidan mazkur bankka yuklanishi mumkinligi asoslantirilgan;
inkasso topshirig‘i respublika byudjetiga tushadigan soliqlar va majburiy to‘lovlarni undirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan asoslar va tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan taqdim etilishi asoslantirilgan;
agar bank tomonidan hisob-kitob operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy ushlab qolish natijasida sodir etilgan bo‘lsa, bank buning uchun ushbu Kodeks 327-moddasiga muvofiq javobgar bo‘lishi asoslantirilgan;
inkasso topshiriqnomasi tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun, shuningdek mablag‘larni to‘lovchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha taqdim etilishi mumkinligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligida hisob-kitoblarni fuqarolik huquqiy tartibga solish muammolari sohasidagi tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mijoz bilan bank o‘rtasidagi bank hisob varag‘i, shartnomasida shuningdek qonunda, qonunga muvofiq chiqariladigan bank qoidalarida hamda bank amaliyotida qo‘llaniladigan ish muomilasi odatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning hisob varag‘ida mablag‘lar mavjud bo‘lgandagina qabul qilinadi degan takliflari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 793-modda ikkinchi qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2016 yil 22 apreldagi 122-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar mijoz va bank o‘rtasida hisob-qitoblarga oid nizolarni hal etishni ta’minlashga xizmat qilgan;
mijozning topshirig‘i bajarilmagan yoki tegishli darajada bajarilmagan taqdirda, bank buning uchun Fuqarolik kodeksining 24-bobida nazarda tutilgan asoslarda va miqdorda javobgar bo‘ladi. Agar topshiriqnomani bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik to‘lovchining topshirig‘ini bajarish uchun jalb etilgan bank tomonidan hisob-kitob operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarini buzish bilan bog‘liq bo‘lsa, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan javobgarlik sud tomonidan mazkur bankka yuklanishi mumkin degan takliflari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 795-moddasi foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2016 yil 22 apreldagi 122-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar mijoz va bank o‘rtasida hisob-qitoblarga oid nizolarni hal etishni ta’minlashga xizmat qilgan;
inkasso topshirig‘i respublika byudjetiga tushadigan soliqlar va majburiy to‘lovlarni undirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan asoslar va tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan taqdim etiladi degan takliflari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 804-modda to‘rtinchi qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2016 yil 22 apreldagi 122-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar mijoz va bank o‘rtasida hisob-qitoblarga oid nizolarni hal etishni ta’minlashga xizmat qilgan;
agar bank tomonidan hisob-kitob operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy ushlab qolish natijasida sodir etilgan bo‘lsa, bank buning uchun ushbu Kodeks 327-moddasiga muvofiq javobgar bo‘ladi degan takliflari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 795-moddasi uchinchi qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalari qo‘mitasining 2016 yil 21 apreldagi 04/3-06-287-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar mijoz va bank o‘rtasida hisob-qitoblarga oid nizolarni hal etishni ta’minlashga xizmat qilgan;
inkasso topshiriqnomasi tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun, shuningdek mablag‘larni to‘lovchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha taqdim etilishi mumkin degan takliflari "O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi" Nizomning 5-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiining 2016 yil 30 martdagi 29-11/229-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar mijoz va bank o‘rtasida hisob-qitoblarga oid nizolarni hal etishni ta’minlashga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish