Murtazaeva Ziyodaxon Badritdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Meningokokk infeksiyasining zamonaviy klinik-epidemiologik xususiyatlari», 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1420.
Ilmiy rahbar: Tadjieva Nigora Ubaydullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Aripov Orifjon Abdumalikvich tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kasimova Rano Ibroximovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: meningokokk infeksiyasining zamonaviy klinik-epidemiologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarning meningokokk infeksiyasi bilan kasallanishning ortishi  hududlarda  kasallanish darajasini oshishiga salbiy prognostik mezon bo‘lib xisoblanishi isbotlangan;
NmA seroguruhi 97,4% (r˃0,001) holatlarda ajratib olinib,  meningokokk infeksiyasining o‘rta og‘ir, og‘ir va o‘ta og‘ir shakllarida bir xil uchrashi  isbotlangan;
meningokokk infeksiyasining tarqoq shakli bilan kasallangan  bemorlarning 94,1% da kasallik asoratlar bilan kechishi, 6,8% holatda o‘lim holati NmW, NmA, NmC seroguruhlar sababli yuzaga kelishi asoslangan;
bemorlardan ajratib olingan N.meningitidis ning ftorxinolon (31%), makrolid (81%) antibiotiklar guruhlariga va trimetoprim/sul`fametoksazolga (64%) yuqori chidamli ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/61-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan:
birinchi ilmiy yangilik: 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarning meningokokk infeksiyasi bilan kasallanishning ortishi  hududlarda  kasallanish darajasini oshishiga salbiy prognostik mezon bo‘lib xisoblanishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 dekabr 8n-r/1496-son bilan tasdiqlangan «Meningokokk infeksiyasining tashxisot algoritmi»  nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 22.12.2022 yildagi 464-son va Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 22.02.2023 yildagi  4-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sogliqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/61-son xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: meningokokk infeksiyasini erta aniqlash kasallikning bolalar va kattalar orasida o‘z vaqtida kasallikni davolash, og‘ir asoratlar va o‘lim holatlarini oldin olish imkonini beradi.    Iqtisodiy samaradorligi: meningokokk infeksiyasini erta tashxislash, epidemiologik nazoratni olib borish xisobiga samarali vaksinalardan foydalanish kasallikning keskin kamayishi, sporadik xolatlarni oldini olish hamda kasallikdan keyingi rivojlanadigan o‘lim va nogironlikga sarflanadigan byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga imkon yaratadi;
ikkinchi ilmiy yangilik:  NmA seroguruhi 97,4% (r˃0,001) holatlarda ajratib olinib,  meningokokk infeksiyasining o‘rta og‘ir, og‘ir va o‘ta og‘ir shakllarida bir xil uchrashi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 dekabr 8n-r/1496-son bilan tasdiqlangan «Meningokokk infeksiyasining tashxisot algoritmi»  nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 22.12.2022 yildagi 464-son va Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 22.02.2023 yildagi  4-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sogliqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/61-son xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: meningokokk infeksiyasining qo‘zg‘atuvchisi N.meningitisning seroguruhlarini aniqlash respublikada kasallikning oldini olish uchun maxsus vaksinalarni tanlash va vaksinoprofilaktika tadbirlarini to‘g‘ri asoslangan xolda tashkil etishga imkon beradi.  Iqtisodiy samaradorligi: meningokokk infeksiyasini kattalar va bolalar orasida maxsus vaksinalar yordamida oldini olishni amalga oshirish kasallikning keskin kamayishi, sporadik xolatlarni oldini olish hamda kasallikdan keyingi rivojlanadigan o‘lim va nogironlikga sarflanadigan byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga imkon yaratadi;
uchinchi ilmiy yangilik: meningokokk infeksiyasining tarqoq shakli bilan kasallangan  bemorlarning 94,1% da kasallik asoratlar bilan kechishi, 6,8% holatda o‘lim holati NmW, NmA, NmC seroguruhlar sababli yuzaga kelishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 dekabr 8n-r/1496-son bilan tasdiqlangan «Meningokokk infeksiyasining tashxisot algoritmi»  nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 22.12.2022 yildagi 464-son va Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 22.02.2023 yildagi  4-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sogliqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/61-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: meningokokk infeksiyasining erta aniqlashda, kasallik  qo‘zg‘atuvchisini bakteriologik usulda aniqlash, antimikrob vositalarga sezuvchanlikni aniqlash  kasallikni bolalar va kattalar orasida o‘z vaqtida etiotrop davosini amalga oshirish, og‘ir asoratlar va o‘lim holatlarini oldin olish hamda kasallikni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: meningokokk infeksiyasini erta tashxislash, epidemiologik nazoratni olib borish xisobiga samarali vaksinalardan foydalanish kasallikning keskin kamayishi, sporadik xolatlarni oldini olish hamda kasallikdan keyingi rivojlanadigan o‘lim va nogironlikga sarflanadigan byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga imkon yaratadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik:  bemorlardan ajratib olingan N.meningitidis ning ftorxinolon (31%), makrolid (81%) antibiotiklar guruhlariga va trimetoprim/sul`fametoksazolga (64%) yuqori chidamli ekanligining asoslanganligi  bo‘yicha takliflar  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 dekabr 8n-r/1496-son bilan tasdiqlangan «Meningokokk infeksiyasining tashxisot algoritmi»  nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 22.12.2022 yildagi 464-son va Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 22.02.2023 yildagi  4-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sogliqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/61-son xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: meningokokk infeksiyasini qo‘zg‘atuvchisini erta aniqlash, N.meningitidis shtammlarini antimikrob dori vositalariga sezgirligini tekshirish, bemorlarni davolashda empirik antibiotikoterapiyani tog‘ri tanlash, qo‘zg‘atuvchiga nisbatan chidamlilik rivojlanishini oldini olish, og‘ir asoratlar va o‘lim holatlarini kamaytirish imkonini beradi.    Iqtisodiy samaradorligi: meningokokk infeksiyasini davolashda bemorlardan ajratilgan N.meningitidis shtammlariga aniqlangan sezgirligi yuqori bo‘lgan antimikrob dori vositalarni qo‘llash kasallikni ximioprofilaktikasini samarali amalga oshirish, davolashda ratsional antibiotikoterapiyani tashki etish,  rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlar, o‘lim va nogironlikga sarflanadigan byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga imkon yaratadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish