Garifulina Lilya Maratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda metabolik sindrom belgilarini kompleks baholash. Tashxislash, profilaktika va korreksiyalash usullarini takomillashtirish», 14.00.09-Pediatriya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc /Tib61.
Ilmiy maslahatchi: Rustamov Mardonqul Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Axmadeeva El`za Nabiaxmetovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Shamsiev Furqat Muxitdinovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Rabbimova Dilfuza Toshtemirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojik davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi abdominal semizligi bor bolalarda personifisirlangan tashxislashni optimallashtirish, metabolik sindrom rivojlanishini bashorat qilish, hamda yangi kompleks davolash va profilaktika chora tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyatida abdominal semizligi bor bolalar orasida metabolik sindromning chastotasi (52%), uning to‘liq varianti ko‘proq 16-18 yoshli o‘g‘il bolalar orasida uchrashi hamda giperglikemiya, dislipidemiya, arterial gipertenziya bilan birgalikda kechishi va semizlik debyuti erta yoshli bolalar orasida ustunlik qilishi aniqlangan;
ilk bor abdominal semizligi bo‘lgan bolalarda leptin (≥25,5 ng/ml) darajasining oshishi, grelin (≥7,9 pg/ml) va YY3-36 peptid (≥71,6 pg/ml) darajasining pasayishi metabolik sindromning shakllanishi bilan bog‘liqligi, uning rivojlanishida qo‘shimcha omil ekanligi va diagnostik markyor sifatida xizmat qilishi asoslangan;
abdominal semizligi bo‘lgan bolalarda uglevodlar, lipidlar va purin metabolizmining buzilishi bilan bir qatorda, vitamin D etishmovchiligi, qonda siydik kislota miqdorining oshishi metabolik sindrom rivojlanishiga olib kelishi va siydikda al`bumin miqdori, qonda sistatin S va sistatin bo‘yicha koptokchalar fil`tratsiyasi tezligi darajasi kasallik simptomokompleks komponentlari ekanligi aniqlangan;
ilk bor mintaqada abdominal semizligi bor bolalarda metabolik sindrom rivojlanishi bilan FTO va PPARG 2genlari polimorfizmi orasida o‘zaro bog‘liqlik borligi aniqlangan va FTO genining mutant A/A genotipi va PPARG2 geni Pro12Pro genotipi tashuvchilarida metabolik buzilishlarning og‘ir darajasi va ovqatlanish tartibini boshqaruvchi gormonlar almashinuvining disbalansi uchrashi isbotlangan;
abdominal semizligi mavjud bolalarda metabolik sindrom rivojlanishini bashorat qilish uchun ishlab chiqilgan matematik modeli asosida xamda α-lipoat kislota, D vitamini, transkranial magnitoterapiya va elektr stimulyasiya usullarini o‘z ichiga olgan kompleks davoni qo‘llash orqali kasallikni tashxislash, davolash va oldini olish algoritmlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda metabolik sindrom belgilarni kompleks baholash. Tashxislash, profilaktika va korreksiyalash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor Samarqand viloyatida abdominal semizligi bor bolalar orasida metabolik sindromning chastotasi (52%), uning to‘liq varianti ko‘proq 16-18 yoshli o‘g‘il bolalar orasida uchrashi hamda giperglikemiya, dislipidemiya, arterial gipertenziya bilan birgalikda kechishi va semizlik debyuti erta yoshli bolalar orasida ustunlik qilishi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ekspert kengashining 2024 yil 22 yanvardagi 13-soni bilan tasdiqlangan “Semizligi bo‘lgan bolalarda metabolik sindrom mezonlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand  viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 19.04.2024 yil 63-U§1-sonli buyrug‘i bilan, Samarqand shahar 1-son bolalar shifoxonasi 30.04.2024 yildagi 29-sonli buyrug‘i bilan, Surxandaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 1.05.2024 yil 30-sonli buyrug‘i bilan, Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 26.04.2024 yil 40-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabr 07/57-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: abdominal semizligi bo‘lgan bolalarda aniqlangan metabolik sindrom chastotasi ushbu patologiya rivojlanishini bashorat qilish, o‘z vaqtida intensiv terapiyani boshlash va bolalik hamda katta yoshda kasallik asoratini rivojlanishi va avj olishini bartaraf qilish va bu bilan katta yoshda nogironlik va o‘lim holatlarini kamaytirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: metabolik sindrom rivojlanishini o‘z vaqtida aniqlash va abdominal semizligi bo‘lgan bolalarda asosiy asorat hisoblangan - qandli diabet II tipi rivojlanishini oldini olish 1 bemor davolash kursi uchun 1220000 so‘m iqtosidiy samardorlikka erishish imkonini bergan.  
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor abdominal semizligi bo‘lgan bolalarda leptin (≥25,5 ng/ml) darajasining oshishi, grelin (≥7,9 pg/ml) va YY3-36 peptid (≥71,6 pg/ml) darajasining pasayishi metabolik sindromning shakllanishi bilan bog‘liqligi, uning rivojlanishida qo‘shimcha omil ekanligi va diagnostik markyor sifatida xizmat qilishi asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ekspert kengashining 2024 yil 17 yanvardagi 9-soni bilan tasdiqlangan “Semizligi bo‘lgan bolalarda metabolik sindrom rivojlanishi xavf omillari stratifikatsiyasi va erta diagnostikasi algoritmini ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand  viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 19.04.2024 yil 63-U§1-sonli buyrug‘i bilan, Samarqand shahar 1-son bolalar shifoxonasi 30.04.2024 yildagi 29-sonli buyrug‘i bilan, Surxandaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 1.05.2024 yil 30-sonli buyrug‘i bilan, Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 26.04.2024 yil 40-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabr 07/57-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: leptin, grelin, YY3-36 peptidi kabi metabolik sindromni qo‘shimcha diagnostik mezonlarini aniqlash, amaliyot shifokoriga metabolik sindrom bo‘lgan bemorlarni saralash, hamda, metabolik buzilishlari mavjud bolalar orasida xavf guruhlarini erta shakllantirish, bu ambulator-poliklinik faoliyat bosqichida abdominal semizligi bo‘lgan bolalarda tibbiy yordamni sifatli tashkillashtirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: abdominal semizligi bo‘lgan bolalarda ambulator-poliklinika bosqichida metabolik sindrom diagnostikasida  1 bemor uchun 1 martalik murojaatda 390000 so‘m mablag‘larni iqtisod qilishga erishilgan.  
uchinchi ilmiy yangilik: abdominal semizligi bo‘lgan bolalarda uglevodlar, lipidlar va purin metabolizmining buzilishi bilan bir qatorda, vitamin D etishmovchiligi, qonda siydik kislota miqdorining oshishi metabolik sindrom rivojlanishiga olib kelishi va siydikda al`bumin miqdori, qonda sistatin S va sistatin bo‘yicha koptokchalar fil`tratsiyasi tezligi darajasi kasallik simptomokompleks komponentlari ekanligi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ekspert kengashining 2024 yil 17 yanvardagi 9-soni bilan tasdiqlangan “Semizligi bo‘lgan bolalarda metabolik sindrom rivojlanishi xavf omillari stratifikatsiyasi va erta diagnostikasi algoritmini ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand  viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 19.04.2024 yil 63-U§1-sonli buyrug‘i bilan, Samarqand shahar 1-son bolalar shifoxonasi 30.04.2024 yildagi 29-sonli buyrug‘i bilan, Surxandaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 1.05.2024 yil 30-sonli buyrug‘i bilan, Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 26.04.2024 yil 40-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabr 07/57-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: uglevod, lipid, purin almashinuvidagi buzilishlar, vitamin D miqdorining kamayishi, mikroal`buminuriya, qondagi sistatin S miqdorining oshishi, sistatin bo‘yicha KFTning pasayishi kabi aniqlangan bir qator metabolik o‘zgarishlar semizligi bo‘lgan bolalarda tana massasini kamayishiga va kasallik davomiyligini qisqarishiga olib keluvchi terapiyani o‘z vaqtida boshlashga imkon berdi, bu metabolik sindrom rivojlanishi xavfini kamaytirdi va bolani keyingi hayoti davomida noinfeksion kasalliklar rivojlanishi xavfini oldini oldi.   Iqtisodiy samaradorligi: MS fonida komorbid patologiyani oldini olish orqali, shifoxonada davolanish xarajatlarini kamaytirildi, semizlik nefropatiyasini o‘z vaqtida aniqlash va erta subklinik bosqichlarida statsionar davolashda qilingan xarajatlar kech bosqichlar bilan solishtirilganda, butun kurs davomida bitta bemor uchun 891345 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.  
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor mintaqada abdominal semizligi bor bolalarda metabolik sindrom rivojlanishi bilan FTO va PPARG 2genlari polimorfizmi orasida o‘zaro bog‘liqlik borligi aniqlangan va FTO genining mutant A/A genotipi va PPARG2 geni Pro12Pro genotipi tashuvchilarida metabolik buzilishlarning og‘ir darajasi va ovqatlanish tartibini boshqaruvchi gormonlar almashinuvining disbalansi uchrashi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ekspert kengashining 2024 yil 17 yanvardagi 9-soni bilan tasdiqlangan  “Semizligi bo‘lgan bolalarda metabolik sindrom rivojlanishi xavf omillari stratifikatsiyasi va erta diagnostikasi algoritmini ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand  viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 19.04.2024 yil 63-U§1-sonli buyrug‘i bilan, Samarqand shaxar 1-son bolalar shifoxonasi 30.04.2024 yildagi 29-sonli buyrug‘i bilan, Surxandaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 1.05.2024 yil 30-sonli buyrug‘i bilan, Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 26.04.2024 yil 40-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabr 07/57-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: molekulyar-genetik tekshirish natijalar asosida abdominal semizligi bo‘lgan bolalarda, profilaktik va terapevtik choralarni olib borishda optimal taktika belgilangan, metabolik buzilishlar va komorbid patologiya rivojlanishini bashorat qilishda personifisirlangan yondashishlar ishlab chiqilgan bu kelajakda bolalar sog‘lig‘ini va hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: abdominal semizligi bo‘lgan bolalarda MS rivojlanishiga irsiy moyillikni aniqlashda invidual yondashish bir bola uchun diagnostik - davolash choralari uchun 963570 so‘m hisobida mablag‘larni iqtisod qilishga erishilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: abdominal semizligi mavjud bolalarda metabolik sindrom rivojlanishini bashorat qilish uchun ishlab chiqilgan matematik modeli asosida xamda α-lipoat kislota, D vitamini, transkranial magnitoterapiya va elektr stimulyasiya usullarini o‘z ichiga olgan kompleks davoni qo‘llash orqali kasallikni tashxislash, davolash va oldini olish algoritmlari takomillashtirilgan  va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ekspert kengashining 2024 yil 17 yanvardagi 8-soni bilan tasdiqlangan “Semizlik fonidagi metabolik sindrom bo‘lgan bolalarda davolash va profilaktikani kompleks usullarini qo‘llash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand  viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 19.04.2024 yil 63-U§1-sonli buyrug‘i bilan, Samarqand shahar 1-son bolalar shifoxonasi 30.04.2024 yildagi 29-sonli buyrug‘i bilan, Surxandaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 1.05.2024 yil 30-sonli buyrug‘i bilan, Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 26.04.2024 yil 40-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabr 07/57-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: abdominal semizligi bo‘lgan bolalar uchun  ishlab chiqilgan metabolik sindrom rivojlanish xavfi stratifikatsiyasi bo‘yicha matematik model` va diagnostika, davolash, oldini olish algoritmi asosida personifisirlangan davo-profilaktik choralarni o‘tkazish bolalar sog‘lig‘ini va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bir qator komorbid patologiyalar rivojlanishini oldini olish, shu bilan birga 2 tip qandli diabetni, surunkali buyrak kasalliklarini, arterial gipertenziya o‘zvaktida erta aniqlash va samarali davolash natijasida davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish