Xamraev Obidjon Ashurmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigon fan tarmog‘i nomi): “Prostata xavfsiz giperplaziyasining har xil shakllarida bez stroma-tomir to‘qimasi shikastlanishining morfologik jihatlari”, 14.00.15- Patologik anatomiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4. PhD/Tib3178
Ilmiy raxbar: Qosimxojiev Muxammadjon Ibroximjon-o‘g‘li tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti xuzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.04/30.09.2020. Tib.122.01 raqamli ilmiy kengash asosida tashkil etilgan ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Oripov Firdavs Suratovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent;
Reyimnazarova Gulsara Jamalovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsenti.     
Yetakchi tashkilot: Tojikiston diplomdan keyingi tibbiyot ta’limi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning    maqsadi: Prostata bezi xavfsiz giperplaziyasida rivojlanadigan patomorfologik va morfometrik o‘zgarishlarini o‘ziga xos jixatlarini oydinlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik-anamnestik ma’lumotlar tahlili bo‘yicha olingan ma’lumotlar ko‘rsatishicha, prostata bezi xavfsiz giperplaziyasining rivojlanishidagi xavf omillari ichida siydik yo‘llari infeksiyasi va surunkali yallig‘lanishi hamda gormonlar disfunksiyasi yetakchi o‘rinni egallaganligi isbotlangan;
prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi bezli-kistoz shaklining morfogenezidagi muhim omillar sifatida bez tuzilmalarining distrofik, disregenerator, dissirkulyator o‘zgarishlari, silliq mushak hujayralarining distrofiyasi va perivaskulyar sklerozi muhim ekanligi isbotlangan;
prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi fibromatozli shaklini rivojlanishida miofibrillyar stromaning fuksinofil tolalarga transoformatsiyasi natijasida dag‘al tolali fibroz to‘qimaning rivojlanishi hamda miofibrotsitlar proliferatsiyalanib har xil kattalikdagi mushak to‘qima tutamlarini paydo qilishi, oraliqda saqlanib qolgan bezlarning giperplaziyanishi katta axamiyatga egaligi aniqlangan;
morfometrik jihatdan prostata bezi xavfsiz giperplaziyasining I kompensatsiya davrida bez epiteliysi va fibroz to‘qima egallagan maydon bir xil darajada o‘sib borishi, II subkompensatsiya davrida bezli epiteliy proliferatsiyasining ustun turishi, III dekompensatsiya davriga kelib silliq mushak hujayralari maydoni 1,7 barobar, yallig‘lanish infiltrati maydoni 2 barobarga qisqarganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi har xil shakillarida bez stroma-tomir to‘qimasi shikastlanishining morfologik jihatlarini o‘rganish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida “Prostata giperplaziyasini stroma tuzilmalari morfogenezi va morfologiyasi bo‘yicha aniqlash usuli ” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Andijon davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashida 30.11.2023 yilda №6i-48/u-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan). Mazkur uslubiy tavsiyanoma prostata bezi xavfsiz giperplaziyasida rivojlanadigan patomorfologik o‘zgarishlarga qarab, prostata adenomasining gistotopografik turini, stromadagi o‘zgarishlar, xavflilik darajasini aniqlash mezonlarini yaratish va takomillashtirish imkonini bergan. Dissertatsiya ishining materiallarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga tadbiq etilganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining xulosasi olindi (03/15-sonli, 15.07.2024 y.).
birinchi ilmiy yangilik: klinik-anamnestik ma’lumotlar tahlili bo‘yicha olingan ma’lumotlar ko‘rsatishicha, prostata bezi xavfsiz giperplaziyasining rivojlanishidagi xavf omillari ichida siydik yo‘llari infeksiyasi va surunkali yallig‘lanishi hamda gormonlar disfunksiyasi yetakchi o‘rinni egallaganligi isbotlanganligi  Andijon davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashining 2023yil “30” noyabrdagi №6i-48/u-son xulosasiga ko‘ra: Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2023yil 12 dekabrdagi №461-sonli buyruq bilan, Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2023yil 5 dekabrdagi №24-sonli buyruq bilan, Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2023yil 6 dekabrdagi №22-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tashxislash taktikasi prostata bezi giperplaziyasi bilan xastalangan bemorlarning klinik-anamnestik ma’lumotlariga asoslangan tartibida xastalikning o‘ziga xos xususiyatlari kasallikni erta tashxislash va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat: Iqtisodiy samaradorlikni baholash uchun morfologik tekshirish usulni tanlash imkonini beruvchi va arzon, biroq samaraliroq bo‘lishi yoki uning afzalliklari qo‘shimcha xarajatlarni oqlashi kabi bir nechta talablarga javob beradigan usul bo‘yicha taxlil qilindi. Prostata bezi giperplaziyasini an’anaviy usulda bartaraf etishdagi bioptatni o‘rganish uchun har bir bemorga kutilayotgan sarf-xarajatlar o‘rtacha 190000 so‘mni tashkil qiladi. Taklif qilinayotgan usulda esa ushbu qiymat 110000 so‘mni tashkil qiladi, ya’ni xarajatlarni 0,3 martaga kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: tavsiya etilgan tashxislash va davolash usulidan foydalangan holda muolajalarni o‘tkazish vaqtini 1-1,5 barobar qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 80000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi bezli-kistoz shaklining morfogenezidagi muhim omillar sifatida bez tuzilmalarining distrofik, disregenerator, dissirkulyator o‘zgarishlari, silliq mushak hujayralarining distrofiyasi va perivaskulyar sklerozi muhim ekanligi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashining 2023yil “30” noyabrdagi №6i-48/u-son xulosasiga ko‘ra: Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2023yil 12 dekabrdagi №461-sonli buyruq bilan, Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2023yil 5 dekabrdagi №24-sonli buyruq bilan, Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2023yil 6 dekabrdagi №22-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Prostata bezi interstisial to‘qimasi aslida yoshlik davrda nozik, shakllanmagan, aralash hujayrali, gormonal fonga sezuvchan bo‘ladi. Prostata bezida dezorganizatsiya rivojlanib, nordon muhit paydo bo‘lganda qaysi bir turdagi hujayralar faollashsa, o‘shanga bog‘liq holda prostata bezi stromasida fibromatozli, miomatozli, miksamatozli, adenomatozli giperplaziya rivojlanishi kuzatiladi. Patomorfologik jihatdan bu kasalliklarning kelib chiqishi, klinik-morfologik ahamiyatini baholanganligi kasallikni tashxislashda va urolog shifokorlarga samarali davolash taktikasini tanlash imkoni bergadi. Iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat: Prostata xavfsiz giperplaziyasiining gistogenezi va morfogenezi tashxislashda gistokimyoviy tekshiruvlardan foydalanib tashxislash uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bitta tashxis uchun 450000 so‘mga iqtisod qilish oshirish imkonini bergan. Xulosa: Prostata xavfsiz giperplaziyasiining, morfogenezi va patomorfologik ko‘rsatkichlarni tashxislash uchun byudjet va byudjetdan tashqari 450000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi fibromatozli shaklini rivojlanishida miofibrillyar stromaning fuksinofil tolalarga transoformatsiyasi natijasida dag‘al tolali fibroz to‘qimaning rivojlanishi hamda miofibrotsitlar proliferatsiyalanib har xil kattalikdagi mushak to‘qima tutamlarini paydo qilishi, oraliqda saqlanib qolgan bezlarning giperplaziyanishi katta axamiyatga egaligi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashining 2023yil “30” noyabrdagi №6i-48/u-son xulosasiga ko‘ra: Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2023yil 12 dekabrdagi №461-sonli buyruq bilan, Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2023yil 5 dekabrdagi №24-sonli buyruq bilan, Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2023yil 6 dekabrdagi №22-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.   Ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan tashxislash tartibi prostata xavfsiz giperplaziyasi Fibromatozli formasi rivojlanishida interstisial to‘qima fibroblastli differon faollashuvidan fibroblastlar bo‘linib, ko‘payib, tolali tuzilmalar, glikozaminglikanlar, proteoglikanlar ishlab chiqalsa, boshqa tomondan monotsitlar gistiotsitlarga aylanib, yot tanachalarni fagotsitozlaydi. Tekshiruv natijasi prostata bezi fibrozli shaklini erat aniqlash, xastalikning xavf omillarini baholash, bemorlar hayot sifatini pasayishi, nogironlikni oldini olishga qartilganligini isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat: prostata xavfsiz giperplaziyasi fibrozli bezli shaklini rivojlanishida, miofibrillyar stromaning fuksinofil tolalarga transofrmatsiyasi natijasida, dag‘al tolali fibroz to‘qimaning rivojlanishi va oraliqda saqlanib qolgan bezlarning giperplaziyasi natijasida fibrozli bezli giperplaziyaning shakllanishi kuzatiladi. Ushbu tekshiruv PBXG tashxislash uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bitta tashxis uchun 120000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Prosta bezi xavsiz giperplpziyasini PBXG tashxislash uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bitta tashxis uchun 120000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: morfometrik jihatdan prostata bezi xavfsiz giperplaziyasining I kompensatsiya davrida bez epiteliysi va fibroz to‘qima egallagan maydon bir xil darajada o‘sib borishi, II subkompensatsiya davrida bezli epiteliy proliferatsiyasining ustun turishi, III dekompensatsiya davriga kelib silliq mushak hujayralari maydoni 1,7 barobar, yallig‘lanish infiltrati maydoni 2 barobarga qisqarganligi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashining 2023yil “30” noyabrdagi №6i-48/u-son xulosasiga ko‘ra: Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2023yil 12 dekabrdagi №461-sonli buyruq bilan, Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2023yil 5 dekabrdagi №24-sonli buyruq bilan, Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 2023yil 6 dekabrdagi №22-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan baholash va tashxislash tartibi morfometrik jihatdan prostata bezi xavfsiz giperplaziyasining I – kompensatsiya davrida bez epiteliysi va fibroz to‘qima egallagan maydon ustun turishi, III – dekompensatsiya davriga kelib miofibromatoz to‘qima maydoni 1,7 barobar, yallig‘lanish infiltrati maydoni 2 barobarga qisqarganligi Ushbu kasallikning rivojlanib borish dinamikasida bez to‘qimasi tarkibida yallig‘lanish infiltrati kamayib, uning o‘rniga etilgan fibrozlangan biriktiruvchi to‘qimaning o‘sishi tezlashadi. Morfometrik hisoblashlar natijasi ko‘rsatishicha, bez to‘qimasi tarkibidagi yallig‘lanish infiltrati egallagan maydon dekompensatsiya davriga kelib, 8,7%-ni tashkil qilganligi, bu esa 1-davridagi ko‘rsatgichga nisbatan 2 barobarga kamayganligi kuzatiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat: prostata bezi giperplaziyasini tashxislashdagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlarni aniqlashdagi iqtisodiy samaradorlikni baholashda - bu tekshirishlar tashxislash aniqligini, konservativ va jarroxlik amaliyoti orqali davolash o‘z vaqtida olib borilishi, turli og‘irlashuvlar va nogironliklarni yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik va davolash samaradorligini o‘rtacha 20-25%-ga oshiradi, Davolanish muddatini qisqartirishga erishiladi. Shunday qilib, tadqiqot uchun tanlangan va taklif qilingan usulda tashxislangan bemorlarda (masalan 40 ta) davolanib, tekshirish uchun ketgan xarajatlar 5120000 so‘mga yoki har bir bemordan 128000 so‘mga iqtisod qilindi. Bir yildagi murojatlar soniga nisbatan esa (masalan 100ta bemor), tatbiq masshtabi bo‘yicha jami yillik iqtisodiy samaradorlik 12800000 so‘mni tashkil qiladi, jarroxlik amaliyoti bajarilib prostata bezi giperplaziyasini bartaraf etish, qayta murojatlarni va xavfli og‘irlashuvlar yuzaga kelishini bartaraf etadi, takroriy sarf xarajatlarni oldini oladi, koyka kunlarni qisqartiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish